O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi osiyo xalqaro universiteti


Download 54.53 Kb.
bet2/8
Sana20.10.2023
Hajmi54.53 Kb.
#1712226
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-seminar

6-mavzu. Raqamli gigiena va neoetiket
Raqamlashtirish va tarmoqlardan foydalanish asta sekinlik bilan turli OAVlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qqa chiqarayotgani. Bosma medialar, elektron medialar (radio va televidenie), Internet, uyali telefonlar va boshqalarning bir vaqt va makonda birga mavjud bo‘lishi media kontentning bir platformadan boshqasiga ko‘chib yurishi imkonini berayotgani va axborot olish imkoniyatlarini ham kengaytirayotgani. Fuqarolar nafaqat axborot foydalanuvchilari, balki uning tayyorlovchi va tarqatuvchilari sifatida ham maydonga chiqadigan partisipativ madaniyatni yuzaga keltirayotgani. Internetda muloqot odobi. Tarmoqdagi infoetika. Reallik va virtuallik. Internetda mualliflik huquqi masalasi. Tarmoqdagi muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari. Internetda muloqot odobi qoidalari.
7-mavzu. Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. Media savodxonlik deyarli butun dunyo ta’lim tizimida eng asosiy kompetensiyalardan biri. Oila va ta’lim bolaning epistemologik nuqtai nazarining shakllanishida ta’sir kuchiga ega. O‘quvchining axborotni kayta ishlash usullariga va bilimlarni tanqidiy talqin qilishga tayyorligiga media salmoqdi ta’sirini o‘tkazadi. O‘quvchilar ziddiyatli axborotga duch kelganida, o‘qituvchilar ularni turli xil manbalardan axborot izlashga yo‘naltiradi.
8-mavzu. Rasmiy, yo‘naltirilgan va norasmiy axborot turlari. Axborotni izlash, topish, tahil qilish, qayta ishlash, tarqatish. O‘qitish va dars berish oqimi, umuman olganda, o‘z-o‘zidan yuz beradigan, norasmiy, tizimsiz va rejalashtirilmagan jarayon. Aytish mumkinki, mediadan foydalanuvchilar - bolalar va yoshlarni, kattalar va keksalarni o‘qitish jarayoni rasmiy ta’limning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Ya’ni, ular aniq o‘quv dasturisiz, tajriba yo’li bilan induktiv usulda, mustaqil, uz tavakkalchiligi asosida, tengdoshlarining maslahatlaridan foydalanib yoki ularga taqlid qilgan holda bilim oladilar.
9-mavzu. Yoshlar global media auditoriya sifatida. Media madaniyat va media texnologiyalar.
Mediaga xos xususiyatlar - turli-tumanlik, tarmoqlararo o‘zaro bog‘liqlik va globallashuv. Yoshlar muhitida media munosabatlar to’g‘risidagi global tasavvur bilan tanishish mumkin. Yosh avlod vakillari global tarmoqdan dunyoning turli burchaklarida yashaydigan insonlar bilan munosabatlar uchun foydalanadilar va bu ish bilan shug‘ullanishni ular oldingi avlod vakillaridan ko‘ra ertaroq boshlaydilar.

Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling