O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy Universiteti


Download 106 Kb.
bet1/5
Sana04.01.2023
Hajmi106 Kb.
#1077089
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Rekombinatsiyalangan va chigallashib ketgan mulkiy munosabatlar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

O‘zbekiston milliy Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti sirtqi ta’lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs o‘zbek talabasining

REFERAT
institutsion iqtisodiyot fanidan
Mavzu: Rekombinatsiyalangan" va "chigallashib ketgan mulkiy munosabatlar
Bajardi : _______________________
Qabul qildi :___________________

TOSHKENT 2022


MUNDARIJA:


KIRISH 3
1.Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi 5
2.Kouz teoremasi 7
3.Transaksiya xarajatlari va ularning turlari 10
Xulosa 15
Adabiyotlar ro‘yxati 16


KIRISH


Referatning dolzarbligi: Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi.
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab besh tamoyil asosida1 bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida ijtimoiy- iqtisodiy hayotning barcha sohalarida o`zgarishlarga erishildi, iqtisodiyotning yangi xo`jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo etildi. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi rasmiy qoidalar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va b.)ni hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va boshqa norasmiy normalarni o`z ichiga oluvchi institutsional asoslar yaratildi. Ana shular jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko`rsatadi.
Shu bois institutsional muhitni faollashtirish, faoliyat ko`rsatayotgan iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish yo`llarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Ana shunday vositalardan biri bo`ib intistutsional iqtisodiyot hisoblanadi.
Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo`jalik amaliyotini institutsional o`zgarishlarning o`zaro bog`liqligida o`rganuvchi zamonaviy iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo`nalishlaridan biridir. Ushbu yo`nalish G`arb mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning hulq-atvori, bozor va ma’muriy mexanizmlarning faoliyat ko`rsatishi, iqtisodiy o`sish va shu kabi boshqa bir qator jarayonlar va hodisalarni o`rganishda keng tatbiq etib kelinmoqda.
Shularni hisobga olganda ushbu nazariyani keng o`rganish va undan O`zbekiston iqtisodiyotida institutsional islohotlarni kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o`sishni ta’minlashni muhim nazariy asosi sifatida foydalanish mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling