O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet24/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar

Bozor iqtisodiyoti - tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqaril- adigan iqtisodiy tizim.


Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘matish va ulaming bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?


2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy to- monlari va farqlarini tushuntirib bering.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?


7-МАВЗУ. BOZOR IQTISODIYOTIGA О'TISH DAVRI VA UNING O‘ZBEKISTОNDAGI XUSUSIYATLARI


Rежа.
1. О'tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘Ilari
2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari
3.O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari


1. О'tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘Ilari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlaming alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy si- yosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluv- chi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillargakelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalami qaytadan ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakat- laming tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilma- xil bo‘lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo‘linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.
Bu yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umu- miylik mavjuddir. Ulaming umumiyligi shundaki, bu yo‘llaming hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirish- ning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqti- sodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohot- lar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bulaming barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyu- sion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlami birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to‘ntarish yasash talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb nom oldi. Eski iqtisodiy munosabatlami bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlaming milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ulami amalga oshi-ruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita muhim kamchilikka ega: 1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi; 2) mehnatkashlarda moddiy qiziqish va xo‘jalik yuritish tashab- buskorligining yo‘qligi oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pa- sayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) tub o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlami tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 0 ‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslaming markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlaming ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi; kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlami olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlami pasaytirish; tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.
3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi so- halami qamrab oladi: mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sek- tomi yaratish; bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond biijalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish; iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklami yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga mos bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayon. Diversifikatsiya ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ulaming sifatini takomillashtirish.
6. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Asli-ni olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
7. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-quwatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan. Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishi- ning yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling