O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Download 1.67 Mb.
bet3/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Ma’ruza № 2. Alkanlar
Alkanlarning gomologik qatori, gomologik qator farqi. Izomerlanishi, nomlanishi-tasodifiy, ratsional, IYuPAK nomenklaturasi
Eng oddiy organik birikmalar uglevodorodlardir. Molekulasidagi uglerod atomlari izaro oddiy bog’ bilan bog’langan, qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan tiyingan uglevodorodlar alkanlar deyiladi. Alkanlarning dastlabki vakili CH4 metandir, undan keyin C2H6 etan, C3H8 propan, C4H10 butan, C5H12 pentan, C6H14 geksan, C7H16 geptan, C8H18 oktan va hakozo umumiy formulasi CnH2n+2 va bir-biridan CH2 gurushga farq qiluvCHi qatorni alkanlarning gomologik qatori deyiladi. Metan vodorodlarini alkil radikallariga almashtirishdan boshqa alkanlarni hosil qilish mumkin. Alkanlar tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjirli bo’ladi. Izomeriya hodisasi butandan boshlanadi:

Alkanlarni nomlash. Organik birikmalar uch xil nomenklatura bo’yicha nomlanadi: tasodifiy (empirik), ratsional va IYuPAK bo’yicha.
Tasodifiy nomlash: bu nomlash moddaning ochilish tarixi yoki uning olish manba’i bilan bog’liqdir. M-n. CH4 -metan botqoq gazi, HCOOH-chumoli kislota, CH3CHOHCOOH-sut kislota va sh.k.
Ratsional nomlash: barcha alkanlar gomologik qatorning dastlabki vakili metanning bitta yoki bir necha vodorodini boshqa radikallarga almashingan hosilasi deb qaraladi:
,
Bu nomlash murakkab bilmagan alkanlarni nomlash uchun qulaydir.
IYuPAK (sistematik) nomenklaturada nomlash
Alkanlarni IYuPAK bo’yicha nomlash uchun quyidagi tartib qabul qilingan:
1.Asos sifatida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi. Zanjirga bog’langan alkil radikali irinbosar sifatida qaraladi;
2.Tanlab olingan eng uzun zanjir nomerlanadi. Nomerlash zanjirning tarmoqlanishi chetga yaqin bo’lgan tomonidan boshlanadi;
3.Agar zanjirning bitta yoki bir nechta uglerod atomlarida irinbosarlar joylashgan bo’lsa, nomlanganda nomer shar bir irinbosarga qiyiladi va vergul bilan ajratiladi, bir xil irinbosarlarning soni di-, tri-, tetra- va sh.k. grek sonlari bilan kirsatiladi.
4.Alkan molekulasida turli irinbosarlar bo’lib, ular uglerod atomlarining soni va tarmoqlanish darajasi bilan farq qilsa, alkanni nomlashda irinbosarlar alfavit bo’yicha nomlanadi.

5-Izopropil-2,5-dimetil-4-etilnonan
5.Alkanning tarmoqlangan uzun zanjiri nomerlanadi, nomerlash uglevodorod asosiy zanjiri bilan bog’langan uglerod atomidan boshlanadi. Irinbosar nomi qavs ichida yoziladi:

2-Metil-5-(1,2-dimetilpropil)nonan

5-(1-metilpropil)dekan, 5-ikilamchi-butildekan

Uglerod atomlari birlamchi (-), ikilamchi (q), uchlamchi () va to’rtlamchi ( ) bo’ladi. Bitta uglerod bilan bog’langan uglerod atomiga birlamchi, ikkita bilan bog’langaniga ikilamchi, uchta bilan bog’langan bo’lsa uchlamchi va to’rtta bilan bog’langan bo’lsa to’rtlamchi uglerod atomi deyiladi. M-n:



Alkan molekulasidan bitta vodorod tortib olinsa alkil radikali hosil bo’ladi:

Alkil radikalining nomi alkanning -an qishimchasini -il almashtirib hosil qilinadi. CH3-metil, CH3CH2-etil, CH3CH2CH2-propil, (CH3)2CH-izopropil, C4H9-butil, CH3CH(CH3)CH2-izobutil, CH3CH2(CH3)CH-ikilamchi butil, (CH3)3C-uchlamchi butil radikallari.
Tarmoqlangan alkil gurushini nomlash uchun zanjir nomerlanadi:




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling