O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi


Download 0.5 Mb.
bet41/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar boiadi. Xo‘jalik huquqi nuqtai nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega boiib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad soligini toiaydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.

Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri aksiyadorlik jamiyatlaridir.


Aksiyadorlik jamiyati - kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona. Yirik ishlami amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir necha tadbirkorlar o‘zlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul mablag‘larini birlashtirib ittifoq (jamiyat) tuzadilar. Ular iqtisodiy adabiyotlarda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi. Aksiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali ichki manba ta’sischilar kapitali hamda tashqi manba - aksiyalami sotish orqali jalb etilgan kapitaldan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish aksiyadorlik munosabatlarining muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq ko‘rinishda boiadi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - ishtirokchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga ega bolgan jamiyat.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat uning ta’sischilari yoki
oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchijamiyat.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. Bundan tashqari aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyozli turlarini farqlash mumkin. Egasi yozilgan aksiya – aksiyadorlik jamiyati reestrida aksiya egasining nomiga qayd qilinib, faqatgina uning yozma ruxsati bilan oldi-sotdi qilinishi mumkin bo‘lgan aksiya. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yozilgan aksiyalardan iborat bo‘lishi mu.nkin. Egasi yozilmagan aksiya jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriluvchi hamda erkin tarzda oldi-sotdi qilinuvchi aksiya.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling