O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet8/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar


Iqtisodiy faoliyat - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bogiiqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmuyi sanaladi.
Iqtisodiyot - mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizim.
Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud boiishi va rivojlanishi uchun zarur boigan hayotiy ne’matlami yaratish jarayoni.
Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash - jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iste’mol - ehtiyojlami qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlaming ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoni-
yatning rivojlanishi uchun kerak boigan hayotiy vositalarga bo’gan zarurat.
Moddiy ehtiyoj - moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zarurat.
Ma’naviy ehtiyoj - insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga boigan zarurat.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni - ehtiyojlarning turlari kengayib, miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi.
Iqtisodiy resurslar - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin boigan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganish.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling