O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132
Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi: 
• aniq bir hodisa yoki hodisalar yig‘indisi (voqea yoki voqealar yig‘indisi), 
qaysiki ularning sodir bo‘lishi bilan ilgari shakllantirilgan sug‘urta fondidan 
to‘lovlar amalga oshirilishida; 
• aniq bir sug‘urtalangan obekt bilan bog‘liqlikda, har qanday risk namoyon 
bo‘lish obektiga ega; 
• sug‘urtaga qabul qilingan obektni shikastlanish (zarar ko‘rish) ehtimolligi 
sifatida. 
Risk sug‘urtada obekt hisoblanadi va uni tasodifiy voqealar va hodisalar 
natijasida amalga oshishi sug‘urta hodisasini yuzaga kelishini bildiradi. 
Texnologiyalarning yangilanishi, ularning yuqori darajada xavfsizligi
favqulotda holatlarning matematik modellashuvi tasodifiylikni chegaralaydi.
5.3. Tavakalchiliklarning turlari va ularni boshqarishda sug‘urtaning roli. 
Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish 
uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. 
Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud: 
 risklar xavf soluvchi obektlar sinflari; 
 riskni yuzaga kelish sabablari; 
 risklarga ta’sir etish imkoniyati. 
Risk obektlarining kompleks sinflari
ishchi kuchi; 
mol-mulk; 
 sarmoya; 
 axborot. 
Yuzaga kelish sabablari bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: 
 tabiiy hodisalardan kelib chiquvchi – suv toshqini, do‘l, yer qimirlashi, 


55 
epidemiya va sh.k.; 
 ijtimoiy-jamoat muhitdan kelib chiquvchi – aldov, jinoyat, ko‘zda 
tutilmagan ziyon yetkazish; 
 texnikaviy muhitdan kelib chiquvchi – texnikaviy vositaning ishdan 
chiqishi; 
 xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiyotning holati bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan - inflyatsiya, bozor kon’yunkturasi, bank foizi, valyuta kurslari va b. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling