O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Tadbirkorlik kapitali vharakat bosqichlari


Download 0.5 Mb.
bet44/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Tadbirkorlik kapitali vharakat bosqichlari


Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shaklga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (...) bilan ajratilib ko‘rsatiladi. Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlami yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xudi shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkoming foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom yetishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllaming birortasida to‘xtab qolgudek boisa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi. Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega bo‘ladi.
Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
. . . I ch . . . T’ P’

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling