O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 To‘siqni aylanib o‘tishda avtomobilni boshqarish


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Bog'liq
True

6.2. To‘siqni aylanib o‘tishda avtomobilni boshqarish
Yo‘llarda uning ba’zi bir bo‘laklarini yoki ko‘priklarni 
ta’mirlash, yo‘l ostidan quvurli uzatmalarni o‘tkazish, yo‘l yoqasiga 
yaqin joyda yuk hosil qiluvchi obyektlarning joylashuvi va shunga 
o‘xshash narsalar to‘siqlarning vujudga kelishiga va haydovchilarni 
to‘siqlarni aylanib o‘tishiga majbur qiladi. Yo‘lning qatnov qismi 
kengligining kichrayib ketishi harakat tartibining (rejimini) 
o‘zgarishiga ham olib keladi (42-rasm).
To‘siq
V
a
X
yon
42-rasm. To‘siqni aylanib o‘tish sxemasi.
To‘siqlarni aylanib o‘tish avtomobillarni quvib o‘tishga 
qaraganda soddaroq bo‘lishiga qaramasdan, ular ham haydovchidan 
ma’lum bir ehtiyot choralarini ko‘rishni talab etadi.
Haydovchi to‘siq bor joyga yaqinlashib kelar ekan, harakat 
bo‘lagi bittadan ortiq bo‘lsa, yo‘l harakati qoidalariga bo‘ysungan 
holda chap qatorga o‘tib olishi kerak.
Ikki yo‘nalishli yo‘llarda to‘siqqa yaqinlashib kelayotgan 
haydovchi tezlikni kamaytirib, ro‘paradan qarama-qarshi yo‘na-
lishda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan yetarli bo‘shliq 
oraliqni chamalab baholashi kerak. Agar bu masofa to‘siqni aylanib 
o‘tish uchun kam bo‘lsa, avtomobilni to‘xtatishi va faqat aylanib 
o‘tish uchun yetarli bo‘shliq – oraliq vujudga kelgandagina harakatni 
boshlashi va to‘siqni aylanib o‘tishi mumkin.


68
Kunning qorong‘i paytlarida to‘siqni aylanib o‘tish yanada 
murakkab bo‘lib, bunday sharoitlarda haydovchi uchun asosiy 
xavf – oraliq masofani noto‘g‘ri tanlashi va ro‘paradan kelayotgan 
avtomobil chirog‘idan ko‘zining qamashib qolishidir.
6.3. Umumfoydalanishdagi transport vositalarining to‘xtash 
joylarini aylanib o‘tish xususiyatlari
Umumfoydalanishdagi transport vositalarining to‘xtash joy-
lari (bekatlar) qanday joylashtirilganiga qarab uch turga ajratiladi 
(43-rasm):
– yo‘lning qatnov qismida joylashgan bekatlar;
– yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar;
– cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.
43-rasmdan ko‘rinib turganidek, bekatlarning turiga qarab 
xavf sizlik darajasi (ziddiyatli nuqtalar soni) har xil bo‘ladi va ular 
izohsiz ham tushunarlidir.
A
A
A
a b d
43-rasm. Avtobus bekatlarining turlari: a – yo‘lning qatnov qismida joylashgan; 
b – yarim cho‘ntak ko‘rinishidagi; d – cho‘ntak ko‘rinishidagi bekatlar.
Haydovchi bekatlarga yaqinlashganda va uni aylanib o‘tishda 
bekat qaysi turga mansubligiga, ularda qanday xavfli vaziyatlar 
vujudga kelishi mumkinligiga qarab to‘g‘ri xatti-harakatlarni qabul 
qilishi kerak.
44-rasmda piyodaning bekatda to‘xtab turgan avtobus (trolley-
bus)ning oldidan va orqasidan tasodifan chiqib qolishi tasvirlangan.
Haydovchilar uchun xavfli vaziyatlardan biri bu – «Shohbekat-
lardagi» holatlardir. Shohbekatlardagi transport vositalarining 
to‘xtash joylaridan chiqishi uchun orqa bilan harakatlanganida ham 
piyodalarni bosib ketish ehtimollari mavjud (45-rasm).


69
a) b)
44-rasm. Piyodaning bekatda to‘xtab turgan avtobusning oldidan 
(a) va orqasidan; (b) tasodifan chiqib qolishi.
45-rasm. Shohbekatda piyodani 
bosib ketish hodisasi.
Yuqorida xavfli vaziyatlar va bekatlarning turidan kelib chiqqan 
holda haydovchilarga avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun 
quyidagi usullar taklif etiladi:
1. Agar avtobusning orqasida bir qancha avtomobillar karvoni 
harakatlanayotgan bo‘l sa, avtobusning oldidan piyodaning to‘satdan 
chiqib qolishi eng oldinda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi 
uchun xavflidir. Haydovchi tezlikni shunday tanlashi kerakki, 
avtobus bekatda to‘xtagan onda u bilan bir qatordagi (chiziqdagi) 
joyni egallasin. Shunda avtobusdan tushgan piyoda yon tomondagi 
avtomobilni darrov ko‘radi va yo‘lni kesib o‘tishdan o‘zini to‘xtatib 
turadi.
2. Haydovchi avtobusgacha bo‘lgan xavfsizlik oralig‘ini shunday 
tanlashi kerakki, u bekatni aylanib o‘tib bo‘lgunicha avtobus 
joyidan qo‘zg‘almasin.
3. Avtobusni u bekatga yetib kelgunicha quvib o‘tish. Bunda u 
bekatdagi piyodalarni ko‘rib turadi.
4. Tig‘iz paytlarda bekatga yaqinlashayotgan avtobus haydov-
chisi tezlikni kamaytirib, xavfli vaziyat vujudga kelib qolgan onda 
shoshilinch tormoz berib, avtobusni to‘xtatishga shay bo‘lishi kerak.


70

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling