O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet51/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablagiari.
Aylanma kapital - unumli kapitalning' bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan, o‘z qiymatini Yaratilgan mahsulotga toiiq o‘tkazadigan va ashyoviybuyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qat-nashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) boiib-boiib o‘tkazib boradigan va xizmat muddati davomida o‘zining ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi.
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday
vaqtlami o‘z ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
2. Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning ayla-
nish uzunligi ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha
marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi qancha davom etadi?
3 Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar
bo‘yicha ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
4. Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning
normasi qanday aniqlanadi?
5. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar
orqali aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablagiardan foydala­
nish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tushuntiring.


16-MAVZU. IQTISODIY FAOLIYAT VA UNING SAMARADORLIGI


REJA.
1.Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.
2.Vaqtni tejash qonuni


1.Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyotnazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masalayanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turganmuhim masala - mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasibilan unga avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko‘proq foyda olishga intiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Bizbu o‘rinda sanab o‘tilgan fikrlaming qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling