O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi mirishkor tumanida qishloq xо‘jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari bitiruv malakaviy ish
Download 447 Kb.
|
mirishkor tumanida qishloq xojaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. AGRAR ISLOHOTLAR VA BOZOR SHAROITIDA YANGI O‘ZLASHTIRILGAN HUDUDLARDA QISHLOQ XO‘JALIK TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA IXTISOSLASHUVI
BMI ning maqsad va vazifalari:
tuman qishloq xo’jaligi rivojlantirish strategiyasini shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan uslubiy yondoshuvlarni ishlab chiqish; tuman qishloq xo’jaligini murakkab ijtimoiy – ekologik – iqtisodiy tizim sifatida rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash; qishloq xo’jaligini rivojlanishini cheklaydigan mintaqaviy omillarni o’rganish, rivojlanish tendentsiyalari va mavjud tarkibiy nomutanosibliklarini tadqiq qilish; agrar salohiyatidan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarishning shakllangan hududiy tuzilmasini tahlil qilish; Mirishkor tumanining hududiy tabaqalashuvini hisobga olgan holda, qishloq xo’jaligini va agrosanoat majmuasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; qishloq joylarida agrosanoat majmuasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning tashkiliy shakllarini asoslash. Mazkur BMI ni bajarishda mavzuga doir adabiyotlar va kartografik materiallarni, ilmiy va ishlab chiqarish muassalarida olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida olingan ma‘lumotlardan foydalanildi. BMI kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat. BMI ------ sahifadan iborat bo’lib, ishga --------- ta jadval, -- chizma karta ilova qilindi. I BOB. AGRAR ISLOHOTLAR VA BOZOR SHAROITIDA YANGI O‘ZLASHTIRILGAN HUDUDLARDA QISHLOQ XO‘JALIK TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA IXTISOSLASHUVI 1.1 Qarshi cho‘lini qishloq xo’jalik nuqtai nazardan o’zlashtirish tarixidan Quruq va issiq iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan cho‘l va chala cho‘l landshaftlarining inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida sug‘orish eng qadimiy va qudratli omillardan biridir. Sug‘orish natijasida cho‘l va chala cho‘l landshaftlari tubdan o‘zgaradi va tabiatda o‘xshashi bo‘lmagan antropogen landshaftlarni vujudga keltiradi. Qarshi cho‘lida qadimdan sug‘orma dehqonchilik vujudga kelgan va asrlar osha maydoni kengaygan hududlardan biridir. Ma’lumki, O‘rta Osiyo sug‘orma dehqonchilik vujudga kelgan va rivojlangan qadimiy o‘choqlaridan biri. S.P.Tolstov (1948) Y.G.G‘ulomov (1957) va boshqalarning arxeologik tadqiqotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo hududida sun’iy sug‘orish qo‘llanilgan eng dastlabki dehqonchilik Xorazmda vujudga kelgan. Qarshi cho‘lida ham tabiiy sharoitlarning qulayligi tufayli tarixning dastlabki davrlaridanoq sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan va rivojlangan. O.Y.Poslovskayaning Qarshi cho‘lida olib borgan ekspeditsiya tadqiqotlari bu yerda sug‘orish milodga qadar III asrda ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi (Poslovskaya, 1966). Qarshi cho‘lida hozirgi paytda ancha katta maydonlarda o‘tmishdagi sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan “antropogen” belgilar uchraydi. Qashqadaryo havzasi va unga yaqin atroflardagi hududlarda olib borilgan tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda eneolit davrida (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda tosh davri tugagan va eneolit davri boshlangan) suv havzalari yaqinida dastlabki qishloqlar vujudga kelgan va ularning aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. Juz davrida Qashqadaryo vohasining dehqonlari bug‘doy, arpa, so‘li, paxta yetishtirganlar. Temir davrida (miloddan oldingi 8-6 asrlar va undan keyingi davrlar) dehqonchilik maydonlari kengayadi. Temir va juz davrlarining tabiiy sharoitlari paleogeografik va tarixiy tadqiqotlarga ko‘ra hozirgidan kam farq qilgan. Bu davrlarda voha (madaniy) landshaftlari maydonlarining kengayishi sun’iy sug‘orishni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Sun’iy sug‘orish yo‘li bilan daryo vodiysining quyi terassalari va deltasi o‘zlashtirilgan. O‘tmishda ham Qarshi cho‘lini sug‘orishda qo‘shni suv havzalarining resurslaridan foydalanilgan. Bu yerdagi ayrim hududlarda sug‘oriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirish maqsadida Zarafshon daryosining suv resurslaridan foydalanilgan. Shu maqsadda milodga qadar birinchi ming yillikda Zarafshon daryosidan suv oladigan Darg‘om arig‘i bilan tog‘liq bo‘lgan Manas arig‘i (kanali) qazilgan. Bu ariqning uzunligi 300 km dan ziyodroq bo‘lib, shundan 1200 m Ziyovuddin tog‘larida qazilgan tunel orqali o‘tgan. Ariqning kengligi tuneldan chiqishda 4 m bo‘lgan. Manas arig‘i (keyinroq bu ariq Eskianhor nomini olgan) mo‘g‘ullar istilosi davrida (XIII asr) buzib yuborilgan va ko‘p yillar davomida foydalanilmagan. Sohibqiron A.Temur davrida Eskianhor arig‘i qayta ta’mirlanib, bir necha o‘n yillar davomida Qarshi cho‘lida Zarafshon havzasining suv resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Sohibqiron A.Temur davrida ham Qashqadaryo vohasida katta-kichik ariqlar qazilgan, kichik suv omborlari barpo qilingan. O‘tmishda Qarshi cho‘lini sug‘orish uchun Amudaryo suvlaridan foydalanilganligi to‘g‘risida rivoyatlar mavjud. Hozirgi Denov shahri (Surxondaryo viloyati) yaqinida boshlangan ariq Sherobod vodiysi orqali o‘tib Buxoro shahrigacha yetib borganligi to‘g‘risida rivoyatlarda ma’lumotlar saqlanib qolgan. XIV asrda bitilgan va saqlanib qolgan tarixiy qo‘lyozmalardagi ma’lumotlarga ko‘ra mutaxassislar bu ariq 1533 yildan qazila boshlangan, deb hisoblaydilar. Ariq 90 yil davomida Qashqadaryo vohasini suv bilan ta’minlab turgan. XVIII asrning oxiri –XIX asrning boshida sug‘orish ishlari yana birmuncha rivojlanadi. 1785-1800 yillarda Qashqadaryo va uning irmoqlaridagi to‘g‘onlar buzib tashlangan va yangi sersuvroq ariqlar qazilgan to‘g‘onlar va dambalar ta’mirlangan. Rossiya Turkistonni bosib olgach bu hududlarda xom ashyo bzasini yaratish maqsadida tabiiy resurslar salohiyati rus olimlari tomonidan o‘rganila boshlandi. Xususan, Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishga doir bir qator tadqiqotlar o‘tkaziladi va loyihalar ishlab chiqiladi. Qarshi cho‘lida qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlarini rivojlantirish bo‘yicha XX asrning 30-yillarida katta ilmiy-amaliy tadbirlar boshlandi. 1929 yild “O‘zsuvishlabchiqarish” loyihalash instituti tomonidan “Qashqadaryo havzasida yer-suvdan foydalanish tarixi” tuzildi. Suv resurslarini o‘rganish vatuproqlarni tadqiq qilish asosida Qashqadaryo havzasida sug‘orish uchun 877 ming ga yer yaroqli ekanligi aniqlandi, 56 ming ga maydonni sug‘orish uchun suv ombori qurish belgilandi. Loyihalash institutining tarxida Qashqadaryo havzasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Amudaryo va Zarafshon daryosining suvlaridan foydalanish masalasi tavsiya etildi. Shu yillarda Qarshi cho‘lida Patron, Talikiron, Fazli, Qovchin va boshqa bir qator kanallar qaziladi va foydalanishga topshirildi. XX-asrning 50-yillaridan boshlab Qashqadaryo havzasida ancha katta miqyoslarda suv qurilishi ishlari boshlandi. Uzunligi 184 km bo‘lgan Eskianhor kanalini qayta ta’mirlash bo‘yicha loyiha tuzildi. Suv sarfi boshlanish qismida 45 kub m/sek ni tashkil etadigan bu kanal 1955 yilda foydalanishga topshirildi. Bu kanalning qayta ta’mirlanishi natijasida Zarafshon daryosi havzasining 240-300 mln kub.m miqdoridagi suvlari Qarshi cho‘lini sug‘orishda foydalanila boshlandi. 1961 yilda Qarshi cho‘lini majmuali o‘zlashtirish va sug‘orishning bosh tarxi tugatildi va cho‘lni o‘zlashtirishning iqtisodiy-texnikaviy sharoitlari vujudga keltirildi. XX asrning 60-yillarida O‘zbekistonda energetikaning rivojlanishi Qarshi cho‘lida katta maydonlarni o‘zlashtirish va sug‘orish ishlarini tashkil etish, yaylovlarning suv ta’minotini yaxshilash uchun Amudaryoning suv resurslaridan foydalanish imkoniyatlari vujudga keltirildi. Shuningdek, mahalliy daryolarning suv omborlari barpo etildi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotexnik inshootlar qurib bitkazildi. O‘tgan yillarda uzunligi 150 km bo‘lgan Qarshi bosh va uning tarmog‘i bo‘lgan Kasbi kanallari, Qarshi bosh kanaliga har sekundda 200 kub.m suvni 132 m balandlikka ko‘tarib beradigan nasos stansiyalari, suv sig‘imi 1,8 mln.kub.m bo‘lgan Talimarjon quyilma suv ombori barpo etildi. Sug‘orish melioratsiyasiga doir amalga oshirish keng miqyosli bo‘lgan tadbirlar natijasida Qashqadaryo viloyatida sug‘oriladigan yerlarning maydoni deyarli 454 ming gektarga yetkazildi (shundan 417,1 ming ga sug‘oriladigan dehqonchilik yerlari, 31,6 ming ga sug‘oriladigan ko‘p yillik daraxtzorlar, 4,8 ming ga sug‘oriladigan bo‘z yerlar, 0,1 ming ga sug‘oriladigan yaylovlar). Viloyatdagi sug‘oriladigan yerlarning qariyib 260 ming ga yoki 58% dan ziyodrog‘i Qarshi cho‘lidadir. Yangi 2002 yil ma’lumotiga ko‘ra Qarshi cho‘lida sug‘oriladigan yerlar maydoni 310 ming ga yetgan (F.Hikmatov-2002). Sug‘oriladigan yerlar maydonining kengyishi hamda sug‘orish melioratsiyasi tufayli Qarshi cho‘lining tabiiy landshaftlarida antropogen o‘zgarishlar ham sodir bo‘lgan va provardida tabiatda o‘xshashi bo‘lmagan o‘ziga xos antropogen landshaftlar shakllana boshladi. Qashqadaryo viloyatida barpo etilgan gidrotexnik inshootlar va suv zahiralari hozirgi vaqtda sug‘orishda foydalanilayotgan suv omborlari havzasining o‘rta oqimida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilgaridan foydalanib kelinayotgan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash imkoniyatini bergan holda viloyatda suv ta’minoti muammosini hal etolmaydi. Chunki havzaning mahalliy suv resurslari suvga bo‘lgan talabning 21-22% inigina qondiradi. Suv sababli viloyat qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish maqsadida chetdan Zarafshon va Amudaryodan suv keltiriladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek viloyatning tekislik qismi Qarshi irrigatsiya rayoniga to‘g‘ri keladi. Qarshi irrigatsiya rayoni shu nomdagi cho‘lni o‘zlashtirish natijasida vujudga kelgan. Bu yerlarni sug‘orish uchun Amudaryodan Qarshi magistral kanali orqali suv keltirilgan. Viloyatda chetdan keltiriladigan suvlar hisobiga sug‘oriladigan yerlar umumiy maydonining 75-80% ini tashkil etadi. Viloyatning asosiy sug‘oriladigan qismi tekislik qismiga to‘g‘ri kelib, cho‘lni o‘zlashtirish natijasida bir qancha tumanlar barpo etilgan. Misol tariqasida 2000 yilda sug‘orishga berilgan suv miqdori haqidagi ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkinki, Nishon (46,7), Muborak (31,8), Mirishkor (33,9), Kasbi (50,5), Koson (69,3) tumanlarida viloyatning asosiy sug‘oriladigan maydonlari mujassamlashgan. Hududda chetdan keltiriladigan suvlarga Amudaryodan Qarshi bosh kanali va Zarafshondan Eskianhor kanalining olayotgan suvlari misol bo‘la oladi. Chetdan keltiriladigan suvlar hisobiga sug‘oriladigan maydonlarni o‘rganishda 1980-2001 yillar ma’lumotlaridan foydalandik. Amudary suvi hisobiga sug‘orilayotgan hududlarning eng kichik qiymati ham mahalliy suvlar hisobiga sug‘orilayotgan maydondan ancha (194,2 ming ga) katta. Amudaryo suvi hisobiga eng katta sug‘oriladigan (335,45 ming ga) maydon 1995 yilga to‘g‘ri keladi, shu yili manbaadan 4182 mln m3 suv olingan. Eng ko‘p (4711,4 mln m3) suv olingan yilda esa 331,7 ming ga maydon sug‘orilgan. Manbadan eng kam 3272,8 mln m3 suv olingan yili (1982 yil) 238,03 ming ga yer sug‘orilgan. Hisob davrida eng kichik sug‘orilgan maydon (194,2 ming ga) 1980 yilga to‘g‘ri keldi. Xuddi shu yili 3284,6 mln m3 suv olingan. 1980 yilda sug‘oriladigan maydon 194,2 ming ga ni tashkil etgan bo‘lsa, 2001 yilda sug‘oriladigan yerlar maydoni 122,7 ming ga ko‘paydi. Lekin paxta maydonlari 1980 yilda umumiy sug‘orilgan maydonining 58,5% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yil 47,5%, 1995 yilga kelib 37,6 ga qisqargan. 1990 yildan mamlakatimiz mustaqillikka erishgach paxta yakka hokimligiga chek qo‘yildi. Shuning uchun 1990-95 yillar oralig‘ida qariyib 10% ga kamaydi. Zarafshon suvi hisobiga sug‘orishga olinayotgan suv va sug‘oriladigan maydonlarni ham o‘rganib chiqdik. Unga ko‘ra 1982 yil eng ko‘p (5,38 ming ga) maydonni sug‘orish uchun 253,4 mln.m3 suv ishlatilgan. 568,3 mln.m3 ya’ni eng ko‘p olingan yilda esa 49,7 ming ga yer sug‘orilgan. Hisob davridagi eng kam (266,3 mln.m3) suv olingan yilda (2000 y) 419 ming ga yer sug‘orilgan. Olingan natijalardan shu narsa aniq bo‘ldiki, viloyatda suvdan tejab-tergab foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan. Chunki, 53,8 ming ga yerga-253,4 mln.m3 suv ishlatilgan bo‘lsa, 41,9 ming ga 266,3 mln.m3 suv sarflangan. Eng kam suv olingan yili bilan maksimal qiymatdagi sug‘orish maydoniga sarflangan miqdorlar orasidagi farq ancha sezilarli darajadadir. Zarafshon suvi hisobiga sug‘orilayotgan maydonning 61,4% i (1980 y) paxta maydoniga to‘g‘ri keladi. Bu miqdor 1985 yil 53,3%, 1990 yil 46,4%, 1995 yilda esa 36,5% ni tashkil etdi. Umuman 1995 yilga kelib, 1980 yilga nisbatan sug‘oriladigan maydonlar 12% ga qisqargan. Bu qisqarishni paxta maydonlarining kamayganligi bilan izohlash mumkin. Suv resurslaridan samarali foydalanishning asosiy omillaridan biri “qo‘shnichilikni” yo‘lga qo‘yishdir. O‘rta Osiyoda suv resurslarining asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondagi abadiy muzliklar va qorlar hisobiga ta’minlanadi. Qashqadaryo viloyati respublikamizning asosiy qishloq xo‘jaligi rayonlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish xususan 1950-1970 yillarda avj oldi. Ayni shu yillarda Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi, bu yerda sug‘orish infratuzilmalarining qurib ishga tushirilishi paxtachilikka ixtisoslashgan tuman va xo‘jaliklarni rivojlanishiga olib keldi. Qarshi cho‘lida ayniqsa o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab sug‘oriladigan yerlarning maydoni tez kengaytirildi va hozirgi paytda sug‘oriladigan yerlar hududning 25-30% ini tashkil etadi. Cho‘lning sug‘oriladigan yerlaridagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonida tabiatga moddalarning kirib kelishi yoki moddalar miqdorining ortishi, landshaftlarning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bu ta’sirlar landshaftlarda qaytmaydigan o‘zgarishlarga olib keladi. XX asrning ikkinchi yarmida bunyod etilgan Qarshi Bosh kanali va 14-suv omborining qurilishi voha dehqonchiligida katta ahamiyat kasb etdi. Bu sug‘orish inshootlari hududida sug‘oriladigan yerlar maydonining jda tez kengayib borishiga sabab bo‘ldi va sug‘oriladigan hududlarning maydoni ham kengaydi. Sug‘orish quruq va issiq iqlimli sharoitlarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olishning eng samarali usuli bo‘lib qolmasdan tabiiy landshaftlarning o‘zgarishidagi eng kuchli omillardan biridir. Landshaftlarning o‘zgarishi ularning komponentlarini muyyan o‘zgarishi bir paytda sodir bo‘ladi; dastavval komponentlar (nabotot va hayvonot olami), so‘ngra esa nobiotik komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirning mavjudligi tufayli (tuproq, gidrologik rejim, iqlim, relef) o‘zgaradi. Komponentlardan birortasining o‘zgarishi albatta boshqa qolgan komponentlarning o‘zgarishiga ham olib keladi va pirovardida butun landshaft o‘zgaradi. Yangi hosil bo‘lgan landshaft inson tomonidan boshqarilib tuzilishi sababli tub landshaftlardan farq qiladi. Antropogen ta’sir tufayli landshaftda modda va energiya oqimining o‘zgarishi sodir bo‘ladi va buning natijasida landshaft komponentlari orasidagi issiqlik suv va boshqa balanslarning tabiiy nisbati o‘zgaraddi. Bu o‘zgarishlar qaytadigan va qaytmaydigan sajiyada bo‘lishi mumkin. Qarshi cho‘lining sug‘orilayotgan hududlarda landshaftlarning o‘zgarishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, insonning xo‘jalik faoliyatida, ta’sirida nafaqat bevosita antropogen landshaftlar, balki ularga tutashgan yaqin atrofdagi landshaftlar ham o‘zgaradi. Tuproqlarda nam darajasining ortishi yoki ortiqcha suvlarning tushishi sababli foydalanilayotgan va ularga tutash bo‘lgan landshaftlarda ham biogeosenozlarning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Ayni paytda o‘zgargan landshaftlarda yangi unsurlar (masalan, ixotazorlar) ham vujudga keladi. Qarshi cho‘lida sug‘oriladigan hududlar mezorelefining asosiy xillarini allyuvial, gumbaz yoki qiya tekisliklar, daryo vodiysi va uning terassalari, detasi va konussimon yoyilmalari tashkil etadi. Hududni sug‘orishga tayyorlash davrida va undan foydalanishda relefda bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Qarshi cho‘lining yangitdan sug‘oriladigan tuproqlarning zichlashuvi va cho‘kishi natijasida yuzaning deformatsiyasi (relef shaklining o‘zgarishi) sodir bo‘ladi. Cho‘lning Toshkent siklida joylashgan yassi va kuchli parchalangan yerlarda cho‘kish chuqurligi 0,5-0,15 m dan 1,0 m gacha bo‘ladi. Ammo sug‘oriladigan cho‘kish izlari har yili ishlov berilishi sababli deyarli tekislanadi va shu bois ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Qarshi cho‘lining qadimdan sug‘orilib kelinayotgan yerlari uzoq vaqtlardan buyon sug‘orilishi tufayli relef kuchli o‘zgargan. Bunday joylarda nafaqat mikrorelef balki mezorelef shakllari ham o‘zgargan. Relef shakllarining turli darajada o‘zlashtirilishi sug‘orish suvlaridan noto‘g‘ri foydalanish va agrotexnika usullarining noto‘g‘ri tadbiq etilishiga bog‘liq holda jarlar hosil bo‘lishi, sug‘orish eroziyasi, karst-suffoziya kabi jarayonlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, lyossimon jinslar bilan qoplangan prolyuvial tekislikda sug‘oriladigan yerlardan oqib chiqadigan suvlar kichik jarlarni hosil qiladi. Jarlar hozirgi paytda deyarli barcha sug‘orilayotgan yerlarda vujudga kela boshlagan. Jarlarning yangitdan sug‘orila boshlagan hududlarida vujudga kelishi zovur drenaj tarmoqlarining barpo etilishiga bog‘liq. Qarshi cho‘li doirasida zovur drenajlarning qazilishiga bog‘liq holda hududning erozion holati ham o‘zgaradi. Eroziya bazasi chuqurlashadi. Bu yerda zovurlarning chuqurligi eroziya bazasi bo‘lib xizmat qiladi va jarlarning hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi. Sug‘orilayotgan yerlar uchun shuningdek suffoziya jarayonlari ham xos. Ular cho‘l hududida turli shakllardagi va kattalikdagi chuqurlar va voronkalar ko‘rinishiga ega. Suffoziya shakllarini mahalliy aholi o‘pqon deb ataydilar. Suffoziyaning vujudga kelishi eruvchan tuzlarning kimyoviy va mexanik yuvilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘pqonlarning diametri 50-70 sm dan 2-1 m gacha, chuqurligi esa 1 m dan 3 m gacha yetadi. Qarshi cho‘lining yangitdan sug‘oriladigan yerlarida relefning irrigatsiya shakllari kanallar va zovurlar yaqinidagi tepaliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar ham mikrorelef shakllarini o‘zgartirgan, ya’ni sug‘orish natijasida birlamchi relef shakllariga aylangan. Ammo bu o‘zgarishlar uzoq muddatli emas va vaqt o‘tishi bilan asta-sekin tekislanib boradi. Medorelefning shakllari, tog‘ jinslarining tarkibi hamda sug‘orish texnikasiga bog‘liq holda Qarshi cho‘lining sug‘oriladigan yerlarida ikki asosiy shaklni ajratish mumkin. irrigatsiya-erozion mikrorelefi shakllari irrigatsiya-akkumulyativ mikrorelef shakllari Landshaft komponentlari orasida iqlim inson faoliyati ta’siri ostida kamroq o‘zgaradi. Insonning iqlimga ta’siri sug‘oriladigan yerlarda atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida mateorologik rejimning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Cho‘l sharoitida quyosh radiatsiyasining katta miqdori (tuproq namligi kam bo‘lgan sharoitlarda) tuproq yuqori qatlamining anchagina isishiga issiqlik turbulant harakati va nurlanishning samarali bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproqning faol qatlamiga singan deyarli barcha issiqlik samarali nurlanishga va atmosfera bilan turbulant issiqlik almashuviga sarf bo‘ladi. Tuproq faol qatlamini sug‘orishda namlanish quyoshdan keladigan issiqlikni qayta taqsimlanishiga olib keladi. Yutilgan radiatsiyaning issiqlik oqimi samarali nurlanish va bug‘lanishga sarflangan issiqlik bilan to‘diriladi. Bug‘lanish tuproq yuzasi haroratining cho‘lini o‘zlashtirilmagan yerlardagiga nisbatan ancha pasaytiradi. O‘zlashtirilmagan yerlarda radiatsiya balansini tashkil etuvchilarning kunlik yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Quruq hududlarda issiqlikning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, cho‘l sharoitlarida kunduzgi soatlarda radiatsiya balansi atmosfera bilan turbulant issiqlik almashuviga (80%) va tuproqqa singadigan issiqlik oqimiga (20 %) sarflanadi. Bu sharoitlarda issiqlik bug‘lanishga sarflanmaydi. Sug‘oriladigan paxta dalasi sharoitlarida kunduzgi soatlarda radiatsiya balansi 40% gacha oshadi va bug‘lanishga sarflanadi. Bu sharoitlarda tuproqqa singadigan issiqlik oqimi ( radiatsiya balansining 15% i) bevosita yer yuzasi atmosferaning issiqlik oqimi orqali to‘ldiriladi. Sug‘orishda suv, radiatsiya va issiqlik balanslarining o‘zgarishi o‘z navbatida sug‘oriladigan hududlar ustida o‘ziga xos iqlim va mikroiqlim xususiyatlarini shakllantiradi. O.M.Chelpanovaning ma’lumotlariga ko‘ra (1963), mayda havoning o‘rtacha oylik haroratlarining tafovuti 1,70, absolyut namlikning tafovuti 2-3 mb.ni tashkil etadi. Iyul-avgustda bu tafovutlar eng katta bo‘lib 3,0-3,30 va 5-6 mb ga teng. Sug‘orishning ta’siri haroratning kunlik yo‘nalishida ancha sezilarli. Kunduz kuni havo harorati vohalarda taqriban 2-30 ga pastroq ammo juda issiq ob-havo davrlarida bunday tafovut 10-150 darajaga yetadi. Nisbiy namlik ko‘rsatkichlarining eng katta farqi (25-30%) voha, cho‘l orasida kechqurun kuzatiladi, kundz kunlari baravarlashadi. Sug‘oriladigan yerlarda sug‘orish ta’sirida atmosferaga qaytadigan umumiy issiqlikning umumiy oqimi kamayadi, shamollarning rejimi kamayadi, tuproq va havoning namligi ancha oshadi, ularning harorati esa biroz pasayadi. Ayni paytda katta maydonlarning sug‘orilishi vegetatsiya davridagi issiqlik resurslarining kamayishiga olib keladi. L.N.Babushkinning (1971) hisoblariga qaraganda bug‘lanishga sarflanadigan issiqlikning ortishi tufayli faol haroratlarning jami 7-11% ga, samarali haroratlarning jami esa 10-15% ga kamayadi. Hozirgi paytda agroiqlimshunoslikda vohalarda harorat va namlikni aniqlash uchun S.A.Sapojnikova (1952) taklif etgan mikroiqlim tuzatishlari keng qo‘llaniladi. Bu tuzatishlarni tahlili uzunligi 3 km dan ziyod bo‘lgan vohalarda vegetatsiya davridagi (IV-XI) havo haroratining jami cho‘ldagiga nisbatan 4000 ga kam bo‘lishini ko‘rsatadi. Uzunligi 3 km dan kam bo‘lgan vohaning samarasi ham kamroq apreldan noyabrga qadar o‘rtacha ijobiy kunlik haroratining jami, ularda cho‘ldagiga nisbatan 3000 ga kam. Shu asosda aytish mumkinki, Qarshi cho‘li doirasida sug‘orish vegetatsiya davrida issiqlik resurslarining taqriban 350-5500 ga kamayishiga olib keladi. Sug‘orish sizot suvlari rejimiga ayniqsa katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir dastavval hududning tabiatan mujassamlashgan gidrogeologik vaziyatining buzilishida namoyon bo‘ladi. Sug‘orish natijasida sizot suvlarining to‘yinishi kuchayadi, ularning sathi ko‘tariladi, zovurlar yetishmagan va agrotexnika qoidalari buzilgan hollarda tuproqlarning sho‘rlanishi va botqoqlanishi sodir bo‘ladi. Qarshi cho‘li sharoitlarida sug‘orish hududning gidrogeologik jihatdan berkligi, tuproq-grunt qatlamlarida va sizot suvlarida tuzlarning katta qismi sizot suvlari sathining nafaqat ko‘tarilshiga, balki sizot suvlarining minerallashuv darajasidagi sifat o‘zgarishlariga ham olib keladi. Qarshi cho‘lining bo‘z tuproqlar zonasidagi sug‘orilayotgan yerlarda sizot suvlarining balandroq joylarida 5-25 g/l gacha yetadi. Shunday ilib, Qarshi cho‘lining sug‘orilayotgan yerlarida sug‘orish sizot suvlari tabiiy jarayonlarining buzilishiga, ularning zahiralari va minerallashuv darajasining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Sug‘orilayotgan yerlarda relef, gidrologik, gidrogeologik va boshqa sharoitlarning o‘zgarishi tuproq hosil qiluvchi jarayonlarining va pirovardida tuproqlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Qarshi cho‘lidagi kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, sug‘orish tufayli tuproqlarning fizikaviy xossalari, kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarning kechishi jadalligi, organik moddalarning yemirilishi va to‘planishi o‘zgaradi. Sug‘orish jarayonida tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning o‘zgarishi va yangi tpuroq turlarining vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Tuproqlardagi o‘zgarishlar ayniqsa qadimdan sug‘orilib kelinayotgan yerlarda yaqqol ifodalangan. Uzoq vaqt davomida sug‘orish tufayli ularda agroirrigatsiya yotqiziqlari hosil bo‘ladi, deb tuproqlardan hosil bo‘ladigan va farq qiladigan madaniy voha tuproqlari uchun qalinroq chirindili qatlam, tuproq profilida chirindi va umumiy azotning tekis taqsimlanishi xosdir. Agroirrigatsiya yotqiziqlarining hosil bo‘lishi tufayli tuproqlarning og‘irlashuvi sodir bo‘ladi, chirindili qatlamning qalinligi oshadi. Sug‘oriladigan yerlarda tuproqlarning yuqori qismi katta o‘zgarishlarga uchraydi, haydaladigan gorizont osti qatlamida sug‘orish ta’sirida suv o‘tkazuvchanlik bir necha o‘n baravar kamayadi. Bunday holat esa suvning pastki qatlamlarga singishiga to‘sqinlik qiladi. Qarshi cho‘lini kompleks o‘zgartirish va sug‘orishning boshlanishi bilan bu gidrogeologik ahvol keskin o‘zgardi. Chunki tuproq hosil bo‘lish jarayonida sizot suvlari bilan birgalikda sug‘orish suvlari ham ishtirok eta boshladi. Buning natijasida tuproq qoplami ham o‘zgardi. Hozirgi paytda Qarshi cho‘lining cho‘l va bo‘z tuproqlar mintaqalarining sug‘oriladigan yerlarida madaniy voha tuproqlarining turli xillari hosil bo‘lgan. Qarshi cho‘li tuproqlarini qiyosiy-analitik metod yordamida o‘rganish sug‘orish melioratsiyalari ta’siri ostida cho‘l sharoitlarida vujudga kelgan tuproqlarning anchagina o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlar dastavval gumus qatlamining ko‘payishi va chuqurlashuvida, karbonatlarning faollashuvida, olib borilishida, qiyalashuv jarayonlarining rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Sug‘orish natijasida dezogregatsiya darajasi oshadi. Dezagregatsiya jarayonining oshishi tuproq profilidagi granulometrik tarkib faol loyqa (il) miqdorining ko‘payishida ifodalanadi. Ayni paytda tuproqlarning fizikaviy va suv-fizikaviy xossalarining yomonlashuvida (ularning tuzilmasi buziladi, zichligi va bo‘rtishi ko‘payadi, tuproqlarning ishqorligi oshishi kuchayadi, singdirish sig‘imi kamayadi va singdirilgan kationlar tarkibida almashuv natriyi ko‘payadi). Bu barcha o‘zgarishlar cho‘l landshaftlarining hosildorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘orish natijasida o‘ziga xos tuproq hosil bo‘lish jarayonlari rivojlanadi. Cho‘lning avtomorf tuproqlari uchun tuchlarning ellyuviylashuvi silikat qismining buzilishi, profilning zichlashuvi almashuv natriyining ko‘payishini ta’kidlash lozim. Sug‘oriladigan yerlarda o‘simlik qoplami kuchli darajada o‘zgaradi. Tabiiy o‘simlik qoplamidagi o‘simliklarning aksariyat katta qismi yerla ishlov berish tufayli yo‘qotiladi va ularning o‘rnida yerning katta qismida madaniy ekinlar (agrobiotsenozlar) o‘sadi. Umuman sug‘oriladigan yerlarda turlariga ko‘ra o‘simlik dunyosi keskin qashshoqlashadi. Sizot suvlariningko‘tarilishi, tuproqlarning gidromorflashuvi sababli bevosita sug‘orilmaydigan, ammo sug‘oriladigan yerlarga tutashgan hududlarda ham o‘simlik turlari tubdan o‘zgardi. Qarshi cho‘lining sug‘oriladigan yerlarida va ularga tutash hududlarda tuproqlarning sernamlashuvi va sho‘rlanishining ortishiga moslashuv kuzatiladi. Sug‘oriladigan uchastkalarda qo‘ytikan, oqquray, ko‘kmaraz, ituzum, g‘umay kabi agrotsenozlar uchun begona hisolanadigan o‘tlar tarqala boshlaydi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun ajriq ayniqsa katta zarar keltiradi. Shuniki xoski, tuproqlar chuqur haydalmasligi sababli ajriqlarning ko‘payishi uchun qulay sharoitlar vujudga keladi. Sug‘orilayotgan hududlarning bevosita foydalanilmaydigan yerlarida esa botqoqlar, sho‘rhoklar va to‘qaylarning o‘simlik vakillari keng tarqalgan. Botqoq o‘simliklari sizot suvlari sathi yer yuzasida yaqin joylashgan yerlarda zovurlar yaqinida, daryo deltasida tarqalgan bo‘lib, ularning asosiy o‘simlik turini qamish hosil qiladi. O‘simliklarning sho‘rhok tipi qayta sho‘rlanish tufayli muayyan paytda sug‘orilmayotgan partov yerlarda, bevosita sug‘orilayotgan yerlar atroflarida tarqalgan (Savazar, keyrovuk, sho‘ra, baliqko‘z va quyonjun). Qarshi cho‘lida to‘qay o‘simliklari unsurlarini ancha katta maydonlarda uchratish mumkin. Ulardan ayniqsa yontoq, yulg‘un kabi chalabutalar keng tarqalgan. Bevosita sug‘oriladigan yerlarda va ularning atroflarida ekologik sharoitlarning tubdan o‘zgartirilishi sababli hayvonot olamining dastlabki tarkibi ham ancha o‘zgargan. Qarshi cho‘lida umurtqali hayvonlarning 200 dan ziyod turi tarqalgan. Ulardan faqat 60 turiga mansub bo‘lgan hayvonlar o‘troq hayot kechirishadi. Ularga hashoratxo‘rlarning 4 turi, qo‘lqanotlilarning 1 turi, kemiruvchilarning 14 turi, yirtqichlarning 5 turi, tuyoqlarning 1 turi, qushlarning 10 turi, sudralib yuruvchilarning 20 turi, suv quruqlikda yashaydiganlarning 2 turi kiradi. Qarshi cho‘lida tarqalgan 20 dan ziyodroq turga mansub bo‘lgan hayvonlardan ov qilish, mo‘yna olish, zahar yig‘ish uchun foydalanish mumkin. Qarshi cho‘lida inson hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (kasallik tarqatadigan) virusli, mikrobli va umurtqasiz sodda hayvonlar ham keng tarqalgan. Bular jumlasiga irodoided, Datasoided, Trombisulided kanallari, Anoples pashshalari hamda moskitlar kiradi. Yerlarni tekislash, haydash, sug‘orish, mineral o‘g‘itlardan foydalanish va boshqa qishloq xo‘jalik ishlari tufayli hayvonlarning yashash sharoitlari buzilgan. Buning natijasida reptiliyalar, kemiruvchilar va hashoratxo‘rlarning katta qismi halok bo‘ladi. Ayrim kemiruvchilar (sichqon, yumronqoziq, ko‘rsichqon va b.) yangi sharoitlarga moslashgan holda yo‘l yoqalarida, dambalarda, ariq va zovurlarning yonbag‘irlarida uya (in) qurishadi, ovlash uchun ahamiyatli bo‘lgan ko‘rsok, cho‘l mushugi va boshqalar o‘zlashtirilmagan hududlarda migratsiya qilishgan. O‘zlashtirilgan joylarning ornitafaunasi tarkibida ham ancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bevosita uya quradigan qushlar (so‘fito‘rg‘ay, quzg‘un va b.) sug‘oriladigan yerlarni tark etib, suv havzalari, ekinzorlar, sohilbo‘yi o‘simliklari, aholi manzilgohlari bilan bog‘liq bo‘lgan qushlar soni ko‘paygan. Shunday qilib, landshaftlarning antropogen dinamikasi tub landshaftlarning o‘rniga o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, biologik mahsuldorligi oshirilgan antropogen landshaftlarning o‘ziga xos turlari vujudga kelgan. Sug‘oriladigan yerlarda tabiiy landshaftlarning o‘zgarishi va antropogenlashuvi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Landshaftlarning sug‘orish melioratsiyali (antropogen omillar) ta’sirida o‘zgarishi dastavval biotik komponentlar, so‘ngra abiotik komponentlarning o‘zgarishi pirovardida butun tabiat majmuasini o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli Qarshi cho‘lining hozirgi landshaftlari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida ancha kuchli o‘zgartirilgan tabiiy-xo‘jalik ishlab chiqarish komplekslaridan tarkib topgan. Landshaftlarning antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishini Qarshi cho‘lidagi xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu yerda tabiiy kompleslrining o‘zgarishi faqat u yoki bu komponentning o‘zgarishi natijasi bo‘lib qolmasdan, komponentlar orasidagi, qolaversa morfologik qismlar orasidagi modda va energiya almashishi bilan ham bog‘liqdir. Boshqacharoq aytganda, landshaftlardagi vertikal va gorizontal aloqadorlikning o‘zgarishi landshaftlarning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi paytda geografiya fanlarida inson faoliyati tufayli tuzilmasi kuchli o‘zgargan landshaftlar antropogen landshaftlar deb nom olgan (“antropogen landshaft” atamasini birinchi bor rossiyalik geograf A.D.Gojev tomonidan 1930 yilda qo‘llanilgan). F.N.Milkov antropogen landshaftga “inson tomonidan yangitdan yaratilgan va shuningdek inson ta’sirida har qanday komponenti, shu jumladan hayvonot dunyosi bilan tubdan o‘zgartirilgan tabiat komplekslaridir” deb ta’rif beradi. Qishloq xo‘jaligi tufayli vujudga kelgan landshaftlar agrolandshaftlar deyiladi. Agrolandshaftlarni sug‘orish bilan bog‘liq holda vujudga kelgan o‘ziga xos landshaftlarni voha deb atalishi ajdodlarimizning leksikoni bilan bog‘liq. Bunday landshaftlarni L.N.Babushkin va N.A.Kogay sug‘oriladigan yerlarning landshaftlari, F.N.Milkov vohalar landshaftlari, F.N.Chexladze esa irrigatsion landshaftlar deb ataydi. Hozirgi paytda ko‘pgina geografik adabiyotlarda “agroirrigatsion landshaftlar” atamasi keng qo‘llanilmoqda. Download 447 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling