O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi mirishkor tumanida qishloq xо‘jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari bitiruv malakaviy ish
Download 447 Kb.
|
mirishkor tumanida qishloq xojaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
MIRISHKOR TUMANI QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
XULOSA VA TAKLIFLAR Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tuman qishloq xо‘jaligi tarmoklari tuzilmasini tahlil qilish asosida qishloq xо‘jaligining barcha tarmoqlaridan okilona foydalanish samaradorligini oshirishning geografik jihatlari bо‘yicha qilingan malakaviy bitiruv ishimizdan quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqish imkonini berdi: 1. Qashqadaryo viloyatning yer fondi 97,6 % idan asosiy ishlab chiqarish fondlari sifatida foydalaniladi. Boshqacha qilib aytganda, tumanda mavjud yerlarning asosiy qismi qishloq xо‘jalik va о‘rmon xо‘jaligi yerlari hisoblanadi. Bu tuman qishloq xо‘jalik salohiyatining yuqoriligidan va geografik jihatdan joylashuvining о‘ziga xosligidan dalolat beradi. 2. Mustaqillik yillarida viloyat yer fondining umumiy hajmi sezilarli darajada о‘zgarmagan bо‘lsada, uning tarkibida bir muncha о‘zgarishlar yuz berdi. 1990 – 2010 yillarda qishloq xо‘jaligi yerlarining umumiy hajmi 22,9 ming gektarga yoki 0,9 foizga qisqardi. Bu qisqarish о‘rmon xо‘jaligi, aholi punktlari, sanoat, tarnsport, mudofaa va boshqa maqsadlarga belgilangan yerlarning ham mutloq, ham nisbiy miqdorda о‘sganligi bilan ham bog‘liq. Xususan, mazkur davr mobaynida о‘rmon xо‘jaligi yerlari 18,1 ming gektarga yoki 7,0 % ga, aholi punktlari yerlari 8,7 ming gektarga yoki 33,3 % ga о‘sdi. 3. Qishloq xо‘jaligi yerlarining hajmi yer maydonidagi ulushi tumanlar bо‘yicha bir – biridan sezilarli darajada farq qiladi (Mirishkor tumanida 98,6 % gacha). Bunday tafovutning mavjudligi ma’muriy – hududiy birliklarning urbanizatsiyalashganlik va о‘rmon xо‘jaligi yerlari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan bog‘liq. 4. Mirishkor tumani qishloq xо‘jalik yerlari tarkibini tahlil qilish natijalari shuni kо‘rsatadiki, uning asosiy qismi yaylovlar hissasiga tо‘g‘ri keladi. Mazkur turdagi yerlarning jami qishloq xо‘jaligi yerlaridagi salmog‘i 2010 yilga kelib bu kо‘rsatkich 71,5 foizga teng bо‘ldi. Tuman qishloq xо‘jaligida haydaladigan yerlar о‘ziga xos muhim ahamiyatga ega bо‘lib, uning hajmi qishloq xо‘jaligi yerlaridagi ulushi 18 % ni tashkil qiladi. Haydaladigan yerlarning 2010 yilda 100%i sug‘oriladigan yerlar hisobiga tо‘g‘ri keldi 5. Islohotlar yillarida tuman qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etishning yangicha shakllari paydo bо‘ldi va qishloqda mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Buning natijasida yerdan foydalanuvchilarning tarkibi tubdan о‘zgardi. Xususan, sо‘nggi uch yil davomida jamoa va shirkat xо‘jaliklarida biriktirilgan yerlar hajmi 96,7 % ga, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlar hajmi 98,7 % ga qisqargan bо‘lsa, fermer va dehqon xо‘jaliklari tasarrufidagi yerlar hajmi о‘sish tendensiyasiga ega bо‘ldi. Mirishkor tumanida 857 ta fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi, ularga 89940 ga yer maydoni ajratilgan. Har bir fermer xo’jaligiga o’rtacha 105 ga yer maydoni to’g’ri keladi. 6. Tuman qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirishda viloyatda o’ziga xos o’ringa ega. Jumladan, viloyat paxtasining 13,5 %i, g’allasining 14,2 %i, poliz mahsulotlarining 11,0 %i shu tumanga to’g’ri keladi. 6. Tuman yer resurslari sifatini yaxshilash va tiklash uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi chora – tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq; - almashlab ekish tizimini amalda keng joriy etish; - urug‘chilik va seleksiya ishlarini tuproq sifatini tiklovchi va unga zarar keltirmaydigan yo’nalishlarga qaratish; - ekinlarni optimal о‘g‘itlash va bunda ilmiy asoslangan, mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqib meyorlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; - ilg‘or irrigatsiya texnologiyalarini qо‘llash; - yerlarga ishlov berishning zamonaviy uslublariga e’tiborni qaratish; - yopiq – yotiq drenajlar о‘tkazish va mavjud drenajlarni holatini nazorat qilib borish; - yaxob suvlari berish, yer osti sizot suvlarini va shо‘rlanish darajasini pasaytirish va hokazolar. 7.Bizning fikrimizcha, fermer xо‘jaliklarida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi quyidagi chora – tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - fermer xо‘jaliklarini faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat kо‘satish sohalarini, tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish; - fermer xо‘jaliklariga ajratib berilayotgan yerlardan foydalanishda, ekinlar tarkibini tanlashda qonunchilikda kо‘zda tutilgan erkinliklarni tо‘liq ta’minlash; - yerdan foydalanish samaradorligini oshirganligi va yerlarning meliorativ va holatini yaxshilaganligidan fermer xо‘jaliklarining manfaatdorligini oshirish; - fermer xо‘jaliklarini davlat tomonidan qо‘llab – quvvatlash tizimini takomillashtirish; - fermerlarni bilim va kasbiy mahoratini tayyorgarligini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yo’lga qо‘yish va boshqalar. 8. Qishloq xo’jaligining chorvachilik hamda yordamchi xo’jaliklar - pillachilik, sabzavotchilik, meva-uzumchilik, polizchilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirish, shu asosda qo’shimcha ish o’rinlarini tashkil etish. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalarni hayotga tadbiq etish kelajakda Mirishkor tumani qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish va shu asosda qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish imkonini beradi hamda bu mintaqa milliy bozorni iste’mol mollari bilan ta’minlashda, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Download 447 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling