O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Hisobning quyidagi turlari mavjud


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

Hisobning quyidagi turlari mavjud:
- operativ hisob;
- statistik hisob;
- buxgalteriya hisobi 
Operativ hisob – bu ishlab chiqarishning ayrim bo‘linmalarida sodir 
bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik operatsiyalari haqida zarur 
ma’lumotlarni tezkor holatda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat 
qilish usulidir. 
Statistik hisob - muayyan sharoitda xalq xo‘jaligining butun miqyosida 
hamda ayrim sohalarida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodada 
o‘rganadi. Demak, statistik hisob ommaviy-ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va 
nazorat qilish tizimini o‘z ichiga oladi. 
Buxgalteriya hisobi – barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz
hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd 
etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida 
moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida 
ikkita schotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li 
bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobining maqsadi – bu foydalanuvchilarni to‘liq va 
ishonchli moliyaviy hamda buxgalteriya axboroti bilan o‘z vaqtida ta’minlashdan 
iborat. 
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- korxonada sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlarda o‘z 
vaqtida rasmiylashtirish;
- buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy 
huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni 
shakllantirish;


27 
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
umumlashtirish;
- moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida tuzish va tegishli organlarga taqdim etish.

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling