O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.16. Transport vositasida shovqin
4.15. Gidrosirpanish
Avtomobillar burilishlarda harakatlanganida qatnov qismida 5 – 7 mm qalinlikda suv bo‘lsa, avtomobil harakatlanish trayektoriyasidan chiqib, boshqarilmaydigan bo‘lishi mumkin. Harakatlanish tezligi oshganda suvning g‘ildirak ostidan siqib chiqarishga qarshiligi oshadi. Suv yetaklovchi g‘ildirak oldiga to‘lqin shaklida to‘planib, uni yo‘l qoplamasi sathidan ko‘tarishga intiladi. Kritik tezlikda harakat langanda suvni siqib chiqarish qarshiligi shinaning vertikal yuklani shiga teng bo‘ladi va u yo‘l qoplamasida uzilib, suv chang‘isi kabi suzadi. Bu vaqtda orqa g‘ildirak suvni to‘la siqib chiqaradi va yo‘l qoplamasidan harakatlanadi. Bu holatda, avtomobil boshqaril maydigan bo‘ladi. Ishchi tormoz tizimining effektivligi 2 baravar ga kamayadi, tormoz yo‘li esa 1,5 baravarga oshadi, shuning uchun gidrosirpanish deb qattiq silliq yo‘l qoplamasidan oldingi yetaklov chi g‘ildirakning yupqa suv qatlamida sirpanishiga aytiladi. Avtomobilning boshqariluvchanligi tezlik kamayganda tiklanadi. Hozirgi zamon yengil avtomobillarida bu holatning tezligi soatiga 65 dan 85 km gacha bo‘lganda kuzatiladi. Yuk avtomobillari, egarli tyagach, avtobuslarda gidrosirpanish vujudga kelmaydi. Gidrosir- panish shuning uchun xavfliki, u cheklangan past tezlikda harakat- langanda va avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartirganda vujudga keladi. Yo‘l qoplamasi g‘adir-budur bo‘lganda vujudga kelmaydi. 4.16. Transport vositasida shovqin Avtomobil, traktor, mototsikllardan chiqadigan shovqin asabni taranglaydi, ish unumdorligini pasaytiradi, kasalliklarni keltirib chiqaradi, dam olishga to‘sqinlik qiladi, ko‘rish faoliyatini yomonlashtiradi, e’tiborni susaytiradi. Bu holatlarning harakatlanish xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bor. Avtotransport vositalarida shovqinning asosiy manbayi dvigatel va u ishlab chiqaradigan gazlar. Ammo umumiy shovqinni hosil 55 qilishda g‘ildiraklarning ishi, dvigatel, mexanizm va tizimlari, transmissiya, yuk, avtomobildagi yuk va boshqalar qatnashadi. Alohida bir avtomobilning ishlab chiqaradigan shovqini 7,5 m masofada 88 DB dan oshmasligi kerak. Davlat standarti yo‘l qo‘yadigan shovqin darajasi, transport vositasi elementlarini loyihalashda o‘z yechimini topadi. Ammo undan foydalanish jarayonida texnik holatning o‘zgarishi natijasida shovqin miqdori me’yoridan oshib ketishi mumkin, bunday paytlarda avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash zarur. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling