O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet83/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narxlaming asosiy turlariga qisqacha tavsif bering.
2. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud?
Ulaming afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.
3. Narxning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar nimalardan iborat?
4. Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topish mex-anizmini tushuntirib bering.
5. Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi?
6. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
7. Oligopoliya sharoitida firmalaming «inkor etish» va «ergashish» xatti-harakatlarining mazmuni nimadan iborat? «Narx bo‘yicha yetak-
chilik» tushunchasini izohlab bering.
8. «Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda foydalaniladi?
9. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida 0 ‘zbekistonda narxni erkinlashtirish jarayoni qay tarzda amalga oshirildi?
10. Narx siyosati nima? 0 ‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?
28-MAVZU. NARXNING IQTISODIY MAZMUNI
REJA.
1.Narxning iqtisodiy mazmuni
2.Narx darajasiga ta ’sir qiluvchi omillar

  1. Narxning iqtisodiy mazmuni

Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalami bajaradi:
1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ulami muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi - bu muvozanatlashgan narx bo‘lib, u birinchidan, tovarlaming sotilishini ta’minlaydi, ikkin-chidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi.
2. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlami shu holicha taqqoslab, umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi.
Barcha natural ko‘rsatkichlaming umumiy o‘lchovi ulaming pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqa­rishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi.Chunki joriy narxlar inflyatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling