O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet49/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘Iiqiste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalarigato‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi belgilar asosida farqlanadi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari.
Asosiy kapital uzoq davr (masalan stanok 10-yil, bino 50-100-yil) davomida faoliyat qiladi, o ‘zining oldingi natural-buyum shaklini shu davrdagi doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall va b.) har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o‘tkazish xususiyati.Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ulaming qiymati tovarlarga qisman-qisman o‘tib boradi. Xomashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to iiq unumli iste’mol qilinadi va ulaming qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to iiq o ‘tadi.
3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo‘yicha asosiy kapital qiymati ikkiga boiinadi. Qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada boiadi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o ‘tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg‘ariladi. Mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud boigan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan mehnat predmetlari qiymati to ia-to ‘kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlami o‘z ichiga olgan muayyan davr davomida yeyilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan ke­
yin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat:
Av = Iv + Mv
Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida boiishvaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyortovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini,muomala jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlami sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat boiadi:
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
2) turli tanaffuslar davri (Td);
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida
bo‘lish davri (Zd).
Demak,

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling