O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi mirishkor tumanida qishloq xо‘jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari bitiruv malakaviy ish


II BOB. MIRISHKOR TUMANI QISHLOQ XO’JALIGI IXTISOSLASHUVI VA RIVOJLANISHI


Download 447 Kb.
bet5/10
Sana17.01.2023
Hajmi447 Kb.
#1097215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mirishkor tumanida qishloq xojaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari

II BOB. MIRISHKOR TUMANI QISHLOQ XO’JALIGI IXTISOSLASHUVI VA RIVOJLANISHI
2.1. Quyi Qashqadaryo sug‘oriladigan yerlaridan qishloq xo’jaligida foydalanishning о‘ziga xos xususiyatlari
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi va qishloq xо‘jaligini rivojlantirishning asosiy yо‘llaridan biri bu yer resurslaridan okilona foydalanish va uni muhofaza kilishdan iborat. Bu muammo siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Uni hal etish maksadida qabul qilingan farmonlar, konunlar va boshka meyoriy hujjatlar yer munosabatlarini qanday tashkil etish, yerga qanday munosabatda bо‘lish zarurligini kо‘rsatib berdi.
2008 yil 1yanvar holati bо‘yicha viloyat jami qishloq xо‘jaligiga yaroqli yerlarining 45.9 foizi, sug‘oriladigan yerlarining 65.5 foizi, haydaladigan yerlarning 44.5 foizi Quyi Qashqadaryo mintaqasi (Kasbi, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Qarshi tumanlari) hissasiga tegishli bо‘lgan. Shuningdek tahlillar shuni kо‘rsatadiki, viloyat sug‘oriladigan yerlarning qishloq xо‘jaligi yerlaridagi ulushi 22.3 foizga teng bо‘lgani holda, mintaqa tumanlarida bu miqdor 31.9 foizni tashkil etganligini kо‘rishimiz mumkin. Bu kо‘rsatkich ayniqsa viloyat sug‘oriladigan yerlarining haydaladigan yerlardagi ulushida yanada yaqqolroq namoyon bо‘ladi (mos ravishda 62.2; 94.3 %). О‘z navbatida Quyi Qashqadaryo mintaqa tumanlari miqyosida ham yuqoridagi kо‘rsatkichlar turlicha. Masalan, sug‘oriladigan yerlarning qishloq xо‘jaligi yerlaridagi ulushi Kasbi (91 %) tumanida eng yuqori bо‘lib, tuman yer resurslaridan nihoyatda intensiv foydalaniladi. Shuningdek Qarshi (66.8 %) va Koson (46.0 %) tumanlarida ham bu kо‘rsatkich katta. Aksincha Muborak (12.8 %), Mirishkor (21.0 %), Nishon (35.0 %) tumanlarida sug‘oriladigan yerlar salmog‘i ancha past. Bunga ushbu tumanlar maydonining asosiy qismini yaylovlar band etganligi sabab bо‘lgan.
QASHQADARYO VILOYATI YER RESURSLARI (2008 yil 1yanvar holati)



Tumanlar nomi

Qishloq xо‘jaligiga yaroqli yerlar ga.

Haydaladigan yer ga.

Jami

Shundan sug‘oriladigani

Sug‘oriladigan yerlarning qishloq xо‘jaligi yerlaridagi ulushi (%)

Jami

Shundan sug‘oriladigani

Sug‘oriladigan yerning haydaladigan yerlaridagi ulushi (%)

1

Kasbi

51099

46323

91.0

44452

44452

100.0

2

Koson

143660

66136

46.0

73117

61234

83.7

3

Qarshi

64817

43325

66.8

43944

40804

92.8

4

Mirishkor

276826

58247

21.0

55066

55066

100.0

5

Muborak

250216

32104

12.8

33355

31375

94.0

6

Nishon

153468

53650

35.0

51718

51683

99.9


Download 447 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling