O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


 Sug‘urta tavakkalchiliklardan ko’riladigan iqtisodiy zararlarni


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
 
5.2. Sug‘urta tavakkalchiliklardan ko’riladigan iqtisodiy zararlarni 
kamaytirish va bartaraf etishning muhim vositasi. 
Risk-deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan 
kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha 
sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib 
chiqish mumkin. 
Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subekt 
tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning 
noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar 
mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi. 
Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subektlarning 
maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yig‘indisi yoki subektning o‘zini xatti-
harakati. 
Sub’ekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subektga zarar (ziyon) 
yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subektni yo‘q qilinishida yoki subektning 
evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subekt manfaatlariga ziyon 
yetkazilishida namoyon bo‘ladi. 
Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon. 
Manfaat – naf, foyda. 
Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan 
kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning 
amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik. 
Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy 
faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir 
qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida 
tushunish qabul qilingan.


54 
Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 
zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va 
munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling