O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


Download 0.5 Mb.
bet23/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng awalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zamr boigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg‘unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga us- tuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‘llash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishgalayoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqi- mandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ulami ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;
- turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qo- biliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ulaming sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaf- faqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o‘zining bosh nazorat mexanizmi raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma- laming qo‘shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash bulaming barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozoming tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozoming hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqamvchilar mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologi- yani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi. Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jara- yoni orqali namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
- atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi; - mehnat qilish bilan bog'liq kafolatlaming mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlaming rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi;
- rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming bo‘lib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling