O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana09.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1695654
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
etika n.r.ochilova

Tayanch tushunchalar:  
Mohiyat, erkinlik, Ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov, mas‘uliyat, axloqiy taraqqiyot, axloq tuzilmasi, 
axloqiy ong (anglash), axloqiy hissiyot, axloqiy munosabatlar, maqsad va vosita, ma‘naviyat, , axloq, 
huquq, san‘at, fan. 
 
 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Erkinlik tushunchasini tushuntirib bering? 
2. Ixtiyor erkinligi deganda nimani tushunasiz? 
3. Axloq tuzilmasining omillari nimalardan iborat? 
4. Axloqning ma’naviy tizimdagi o’ziga xos xususiyatilari? 


34 
Adabiyotlar: 
 
1. Axloqshunoslik. A.Sher.Yangi asr avlodi. Toshkent. 2003. 87-125 – betlar. 
2. Falsafa qomusiy lug’at jamiyati. Toshkent. 2004 . 255-464- betlar. 
3. Jamiyatni erkinlashtirish va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot masalalari. Toshkent. 2007. 4-14- betlar. 
4. Ma’naviyat millat nishoni. Toshkent. 2007.
5. Ma’naviyat gulshani.Qarshi. 2001. 3-10- betlar. 
6. Ma’naviyat va yoshlar. G. Shodiev. Toshkent. 2008. 9-39- betlar. 
 
5-Mavzu: Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyilari, me‘yorlari. 
 
 
 
Reja: 


35 
1. Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. 
2. Axloqiy tamoyillar, me’yorlar va ularning amaliy ahamiyati 
3. Axloqiy madaniyat va kasbiy odob mummosi. 
4. Shaxs axloqiy tarbiyasi. 
5.1.Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. 
Axloqshunoslikdagi tushunchalar (kategoriya) ning shaklari xilma-xil bo’lib, mazmunida 
axloqshunoslik talab qiladigan jarayonlar ifoda etiladi. Kategoriya – yunoncha so’z bo’lib, ta‘rif berish, 
fikr aytish ma‘nolarni anglatadi.
Muhabbat va nafrat- axloqshunoslikda juft kategoriya (tushuncha) bo’lib hisoblanadi. Muhabbat 
bosh mezoniy tushuncha bo’lib, barcha asosiy tushuncha va tamoyillarga ta‘sir qiladi. 
Muhabbat me‘yorlar, an‘analar, qonunlarga buysunmaydi. Lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida 
insonga o’lkan mas‘uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi. 
Muhabbat – insonni tashqi va transtsendental olam bilan bog’laydigan, uni yolgizlikdan olib 
chiqadigan buyuk kuch. Muhabbatning obe`kti go’zallikdir. Insonning ona tabiatga, yoriga, ota-onasiga, 
Vataniga … bo’lgan muhabbatni… Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zganio’ziga aylantira olganida 
haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi.
Muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. Haqiqiy muhabbat g’oyalari 
yoshlar tomonida doimiy axloqiy ideal tarzida qabul qilanadi: Farxod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek 
va Kumush va hokazolar. Demak, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos 
ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin.
Muhabbat-oliy tuyg’u, shu ma‘noda u oliy tushuncha. Muhabbatning ziddi-nafrat bo’lib, u ham 
muhabbat singari keng qamrovli tushuncha emas. 
Nafratning aksi muhabbat tarzda namoyon bo’ladi, obe`ktdan chetlashishni, undan 
begonalashishni taqozo qiladi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» 
ko’rinishdir . Nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U g’azabga o’xshab, o’z obe`ktini yo’hotishga 
intilmaydi, undan faqat yuz beradi. U muhabbatga zid holda noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha 
munosabati tufayli ko’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin.
Ko’rinishidan nafrat kishida yoqimsiz taassurot o’ygotsa-da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy 
fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi mavjud bo’lib, u ijtimoiy hodisa emas, ko’p hollarda 
jinsiy munosabat bilan yonma-yon keladi. Muhabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab 
qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish hissi me‘yordan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashkning 
mohiyati xudbinlikka borib taqaladi. Ba‘zi hollarda rashk fojiaga olib kelishi mumkin. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling