O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet26/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr.
Bozor islohotlari - bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o‘zgarishlami amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritish ning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlami, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlar tizimi.
Islohotlar konsepsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlaming asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo ‘ llarining umumiy g‘ oyasi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlami vujudga keltirish.
Modernizatsiyalash - jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o'zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlari majmui.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llari (modellari) ni ta’riflab bering. Ulaming umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.
2.O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?
3. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish tamoyilining m azm nnini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‘ laroq bayon qiling.
4. Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi? Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizning fikr-mulohazalaringizni bildiring.
5. Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z oldiga qanday vazifalami qo‘yadi? Bu vazifalaming to‘laroq tavsifini bering. 6. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning yetak- chilik faoliyati nim adan iborat ekanligini tushuntirib bering.
7. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday davlat dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tahlil qiling.
8. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirishning mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘z oldiga qanday vazifalami qo‘yadi?

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling