O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
xatti-harakatlari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiya- sining ma’lumotlariga ko‘ra, barcha YTHning 10 % dan 40 % gachasi bir sathda joylashgan kesishmalarda sodir etilar ekan. Avtomobillarning eng ko‘p manyovri (o‘ngga, chapga va orqaga qayrilish) chorrahalarda amalga oshiriladi. Chorrahaga yaqinlashib kelganda transport oqimining harakatlanish tartibi (rejimi) o‘zgaradi, chunki boshqa haydovchilarni o‘z vaqtida kerakli qatorga o‘tib olmaganligi sababli haydovchilarga boshqa haydovchilarning xatti-harakatlari noaniq bo‘ladi. Yonlama ko‘rinish masofasi, chorrahadagi yo‘llarning qo‘shilish radiuslari, harakatlanish yo‘laklarining soni, harakat jadalligi va boshqa omillar ham YTHning sodir bo‘lish ehtimoliga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. 3 3 3 1 1 1 5 5 5 a) b) d) 32-rasm. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalar: a) quyilish; b) ayrilish; d) kesishish. Transport oqimining chorrahadagi harakatlanish trayektoriyasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu trayektoriyada oqimning bir-biriga qo‘shilishi, ayrilishi va kesishishi mumkin ekan. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, YTH asosan ana shu joylarda, ya’ni nuqtalarda sodir bo‘ladi. Shuning uchun chorrahadagi ayrilish, quyilish va kesishish nuqtalari – «ziddiyatli nuqtalar» deb ataladi. Sanab o‘tilgan ziddiyatli nuqtalarning harakat xavfsizligi uchun ta’siri bu manyovrlarni bajarishning murakkablik darajasidan kelib chiqadi. 57 Ayrilish manyovrini bajarmoqchi bo‘lgan haydovchi chorrahaga yaqinlashib kelganda tezlikni kamaytiradi. Avtomobilning tezligi orqadan kelayotgan avtomobilning tezligidan katta farq qilmaydi (tezlik ko‘proq burilish radiusining o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi). Transport oqimiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchisi chorrahaga yaqinlashganda tezlikni kamaytirib, oqimdagi ikkita avtomobil orasidagi masofaning xavfsiz qo‘shilishi uchun yetarli bo‘lsa, tezlikni sezilarli darajada kamaytirmasdan, manyovrni tugallaydi. Aks holda, u avtomobilni ma’lum muddatga to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Ziddiyatli nuqtalardan eng xavflisi – bu kesishuv nuqtalaridir. Haydovchi chorrahadan o‘tish uchun unga yaqinlashganda yon tomonidan kelayotgan avtomobillarni kuzatishi, agar yon tomondan chorrahaga kirayotgan avtomobillar imtiyozga ega bo‘lsa, to‘x tab, ularni o‘tkazib yuborishi kerak. Bu manyovrda eng asosiy omil yonlama ko‘rinish masofasidir. Ziddiyatli nuqtalarning xavfliligini besh ballgacha bo‘lgan mezon bilan baholash qabul qilingan. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalarning soni, chorrahaning murakkabligi undagi harakatlanish yo‘laklarining soniga, chorrahaning turiga, harakatning boshqa- rilishi yoki boshqarilmasligi va chorrahada ruxsat etilgan manyovr- larga bog‘liq bo‘ladi. Chorrahalarning murakkabligini baholash va ziddiyatli nuqtalar sonini kamaytirish usullari shu fan bo‘yicha maxsus kurs larda o‘rganiladi. Ushbu kurs chorrahaga yaqinlashayotganda xatti-harakatlarni ko‘rib chiqish bilan cheklanadi. Chorrahalarda xavfsizlik ta’minlanishining eng birinchi sharti yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilishdan iboratdir. Chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi, avvalo, yo‘l belgilari va chiziqlariga e’tiborini qaratishi kerak. Chorrahaga haydovchi asosiy yo‘ldan kirib kelayotgan bo‘lsa, hushyorlikni yo‘qotmasligi lozim. Chorrahaga yaqinlashayotganda bulardan tashqari, haydovchi quyi dagi qoidalarga amal qilishi kerak, ya’ni orqadagi ko‘rish oynasi- ga qarashi, keyin ogohlantiruvchi ishoralarga va xavfsizlik ta’minla ni- shiga ishonch hosil qilgach, mo‘ljallangan manyovrni bajarishi lozim. 58 33-rasm. Avtomobilning o‘ngga burilish sxemasi. O‘ngga burilishda: 1 – o‘ngga burilish chiroqlarini yoqish; 2 – ko‘zguga qarab boshqa transport vositalarining orqada va yonda egallab turgan holatini baholash; 3 – o‘ng taraf dagi harakatlanish yo‘lagida harakat lanayotgan avtomobillarni o‘tkazib yuborish; 4 – o‘ng tarafdagi harakat yo‘lagiga o‘tish; 5 – tezlikni kamaytirib, kerakli uzatmani qo‘shish; 6 – yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni o‘tkazib yuborish; 7 – boshqa transport vositasiga xalaqit bermaslikka ishonch hosil qilish va iloji boricha yo‘lni qatnov qismining o‘ng chekkasini egallash; 8 – manyovrni tugatish. 34-rasm. Chapga burilish sxemasi. Chapga burilish va orqaga qayrilish- da: 1 – burilishni ogohlantir uvchi ishoralarni yoqish; 2 – ko‘zguga qarash; 3 – chap tarafdagi hara katlanish yo‘lagidagi harakatlanayot gan avtomobilni o‘t ka- zib yuborish; 4 – eng chapda joy lashgan harakatlanish bo‘lagiga o‘tish; 5 – tezlikni asta kamaytirish va kerakli uzatmani qo‘shish; 6 – yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni o‘tkazib yuborish; 7 – qarama- qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan av tomobillar ni o‘tkazib y ubor ish; 8 – manyovrni tugatish. Chorrahadan o‘tishda quyidagicha xatti-harakatlar amalga oshi- ri ladi: kerakli harakatlanish yo‘lagiga o‘tish, xavfsiz tezlikni tan- lash, o‘ngga va chapga qarash, harakat uchun xavf bor bo‘lsa, avtomo bilni to‘xtatishi kerak. Demak, chorrahalardan o‘tishda haydovchiga o‘z xatti-harakat- larini quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya etish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling