Oddiy efirlar. Oddiy efirlar deb, spirt molekulasidagi vodorodning uglevodorod qoldig’iga almashishidan hosil bo’lgan birikmalarga aytiladi. Bunda uglevodorod qoldig’i bir xil (R-O-R) yoki shar xil (R-O-R’) bilishi mumkin.
Oddiy efirlarni quyidagiCHa nomlanadi:
C2H5-O- C2H5 dietil efiri; etoksietan
CH3-O- CH3 dimetil efiri; metoksimetan
CH3-CH2-O- CH3 metiletil efiri, metoksietan va sh-zo.
Oddiy efirlar natriy alkogolyatlarni galoidalkillari bilan reaktsiyasidan olinadi (Vil’yamson usuli):
Eng mushim efir bo’lgan dietil efirni etil spirtiga ortiqcha miqdordagi sul’fat kislota ta’sir ettirib olinadi:
Reaktsiyaning ikkinchi bosqichida boshqa spirt ta’sir ettirilsa aralash efir hosil bo’ladi:
Agar spirt 3000S da Al2O3 ta’sirida qizdirilsa suv chiqib ketib, oddiy efir hosil bo’ladi:
Dietil efir metallorganik sintezlarda va tibbiyotda keng qillaniladi. Diizopropil efiri va metil- uchlamchi-butil efirlari benzinning sifatini oshirishda antidetanator sifatida ishlatiladi.
Nazorat savollari:
C5H12O tarkibli spirtning izomerlari soni nechta.
C6H14O tarkibli spirtlarning izomerlarini sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang.
Quyidagi spirtlarning tuzilish formulalarini yozing:
1)izoamil spirti, 2) allil spirti, 3) 2-metilgeksanol-3, 2,3-dimetilbutanol-2.
Litiyorganik birikma yordamida propil spirtini sintez qiling. Reaktsiya tenglamasini yozing.
Quyidagi birikmalar kislotali muxitda suv bilan reaktsiyaga kirishganda qanday spirtlar hosil bo’ladi: 1) izobutilen, 2)2-metilpenten-2, 3) propilen, 4) 2-metilbuten-2.
2-Metilbutanol-1 dan 2-metilbutanol-2 ni sintez qiling.
C6H14O tarkibli oddiy efirning izomerlarini yozing va sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang.
Dietil efirning olinish usullarini yozing.
Adabiyot:
O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Visshaya shkola». 1990. S.280-284, 287-296.
A.Terney Sovremennaya Organicheskaya ximiya. M.: «Mir». 1981. T.1 S. 386-395, 400-402
Do'stlaringiz bilan baham: |