O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Oddiy aksiya - dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya


Download 0.5 Mb.
bet42/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Oddiy aksiya - dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Oddiy aksiya imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanib, aksiyadorlik jamiyati zaxiralar to‘ldirilib bo‘lgandan so‘ng qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida masalalami hal etishda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Imtiyozli aksiya - aksiyadorlik jamiyati dividendi va inol-mulkini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. U, agar aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutilmagan boisa, ovoz berish huquqini bermaydi, lekin qat’iy belgilangan dividendni keltiradi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib,' u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, bankka qo‘yilgan pul foizi miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan
daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam boimagan taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
D
AK= — xl00%
F s
bu yerda: AK - aksiya kursi; D - dividend; Fs - ssuda foizi.
Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.
Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo boiishi bilan bogiiq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat.
Aksiyadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) - aksiya egasiga tolanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablagiari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq toiashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan
aksiya miqdoriga bogiiq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori boiadi. Aksiyalarning nazorat paketi - aksiyadorlik jamiyati faoliyatiustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur. Amalda esa, aksiyalarning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib ketganligi u qadar
yuqori salmoqqa ega boimagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish orqali ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya - sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablagiarini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq boimaydi. Uning qiymati aksiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Aksiyaga qo‘yilgan mablag4 obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham mamlakatimizda korxonalami korporativ boshqa- rish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblaming yangi klassifikatori
ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos
keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling