O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi osiyo xalqaro universiteti


Download 54.53 Kb.
bet1/8
Sana20.10.2023
Hajmi54.53 Kb.
#1712226
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-seminar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


OSIYO XALQARO UNIVERSITETI









TASDIQLAYMAN”
Osiyo xalqaro universiteti rektori
___________S.S. Dexkanov
“____”__________2022 yil



Media savodxonlik va axborot madaniyati fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim



Ta`lim sohasi:


Mutaxassislik:

110000 - Ta’lim


60110500 - Boshlang‘ich ta’lim







Buxoro-2022

Fan/modul kodi
MАМ1304

O’quv yili
2022-2023

Semestr
3

Kreditlar
4

Fan/modul turi Majburiy

Ta`lim tili
O’zbek

Haftadagi dars soatlari
3

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta`lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Media savodxonlik va axborot madaniyati

44

76

120

2






  1. Fanning mazmuni

Fanni o’qitishdan maqsad - bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy mediata’lim tarmoqlari bilan tanishtirish, talabalarning mediata’lim tushunchasi, uning konseptual asoslari, media ta’limning paydo bo‘lishi demokratik jamiyatda tutgan o‘rni, shakllanishi va taraqqiyoti tendensiyalari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rgatishni ko‘zda tutib, jtimoiy hayotda maqsadli foydalanish va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirishdan iborat.


Fanning vazifasi – media ta’lim haqida tushuncha, media ta’limning vazifalari, prinsiplarini o‘zlashtirish, media savodxonlik ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, turli axborot tahdidlaridan saqlanish uchun mafkuraviy immunitet hosil qilish, axboorotni qabul qilish, qayta ishlash uni yosh avlodga o‘rgatish jarayonida miliy mintalitetimizga tayanishga o‘rgatish, globallshuv sharoitida axboriy madaniyat zaruratini tushuntirish, reallik va representatsiyaning mosligi yoki qarama-qarshiligini, axborotlarning manbasi, maqsadi, foydalangan media usullarni aniqlay olish malakasini hosil qilish
II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Media va axborot savodxonligi - raqamlashuv davrining asosiy talabi
Media va axborot savodxonligining zamonaviy dunyodagi o‘rni va roli. Globallashuv asrida axborotlarni boshqarib, saralab auditoriyaga uzatish imkoni yo‘qligi. Jahon axborot maydoni tobora kengayayotgani. Media va axborot savodxonligi media bilan munosabatlarni tartibga solishi.
2-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashda media va axborot savodxonligining ahamiyati.
Axborot xavfsizligi tushunchasi. Shaxsiy ma’lumotlar, ularning turlari va ular bilan ishlash: bo‘lishish, e’lon qilish, saqlash. Axborotning erkin oqimi: afzalliklari va ziddiyatlari. Axborot supermagistrallari va demokratiya. Axborot xavfsizligi va milliy mafkura. Xalqaro axborot tarqatishni tartibga solish muammolari va milliy axborot xavfsizligini ta’minlash. O‘zbekistonda milliy axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi.
3-mavzu. Zamonaviy media muhitda axborot manipulyasiyasidan himoyalanish
Manipulyativ texnologiyalar. Manipulyasiyasi turlari, ko‘rinishlari. Manipulyasiyasi himoyanishda media va axborot savodxonligining roli. Reklama matni va uning izohi. Telereklamalar tahlili, TVda axboriy dasturlarning berilishi spetsifikasi. Radionutq o‘ziga xosliklari. Uning auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmalari. Radioyangiliklar tahlili.
4-mavzu. Yosh media iste’molchilarda axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi
Mediamahsulot - tovar. Media iste’molchi – tovar talabgori. Axborotdan foydalanishda tanqidiy fikrlash. Rasmiy, yo‘naltirilgan va norasmiy axborot turlari. Axborotni izlash, topish, tahil qilish, qayta ishlash, tarqatish. Axborot manbalarining turlari.
5-mavzu. Axborotni filtrlash va tekshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish
Axborotni filtrlash ko‘nikmasi. Axborotni turli manbalardan tekshirish imkoniyati va zarurati. Axboriy jamiyatdagi odamni zamonaviy dunyodagi, kodli va reprezentatsion tizimlarda faoliyat yuritayotgan medianing ijtimoiy-madaniy, siyosiy kontekstini tushunishga, mediamatnlarni idrok etish, yaratish, tahlil etish, baho berishga tayyorlash jarayoni. Insonlarga audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyati, mazmunini tushunishga, yaratishga va baholashga yordam berishga undovchi harakat.

Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling