O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet5/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Guruhiy ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota - shifokor, ona - o‘qituvchi, ikki o‘g‘il - talaba, qiz - maktab o‘quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi - nafaqada, ota - injener, ona - uy bekasi, qiz - talaba va o‘g‘il - maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ulaming oilaviy ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoa- sinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj - bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchikishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqo­mat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari - bu jamiyat miqyosidagi barchakishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
I Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlami to‘liqqondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlaming paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shun- day ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyoj larining cheksizligi, ulaming to‘xtovsiz yangi- lanib va o‘sib borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishganisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashibborishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o‘sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo boiishi, o‘z navbatida uni ishlatish- ni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlami keltirib chiqaradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi.
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o ‘rmon va biologik resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui);
3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, xomashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar);
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar. tovar va pul zaxiralari ham kiradi.Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalaming yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlami qondirish daraasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolami qo‘yadi:
1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolami hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy boshqa bilimlarga ega bo‘lib, doimo izlanish va yuksalishda bo‘lishini taqozo qiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling