O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49

 Olmaliq, Beko-

bod, Angren, Yangiyo‘l, Quvasoy kabi sanoat shaharlari vujud ga kel-

268

di. 1925–1940-yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 



49 taga  yetdi.  Toshkent–Angren temiryo‘li, Toshkent–Termiz Katta 

avtomobil yo‘li qurildi.

Ikkinchi jahon urushiga qadar O‘zbekistonning sanoat salo hiyati 

1445 ta yirik va o‘rtacha sanoat korxonalari va 19 ming ga ya qin ki -

chik korxonalarni o‘z ichiga olardi. Garchand, sanoat qurilishi an -

cha ko‘zga ko‘ ri  narli tarzda rivojlanib, muayyan yutuq larga erishgan 

bo‘lsa-da, biroq bu sohada ko‘plab jiddiy muam molar, nuq sonlar 

mavjud edi. Avvalo, yuqo ridan tazyiq o‘tkazish amaliyoti, rahbar-

likning ma’muriy-buyruq bozlik usullari O‘zbeki ston sanoati tarmoq   -

larida chuqur ildiz otgan edi. Jumladan, respub lika metallur giya ning 

rangli va nodir metallar, oltin gugurt, volfram, molibden, paxta tola-

si, xom ipak bilan ta’minlovchi min taqasiga aylantirildi.

Markaz amri bilan O‘zbekistonning xomashyo, tabiiy resurs-

lari ayov siz ekspluatatsiya qilingan holda uning o‘ziga xos iqtisodiy 

man faat dorligi hech qanday nazar pisand qilinmasdi. O‘zbekiston-

da quril 

 gan sa 


noat korxonalarining talay qismi Ittifoq ixtiyoriga 

bo‘y su nardi. Binobarin, ularning ishlab chiqargan mahsulotlari va 

un dan keladigan tushumlar ham Markaz xazinasini boyitishga xiz-

mat qi lardi.

O‘zbekistonda industrlashtirishning muhim bir xarakterli to mo-

ni shundaki, bu jarayon davomida malakali ishchi kuchi yetish-

ma  ganligidan, xususan, RSFSR hududidan bu yerga juda ko‘p lab 

odam lar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar 

sinfi saflari to‘ldirib borildi. Jumladan, 1926-yildan to 1940-yilga 

qadar O‘zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga 

yoki 10 %dan ortiqroqqa ko‘ pay di. SSSRning markaziy tuman lari-

dan aholini sun’iy tarzda ommaviy ko‘chirib kelinishi, ko‘p jihatdan 

xalq xo‘jalik mulohazalari bilan emas, balki ko‘proq siyo siy mu loha-

zalar taqozosi bilan respublika ishchi va xizmat chilariga g‘oyaviy, 

ma’muriy bosim o‘lkazish maqsadida amalga oshirilgan edi. 

Shunday qilib, industrlashtirish yillarida, partiya va Sovet huku-

ma ti ning so‘zi bilan amaliy ishi o‘rtasida yakdillik va uyg‘un lik bo‘l  -

madi. Xalq ommasining o‘n yillar davomida to‘kkan peshona teri, 

amalga oshir 

gan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fidokorligi 

un ga farovonlik keltirmadi.


269

3. O‘zbekistonda yer-suv islohoti, dehqon xo‘jaliklarini 

jamoalashtirish va uning oqibatlari

Azaldan sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati 

maskani hisoblangan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foy-

da lanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o‘l ka 

aholisining anchagina qismi yersiz edi. Buning ustiga ko‘plab ser-

hosil, unumdor yerlar Rossiya imperiyasidan ko‘chirib keltirilgan rus 

oilalari foydasiga majbu ran olib berilgan edi. Rossiya imperiya si ning 

Turkistondagi bu mustam lakachilik siyosati yersiz, batrak dehqon-

larning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham mahal-

liy yerli aholi yangi Sovet hokim iyatining «Yer dehqon lar ga!» degan 

va’dalari, da’vatlariga umid bog‘lab, uning yer to‘g‘risi da gi dastlabki 

dekretining amalga oshuviga ko‘z tikib kela yot   gandi. Sovet hukumati 

ko‘psonli dehqon aholisini o‘z tomoniga qaratib olishni ko‘zlab «Yer 

to‘g‘risida»gi Dekretni qabul qilgan bo‘lsa-da, ammo uni amalga 

oshirishdan ko‘zlagan maqsadlari bosh qacha edi. Sovetlarning yer-

suv islohoti masalasida tutgan siyosatining piro vard maqsadi xususiy 

yer-mulklarni musodara qi lish, milliy lash ti rish orqali yerga xususiy 

mulkchilikni tugatib, yirik – sotsialistik xo‘ja  liklarni qaror toptirish 

edi. Tur kis ton da shu maqsadlarni ko‘zlab yer-suv islohoti o‘tkazish-

ga kirishildi.



Yer-suv 

islohoti

   


  Turkiston sovetlarining XI syezdida (1920) 

o‘lkada yer-suv islohoti masalasi ko‘  rib chiqildi, 

bu sohadagi asosiy vazifa lar belgilandi. Bunga 

ko‘ra aholi qo‘lidagi katta yerlarni muso dara qilish, mehnatkash 

aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur, deb topildi. Shu maq-

sadda, joylarda, qishloq va ovullar aholisining yersiz, kambag‘al qis-

mini birlashtiruvchi «Qo‘shchi» uyushmalari tuzila bosh 

landi. 


«Qo‘sh chi» uyushmalari kommunist 

larning dehqonlar orasidagi 

tayanchiga ay la nib, yer-suv islohotini o‘tkazishda partiyaga katta 

yordam ko‘r sa tib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921–1922-yillar 

davomi da yer-suv islohotining birin chi bosqichi yirik yer-suv egala-

riga qarshi keskin ku rash shiori ostida o‘tkazildi. Masalan, Samar-

qand viloyatida 350 ta katta yer egalari dan 13 ming desyatina yerlar 

tortib olindi. Respublika bo‘yicha boy va o‘ziga to‘q aholidan 1,7 

mln desyatina yer tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi yersiz 

kambag‘allarga berildi, qolgan katta qismi asosida «Qo‘shchi» uyush-

malari tuzildi. Bu Sovet hokimiyati ning kam bag‘al larni o‘z tomoni-


270

ga og‘dirib olish ga qara til  gan harakati edi. O‘rtahol dehqon xo‘ja-

liklari saqlab qolindi.

1925-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Markaziy 

Ij roiya Qo‘mitasining Favqulodda sessiyasi «Yer va suvni milliy lash -

ti  rish, davlat tasarrufiga olish to‘g‘risida» Dekret qabul qil di.

Dekretga binoan quyidagi tarzda yerlar batamom musodara qili-



ni shi kerak edi:



 qayerda turishidan qat’iy nazar Farg‘ona viloyatida 40 desyati-

na  dan, Tosh kent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq 

sug‘oriladigan yeri bo‘lgan mulk egalarining yerlari, jami jonli va 

jonsiz mulki bilan;



  qishloq va ovullarda yashamagan, o‘zlari va oila a’zolaridan 

biro‘rtasi ham yerda ishlamaydigan shaxslarga qarashli yerlar, bosh-

qa mol-mulki bi lan;



 vaqf yerlari, xo‘jayinlari noma’lum yerlar.

Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qishloqda asosiy kuch 

bo‘lgan o‘rtahol dehqonlar bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida 

o‘tdi. Farg‘ona viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarqand vilo-

yati da 10 desyatina gacha yeri bor o‘rtahol dehqonlar mulki saqla-

nib qoladigan bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ularni Sovet 

hokimi yatining tayanchiga aylantirish edi.

1926-yil dekabrda yuqorida nomlari qayd etilgan uch viloyat-

da o‘tkazilgan yer-suv islohoti tajribasi respublika miqyosida umum   -

lash tirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o‘tkazishga qaror qilin di. 



Islo hot Zarafshon viloyatida boshlanib, Qashqadaryo, Sur xon   daryo 

va Xo razm viloyatlarida ham davom ettirildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug‘orila digan 

va 45 gektar lalmikor va bahorikor yerga ega bo‘lgan katta yer egala-

rining ortiqcha yerlari musodara qilindi. 1929-yilda yer-suv islohoti 



Qoraqolpag‘istonda ham o‘tkazildi.

Yer-suv islohoti natijasida O‘zbekistonda jami 4 801 «pomesh-

chik» tipidagi xo‘jaliklar tugatildi. 13 036 ta badavlat mulk dor larning 

ortiqcha yer lari tortib olindi. Respublika davlat yer fondiga 474 393 

desyatina yer qo‘shildi. Qishloq aholisini qishloq xo‘jalik artellariga 

birlashtirish kucha yib bordi. 1929-yilda artellar soni 1665 taga yetdi. 

Jamoa xo‘jaligi hisob langan artellarga 30 ming kishi a’zo bo‘lgan 

edi.

20-yillarda o‘tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat deh qon   -



larning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomo-

271

nidan tortib olingan edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-



uskunalar ham musodara qilindi. Umuman, 1925–1929-yil 

lar da 


boylar, yirik savdo garlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xusu-

siy xo‘jaliklari batamom tugatildi. Ko‘pgina xo‘jaliklar tasar rufi dagi 

or tiq cha yerlar ham tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taq simlanib, 

ular ning katta qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo‘ja liklariga mulk 

qilib berildi.

Buning natijasida, batrak-kambag‘allar toifasi islohotdan oldin 

bar  cha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo‘lsa, islohotdan 

so‘ng ular ning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo‘jalik turmu shi 

yaxshilanib, o‘sib borganligi bois,

 o‘rtahol dehqonlar salmog‘i 17 foiz-

dan 52 foizga ko‘tarildi.

 Shu tariqa, qish loq da tovar – g‘alla yetish-

tiruvchi mayda ishlab chiqaruv chilarning salmog‘i ko‘payib bor di. 

Bu islohot jarayonida respublikada jamoa xo‘jaliklari, ya’ni kol xozlar 

tashkil etildi. Biroq ularning hali xo‘jalik va moliyaviy zaif ligi, ishlab 

chiqarish ko‘rsatkichlarining pastligi ko‘zga tashlanib turardi.

20-yillar oxirlariga kelib respublika qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, pax-

tachilik sohasining Markaz hukumatiga qaramligi, paxta yakkaho-

kimligi kuchaydi. Chunonchi, 1927–1928-xo‘jalik yilida o‘lka dan 

Mar kazga olib ketilayotgan tovarlar umumiy qiymatining 77,8 foizini 

pax ta chilik mahsulotlari tashkil etgan. Buning ustiga, sovet mamla-

kati ehtiyoji uchun yetishtirib berilayotgan o‘zbek paxtasining xarid 

narxi dunyo baho sidan ancha kam belgilangan.

Sovet hokimiyatining 19–20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar 

mo‘tadil siyosatidan bahra olib, yer-suv islohotidan naf topib, o‘z 

xo‘jalik larini anchayin oyoqqa turg‘azib, o‘rtahollar darajasiga ko‘-

tari lib olgan o‘zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez ora-

da hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy kollektiv lash tirish 

jarayoni girdobiga g‘arq bo‘ldi. Ommaviy kollektiv lashtirish jarayoni 

qishloq ahli hayotini ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi.

      Yoppasiga kollektivlashtirish. VKP(b) XV syezdi (1927) bel gi-

lab bergan qishloqda kollektivlashtirish siyosati va uni izchil amal-

ga oshirish butun mamlakatda bo‘lgani singari O‘zbekiston va 

uning xalqi uchun ham aso  siy amaliy vazifaga aylangandi. Totali-

tar ho kimi yat qishloqda kollek tivlashtirish siyosatini zo‘rlik, o‘zbo-

shim   chalik va ma’muriy-buy 

ruq bozlik usullari bilan o‘tkazishga 

kirish di.

Markaz buyrug‘i va ko‘rsatmasini bajarishni o‘zlari uchun katta 

sharaf deb bilgan, unga ko‘r-ko‘rona asoslangan rahbarlar dehqon-


272

larni zudlik bilan kolxozlarga kiritish uchun «jon kuydirdilar», ayniq-

sa, 1929-yilning ikkinchi yarmi va 1930-yil boshlaridan mav jud real-

lik bilan hisoblashmay, omonat jamoa xo‘jaliklari (kol xoz) tuzish 

mav sumi avj oldi ril di. Masalan, O‘zbekiston partiya va Sovet huku-

matining 1930-yil 17-fevral dagi «Kollektivlashtirish va qu loq xo‘ja-

liklarini tugatish to‘g‘risida»gi qa ro rida respublikaning 17 ta tumani-

da yoppasiga jamoalashtirish vazifasi belgilangan edi. Ko‘p joylarda 

quloqlarni tugatish shiori ostida o‘rtahol hattoki kambag‘al dehqon 

xo‘jaliklariga nisbatan ham zulm o‘tkazildi. 1929-yil oktabrga qadar 

respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirga-

ni holda, 1930-yil martiga kelganda dehqon xo‘jaliklarining 47 foi-

zi kolxozlashtirilgan edi. 1931-yil oxirida bu ko‘rsatkich 68,2 foizga 

yetdi.


Ko‘p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo‘ravonli-

gi, o‘zboshimchaligiga aholi keskin norozilik bildirib, turli harakat-

lar uyushtirishga majbur bo‘ldi. 1929–1930-yillarda dehqonlar-

ning sovet tuzumiga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat 

Qash qadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan. Bunday 

om ma viy norozilik harakatlari shu davrda respublika bo‘yicha 240 

marta sodir bo‘lgan. 

Quloqlashtirish

      Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa lash  tirish 

boshlarida O‘zbekis ton da shartli ravishda «quloq» 

xo‘jaligiga kiri tish mum kin bo‘lgan xo‘jaliklarning salmog‘i umumiy 

dehqon xo‘jal ik lari ning 5 foizidan kamrog‘ini tashkil etgan, xolos. 

Biroq ommaviy ja mo lash tirish boshlanishi bilan 15 foizdan ortiq xo‘-

jaliklar» quloq lash   tirish’ga duchor bo‘ldi.

Respublikaning o‘ziga to‘q, bozorga tovar, g‘alla yetishtirib be -

rishga qodir son-sanoqsiz dehqon xo‘jaliklari bor narsasidan mah rum 

bo‘lib, haqsiz-huquqsiz holda, o‘z oila a’zolari bilan uzoq hudud -

larga (Sibir, Ukrai na, Qozog‘iston) yoki yangi o‘zlash 

tirila yot  gan 

cho‘lli, to‘qayzor, qamish zor yerlarga badarg‘a qilindilar. O‘zbe-

kistondan Ukraina, Sibir va Shimo liy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» 

surgun qi lindi. 1933-yilda surgun qilingan «qu loq» xo‘ja lik  lari soni 

5500 ta ga yetdi. Ming-ming lab qishloq oila lari bunday xavf-xatarning 

bo‘lishini oldindan his qilib, o‘z kindik qon lari to‘kil  gan muqaddas 

zaminni tark etib, uzoq begona yurt larga bosh olib ketishga majbur 

bo‘ldilar. Ularning ko‘plari uzoq yillar, xori  jiy yurtlarda umrguza-

ronlik qilib, ona yurt sog‘inchi bi lan unga tal pi nib ya shab o‘tdilar. 

Faqat O‘zbekiston milliy mustaqillikka erish gan dan so‘ng gina orzu-



273

armonlari ushalib, yangi 

dan Vatanning mo‘ 

ta  bar tuprog‘ini tavof 

qilish baxtiga musharraf bo‘ldilar.

Ma’muriy tazyiq, oshkora zo‘ravonlik, iqtisodiy terror usullari 

ka bi ta’sir choralari orqasida «Kolxoz qurilishi» rivojlantirib boril-

di. 1932-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda jamoalashtirilgan xo‘ja lik-

lar bar 

cha dehqon xo‘jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 



800

 ming dehqon xo‘jalik lari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz 

tashkil etilgandi. Bu jara yon keyingi yillarda ham davom ettirildi. 

1937-yilda dehqon xo‘jalik larining jamoalashtirish darajasi 95 foiz ga 

yetgan bo‘lsa, 1939-yilda u 99,2 fo izni tashkil etdi

. Omma viy kollek-

tivlashtirish jarayonida O‘zbe kiston bo‘yicha 60



  mingdan ortiqroq 

kishi «quloqlar»ga mansublikda ayblanib qatag‘on qilindi. Shunday 

qilib, 30-yillar davomida O‘zbekis tonda zo‘ravonlik yo‘li bi lan «Qish-

loq xo‘jaligini kollektivlashtirish», «quloqlarni sinf sifa ti   da tugatish» 

siyosati uzil-kesil hal qilindi.



«SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash», asosan, O‘zbe kis-

ton xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935-yilda O‘zbekistonda 1 min 

tonna paxta tayyorlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1939-yilda 1,5 mln 

tonnani, 1941-yilga kelib esa 1 mln 656,2 ming tonnani tashkil etdi. 

Bu butun Ittifoq bo‘yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyod-

rog‘ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respub lika qishloq xo‘ja-

ligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o‘rin egallab bor-

di. Jumladan, agar 1933-yilda paxta mahsuloti respublika yetish ti-

rib tayyorlab beradigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmi-

ning 81,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 1937-yilga kelib bu ko‘r satkich 

93,4 foizga yetdi.



Texnikaviy ta’minot. O‘zbekistonda dehqon xo‘jaliklarini om ma-

viy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog‘da yangi xo‘jalik lar ga 

moddiy-texnik baza bo‘lib xizmat qiladigan mashina-traktor stan-

siyalari (MTS) ni tashkil etish bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi. 

O‘zbekistonda dastlabki mashina-traktor stansiyasi 1929-yil da Andi-

jon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilib, u yangidan tuzilgan 

jamoa xo‘jaliklariga texnik yordam ko‘rsatgan edi. Asta-sekin ular-

ning soni ortib bordi. 1931-yilga kelib MTSlar qish loq tumanlarida 



48 ta tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumush lari ga xizmat ko‘r-

satdi. MTSlarning yirik dehqon xo‘jaliklariga nafi katta bo‘lganli-

gidan, ularning safi respublikada to‘xtovsiz ortib bor di. Jumladan, 

1937-yilda MTSlar soni 163 taga, 1941-yilga kelgan da esa 189 taga 



yetdi. Garchand yirik jamoa yerlari ni ishlab berish, qo‘l mehnatini 

274

yengillashtirish, qishloqqa texnika olib kirish, tex nika ilmidan qish-

loq mehnatkashlarini xabardor qilishda MTSlar muhim ro‘l o‘yna-

gan bo‘lsa-da, biroq jamoa xo‘jaliklarining davlat ga tobeligini yana-

da kuchaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri shun  daki, yirik ishlab 

chiqarish vositalari MTSlar orqali tobora dav lat qo‘lida to‘p lana bor-

di. MTSlar jamoa yerlarini natural haq eva zi ga ishlab berar, bu haq-

ning miqdori esa yuqoridan, davlat organ lari tomonidan belgilanar 

edi.

Irrigatsiya va melioratsiya ishlari. O‘zbekiston qishloq xo‘ja-

ligi, ayniqsa, uning yetakchi tarmog‘i paxtachilik sohasining tezkor 

rivoj lanishidan manfaatdor bo‘lgan Sovet hukumati respublikada 

irriga tsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomillash tirishga 

jiddiy e’tibor berib bordi. Shu maqsadda, 1922-yildayoq respublika-

da irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning aso-

siy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston hukumati tarki-

bida Suv va qishloq xo‘ ja ligi Xalq Komissarligi,



 uning huzurida esa 

suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi, joylarda viloyat, tuman, uchastka 

suv qo‘mitalari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko‘rsatib boril-

di. Jumladan, 1922-yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hiso-

bida mablag‘ ajratildi. Yangi kanal lar, ariqlar qurildi

. Ko‘plab yan-

gi yerlar o‘z lashtirildi.

O‘zbekiston SSR tashkil topgandan so‘ng, yangi yerlarni o‘z lash-

tirish, ka nallar qazish ishlari yanada avj oldi. Ikkinchi jahon urushi ga-



cha bo‘lgan davrda Respublikada Darg‘om, Norpoy, Sovoy, Dalvar-

zin, Log‘an kanallari kabi ko‘plab suv inshootlari qurildi. Dalvarzin, 

Sovoy, Uchqo‘rg‘on, Mirzacho‘l, Chirchiq–Ohangaron vodiy lari-

da, Zarafshon daryosi havza sida, shuningdek, Qash qadaryo va Sur-

xondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 

1939-yilda O‘zbekiston KP(b) Markaziy Qo‘mitasi va Respub lika 

hukumati hashar yo‘li bilan Katta Farg‘ona kanalini qurish to‘g‘risi-

da qaror qabul qildi. O‘sha yilning 1-avgustidan 160 ming kolxozchi 

kanal qurilishini boshlab yubordi. Uzunligi 270 kilometr bo‘lgan bu 

kanal, asosan, qo‘l mehnati bilan 45 kun ichida qurildi.

Katta Farg‘ona kanali Farg‘ona vodiysining asosiy qon tomi-

ri bo‘lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar cho‘lli yerlar o‘zlashtiri-

lib, 500 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. 

Shu ningdek, Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va 

Janubiy Farg‘ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to‘-

g‘oni, Qoraqalpog‘istonda Qizketgan kanali, sig‘imi 1 mln kub · metr 



275

bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on suv ombori va ko‘plab boshqa suv inshootla-

ri barpo etildi. Dehqonlarning fidokorona, mehnati tufayli 1937–

1940-yillarda respublikadagi sug‘oriladigan yer maydonlari qo‘shim-

cha 200 ming gektardan ko‘paydi.

4. XX asrning 20–30-yillarida O‘zbekistonning

ma’naviy-ma’daniy va ma’rifiy hayoti

Xalq ta’limi

      20-yillar boshlariga kelib O‘zbekiston hudu -

di da madaniy qurilishning eng dolzarb vazifa-

laridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakl lan tirish ishlari boshlab 

yuboriladi.

Sovet hokimyati O‘zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy 

xalq kayfi yati va ruhiyatini, uning o‘ziga xos milliy an’analari, islo-

miy qadryatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usu-

lidagi maktablar, madrasalarning ham faoliyat yuritishiga monelik 

ko‘rsatmadi. Buning natijasida bu o‘quv dargohlari navqiron avlod-

ga ta’lim berish, ulug‘ bobokalonlar merosi va shar qona odob, axloq 

ruhida tarbiyalashda o‘z ulushini qo‘shib bordi. Lekin sovetlar ning 

bu vaqtinchalik taktikasi uzoq qa bormadi. Ular o‘lka hayotiga mos-

lashib olgach, 20-yillar o‘rta lari dan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy 

hayotining ko‘p za mon lar uzviy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va 

madrasa ta’lim-tarbiya tizi mi ni barham toptirdi. 

1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yosh  -

dan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qi 

lish 


to‘g‘risida dekret qabul qildi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad ma hal-

liy xalq ni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta’siriga olish edi. 

Shularni hisobga olib respublikaning turli hududlarida ko‘plab sa vod-

siz likni tugatish kurslari tashkil etildi. Ularga turli yoshdagi ki shilar 

jalb qilinib, savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1-besh yillik (1928–

1932-yy.)da O‘zbekistonda jami 700 ming kishi savodsizlik kurslarini 

tu gatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2-besh yillik (19 33 –1937-yy.) davri-

da 1 mln 400 ming kishini tashkil qildi.

Respublikada



 boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyin-

roq esa 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasida muhim 

o‘z garish lardan bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi 

kadr lar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bor-

di. Ma’lumotlarga ko‘ra, agar 1924–25-o‘quv yilida O‘zbekiston-


276

da 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda l7 209 nafar 

o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib bunday maktablar soni 

5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quv chilar soni esa 1 mln 315 

ming nafarga yetgan.

Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to‘liq 

ra vishda o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsadida arab alfavitiga asos lan-

gan eski o‘zbek yozu vini ham isloh qilishga kirishdi. Shu maqsad-

da 1928-yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o‘tildi. Bir gi na eski 

o‘zbek yozuvini o‘zgar tirishda qo‘llanilgan shoshma-shosharlik res-

publika xalq ta’limining keyingi taqdiri uchun salbiy oqibat larni kel-

tirib chiqardi.

Yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlarining moddiy bazasi zaif 

bo‘ lib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmadi. Milliy respublikalardagi 

ta’ lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darslik-

lar-u o‘quv qo‘llan malari asosida olib boriladigan bo‘lib qoldi. Bu 

esa xalq ta’limining milliy mazmuniga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 

30-yillarga kelib respub likaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq 

o‘tkazish, muallimlar tarkibini elak-elak qilish atayin kuchaytirildi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling