O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy Universiteti
Download 106 Kb.
|
Rekombinatsiyalangan va chigallashib ketgan mulkiy munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkchilik subektlari bo`yicha huquqlarining taqsimlanishi
- Kouz teoremasi
Referatning obekti: Mulkdorlar va ularning qonuniy asoslari
Referatning vazifasi: Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi Kouz teoremasi Transaksiya xarajatlari Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi Respublikamizda o`tish davri islohotlari sharoitida resursga nisbatan mulkchilik huquqini, odatda, alohida huquqlar egalari hisoblangan bir necha mulkdorlar o`rtasida taqsimlash amaliyoti keng qo`llanildi. Ushbu taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi. Mamlakatimizda davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ayniqsa mulkchilik huquqlarini tafsirlash bo`yicha bosqichma- bosqich amalga oshirilgan «o`zbek modeli»ga asos solindi. Yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturiga muvofiq OAJ doirasida mulkchilik huquqlarini taqsimlashning turli variantlari nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasining a’zolari aksiyalar umumiy summasida ma’lum (10) foiz miqdorida, lekin har bir xodimga ko`pi bilan eng kam ish haqining belgilangan (20 yoki 25) baravari summasida imtiyozli (ovoz bermaydigan) aksiyalarni olish huquqiga ega bo`lishdi. Natijada, mulkchilik sub’ektlari va huquqlarining taqsimlanishi 5.1-jadvaldagi ko`rinishga ega bo`ldi. Mulkchilik huquqlarining jadvaldagi taqsimlanishi birlamchi taqsimot bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda, ya’ni huquqlarning har biri undan samarali foydalanishdan manfaatdor bo`lgan mulkdorning qo`lida bo`lgan vaziyatda mulkning optimal tarkibiga erishish muhim o`rin tutadi. U yoki bu imkoniyatli mulkdorning mulkchilik huquqlaridan samarali foydalanishdan manfaatdorlik darajasi haqida mulohaza yuritishda Kouz teoremasi asos bo`lib xizmat qiladi. 1.-jadval Mulkchilik subektlari bo`yicha huquqlarining taqsimlanishi
Kouz teoremasi Kouz teoremasining asosiy qoidalari R.Kouz tomonidan «Aloqa federal komissiyasi» (1959) va «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) maqolalarida ifodalangan, lekin Kouzning o`zi teorema atamasini ishlatmagan [47]. R.Kouz qoidasi qisqa tarzda quyidagicha ifodalanadi: mulkchilik huquqlarini taqsimlash bozor mexanizmi asosida kechadi va u ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishiga olib keladi, demak, yakuniy natija huquqiy qarorga bog`liq emas. Kouz teoremasining to`liq mazmuni shunday ifodalanadi: Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling