O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


 Eng yangi davr axloqshunosligidagi asosiy yo’nalishlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana09.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1695654
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
etika n.r.ochilova

3.4. Eng yangi davr axloqshunosligidagi asosiy yo’nalishlar. 
XX asrning nufuzli g’oyaviy oqimlaridan biri avstriyalik tabib va psixiatr Zigmund Freyd-
Zigmund Shlomo (1856-1939) nomi bilan bevosita bog’liqdir. U ruhiy asab kasalligini davolashning 
umumiy nazariyasi va uslubini, uning nazariy asosini ishlab chiqdi. Freydezmning nazariy asosini 
psixoanaliz tashkil qiladi. Psixoanaliz ongsizlik holatini falsafiy talqin etib inson ruhiyatini ongli 
harakatlarning hamda oqilona tarzda bilib bo’lmaydigan va ongsizlik olamini tashkil etadigan 
instinktlarning murakkab majmui deb biladi.
Freyd ko’p kuzatuvlari, aql va o’z kechinmalariga suyanib, ruhiy kasallikning muvafaqqiyatli 
davolashning axloqiy muammolariga murojat qilmasdan hal etib bo’lmasligini aniqladi va bemor o’z 
qalbi extiyojlarini hisobga olmaganligi uchun kasallanadi, degan xulosaga keldi.
Freyd onglilik va ongsizlik masalasiga alohida to’xtaldi. Ongsizlikdan onglilik kelib chiqishini 
ko’rsatdi. Anglanmagan holatdagi fikrlar, his-tuyg’ular umuman yo’qolib ketmaydi, biroq xotiraga 
chiqish uchun yo’l qo’yilmaydi. Ular ongda bilvosita ongsizlik tarzida namoyon bo’ladi: bilmay gapirib 
yuborish, xato yozib yuborish, tush, nevrozlar singari galati harakatlar orqali namoyon bo’ladi. 
Onglanmagan holati g’oyat yashovchan, vaktga buysunmaydi. Freyd barcha illatlarning va vijdon, 
qo`rquv, aybini his qilish, tazarru singari fazilatlarning kelib chiqishini, faoliyatini, deyarli barcha axloqiy 
hodisalalarni asosan «Edip kompleksi» ga olib borib takab qo`yadi, deydi.
Erix Fromm (1900-1980) asosiy e‘tiborini, diqqatini inson qalbining axloqiy talabalariga 
munosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik, tiriksevarchilik (biofillik) va uliksevarlik 
(nekrofillik) haqidagi muloxazalarga qaratdi. Uning «Sevish san‘ati» (1856), «Inoyat qalbi. Uning 
ezgulik va yovuzlik qobiliyati» (1964) kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng o’rin berilgan. Uning 
fikricha, yovuzlik insoniy hodisa. U insoniylik holatidan ortga kaytish, insonga xos, aql, muhabbat, erk 
xusumatlarini yo’l qilishga bo’lgan intilish. Ayni paytda, u fojeiy holatdir. Inson ezgulik va yovuzlikka 
moyil.
Fromm o’z ustoziga nisbatan kengroq mikyosida harakat qiladi. Inson tabiati nafaqat biologik 
balki tarixiylik bilan shartlangan, deydi. Erix Fromm muhabbat muammosiga tuxatalib, bu har biri 
uzligini saqlangan holatda ikki kishining birlashuvi. Muhabbat – bu harakat, orom emas, faollik, kuzatish 
emas. Sevish - olish emas, berish. Sevgida inson o’zi uchun eng bebaho bo’lgan hayotning bir qismini – 
hissiyotni, bilimi, kechirmalarini bag’ishlaydi, bu nafis bir lazzatdir. U muhabbatni g’amxo’rlik, 
mas‘uliyat, hurmat va ilm unsurlaridan deb biladi, hamda mas‘uliyatni hurmat bilan bog’laydi. Hurmat, 
bu – qo`rquv yoki kul kovushtirish emas, u insonni qanday bo’lsa, shunday qabul etishini talab etadi.
XX asrda axloqiylik tafakkurida chuqur iz qoldirgan falsafiy-axloqiy yo’nalishlardan yana biri 
ekzistentsiyachilikdir. U insonni, eng avvalo, o’z hayotini insoniylik vazifasini bajarish uchun qurbon 
kilgan mavjudot sifatida olib qaraydi.
Ekzistentsializmning vatani dastlab Rossiya bo’lgan. Biroq 1 – jahon urushidan keyin 
Germaniyada keng tarqalgan va rivojlangan falsafiy yo’nalishdir.
«Ekzistentsiya» deganda ekzistentsialist faylasuflar kishining har lahzada hayot va o’lim 
bo`sag’asida kechadigan ichki kechinmalari yoki «borliqda mavjudlik» jarayonini tushunishadi. «Borliq» 
ekzistentsialistlar fikricha, na «obe`ktga», na «sube`ktga» bo’linuvchi, bevosita idroq etuvchi narsadir.


26 
Ekzistentsiya qiluvchi mutafakkir voqelikka sub‘ektiv tarzda qarashli, ya‘ni voqelik faqat uning 
indivudial mavjudligi va emotsional (extirosiy) hayoti orqali qanday aks etsa, unga shundayligicha 
qarash kerak, deb tan oladi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda tarqalgan falsafiy yo’nalishlardan biri ekzistentsializm 
(lotincha «ekzistentsiya» yoki inglizcha «ekzistika» so’zidan olingan bo’lib, «mavjudlik», «mavjud 
bo’lmoq» degan ma‘noni anglatadi), dastlab Rossiyada (Berdyaev, Shestov), Germaniyada (Xaydegger, 
Yaspers va boshqalar), Frantsiyada (R. Marsel, A. Komyu va boshqalar), keyinchalik Amerika, Italiya, 
Yaponiya, Hindistonda tarqaldi. Ekzistentsionalizm insonni jamiyatda tutgan o’rni va rolini inkor 
qilishga, yo’qqa chiqarishga harakat qiladi. Ularga inson notavonlik maxluq, unga qo`rquv, o’lim, 
umidsizlik hamma vaqt raxnamo. Umidsizlik va o’lim ekzistentsializm falsafasining asosiy 
kategoriyalardir.
Ekzistentsialistlar fikricha, kishi o’zining mavjudligini chuqur ma‘navy ziddiyat, ruhiy tushkunlik 
holatidagina anglay oladi. «O’lim» mavjudlikning so’nggi nuqtasi, deb e‘lon qilinadi.
Olmon 
faylasufi 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling