O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132
 
 


60 
5.4. Risklarni boshqarish va sug‘urta. 
Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy 
tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan 
daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday 
xo‘jalik yurituvchi subektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha 
risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, 
uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obektning ko‘rishi mumkin 
bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi. 
Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud (2-rasm): 
> risk obektining tahlili; 
> riskni aniqlash; 
> riskni baholash; 
> riskka ta’sir etish usullarini aniqlash; 
> qaror qabul qilish; 
> riskka bevosita ta’sir o‘tkazish; 
> boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish. 
Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obektning hozirgi 
vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida 
zarur axborotlarni olish hisoblanadi. 
Riskni aniqlash bosqichi obektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni 
ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi. 


61 
2-rasm. Riskni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi 
Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: 
ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda 
noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish 
ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling