O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash


Download 0.5 Mb.
bet47/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash.
Investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasida bank tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash
Bunda:
- bank xizmatlari bozorida raqobatni yanada kuchaytirish, iqtisodiyot subyektlari va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, kreditlash jarayonlarini soddalashtirish va masofadan xizmat ko‘rsatish ko‘lamlarini kengaytirish;
- tadbirkorlikning bir turi sifatidagi bank faoliyatiga barcha ko‘rinishlardagi noqonuniy aralashuvlar va bu boradagi qonun me’yorlarining buzilish holatlari oldini olish;
- kredit ajratish jarayonining maqbul va tezkor muddatda amalga oshirilishiga erishish maqsadida bank filiallarining kredit ajratish borasidagi vakolatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish masalalari asosiy mezonlardan bo‘lib qoladi.67
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon>> va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 300 ming AQSH dollaridan ortiq hajmda inves-titsiyalar kiritgan hamda eksportbop va ichki bozorda import o‘mini bosuvchi xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub­
yektlariga bir qator imtiyozlar berildi.
0 ‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularga kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli maslahatlar berilmoqda va qisqa muddatlarda kredit mablagiari ajratish choralari ko‘rilmoqda.
Banklaming imtiyozli kreditlaridan foydalanish, o‘z biznesini tashkil etish fuqarolaming kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohi-yatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, 2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasining 3.4-bandiga ko‘ra, Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqinihimoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish,kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishgaqaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlami davom ettirish:
- xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘Isa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-tamoyillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tar-moqlari va hududlariga xorijiy, eng awalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami faol jalb qilish;
- korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalami strategik boshqarishda aksiyadorlaming rolini kuchaytirish;
- tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlami takomillashtirish va soddalashtirish;
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirishga katta e’tibor berishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu qarorga ko‘ra «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqishni ham tegishli vazirlik va idoralarga vazifa sifatida yuklab qo‘yilgan.
2017-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish vazifasi turibdi. Ushbu loyihada yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi va- kolatlami berish nazarda tutiladi:
- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun huj[jatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligini o‘rganish;
- davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling