O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi
RISKLAR
Haqiqiy risklar Spekulyativ risklar moliyaviy risklar investitsion risklar tijorat risklari foiz risklari kredit risklari Pulning harid quvvati bilan bog‘liq risklar boy berilgan naf risklari daromad- larning pasayish risklari bevosita moliyaviy yo‘qotish risklari inflyatsion va deflyatsion risklar valyuta risklari likvidlik risklari ta b iiy r is kla r eko lo gi k r is kl ar si yo si y r is kl ar tr an sp o rt ri sk la ri mulki y r is kl ar is h la b c h iq ar is h r is kl ar i sa vd o r is kla ri b ir ja r is klar i b an kro tl ik r is ki se le kti v ri sklar 59 Sug‘urta riskining asosiy mezonlari: • risk tasodifiy xarakter kasb etishi kerak, bunda sug‘urta shartnomasida ishtirok etayotgan barcha tomonlarga sug‘urta hodisasining ro‘y berish aniq vaqti va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi oldindan ma’lum emas; • mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obektlar jamlamasi bilan solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak; • riskni amalga oshishida aks etuvchi sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxsning xohish-irodasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak; • sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas; • riskni amalga oshish oqibatlarini pul ifodasida obektiv o‘lchash va baholash imkoni mavjud. Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi. Xavf-xatar manbalaridan kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: tabiiy ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan va insonning ongli xatti-harakati (o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol uchun, mutaxassis-epidemiologning maqsadli harakati bilan yuzaga keluvchi epidemiyalar). Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi. Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy, mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling