O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi mirishkor tumanida qishloq xо‘jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari bitiruv malakaviy ish


Download 447 Kb.
bet8/10
Sana17.01.2023
Hajmi447 Kb.
#1097215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mirishkor tumanida qishloq xojaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari

MIRISHKOR TUMANI YER FONDI


Ulchov birlik

2007 yil

2008 yil

2009 yil

2010 yil

Mavjud umumiy yer maydoni

ming ga.

313,0

313,0

313,0

313,0

Jami k/x korxona va tashkilotlari
















egalik kilgan xamda vaktincha
















foydalanadigan yer maydoni

ming ga.

306,5

306,5

306,5

306,5

shundan:
















xaydalanadigan yerlar

ming ga.

55,1

55,1

55,1

55,4

shu jumladan:
















sugoriladigan yerlar

ming ga.

55,1

55,1

55,1

55,4

Kup yillik daraxtzorlar

ming ga.

1,3

1,3

1,2

1,3

shundan:
















- boglar

ming ga.

0,7

0,7

0,6

0,8

- uzumzorlar

ming ga.

0,3

0,3

0,2

0,2

- tutzorlar

ming ga.

0,3

0,3

0,3

0,3

Yaylovlar

ming ga.

218,3

218,3

218,3

218,5

bundan tashkari
















axoli tomorka yerlari

ming ga.

4,4

4,4

4,4

4,4

8.1. Ekinlar ekilgan yer maydonlari







Jami kishlok xujaligi ekinlari
















ekib foydalanadigan yerlar

ming ga.

55,1

55,1

55,1

55,4

shundan:
















Sugoriladigan yerlar

ming ga.

55,1

55,1

55,1

55,4

shu jumladan:
















- paxta maydoni

ming ga.

23,1

24,7

23,0

24,7

- galla maydoni

ming ga.

24,6

24,3

25,1

24,8

shundan: sugoriladigan yerlarga don
















ekiladigan maydon

ming ga.

24,6

24,3

24,3

24,8



















*Yer resurslari boshkarmasining ma’lumoti buyicha

Mirishkor tumani umumiy yer fondi 313000 gektarga teng bo’lib, uning 29 foizini sug’orma dehqonchilikka asoslangan ekinzorlar tashkil qiladi. Biroq iqlimining quruqligi, yog’inning kam tushishi bu yerda mahalliy suv resurslarining shakillanishiga imkon bermagan ya’ni yer yuzasida doimiy oqimga ega bo’lgan daryolar shakillanmagan. Yer osti suvlari esa minerallashgani uchun sug’orish uchun yaramaydi. Shuning uchun ham tumandagi ushbu sug’oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash maqsadida Qarshi Bosh magistral kanalining Mirishkor sug’orish tarmog’ida belgilangan 2008-yilgi limitiga ko’ra 541,74 mln.m3 suv olinishi rejalashtirilgan. Ana shu suvning 9,2 %i ya’ni 43,3 mln. m3 xo’jalik chegaralariga yetib kelgunicha yuqotilishi ham belgilangan. Amalda esa bu ko’rsatgich birmuncha yuqori bo’lgan, tuman chegarasiga yetib kelgan suv miqdori 53,55 mln. M3 ni tashkil qilgan.


Ma’lumki, O’rta Osiyoning delta tekisliklari azaldan aktiv dehqonchilik va sug’orish zonasi hisoblanadi. Tadqiqot olib borayotgan joyimiz ham ushbu hududning bir qismi hisoblanadi.
Qarshi magistral kanali tarmog’i hisoblangan Mirishkor kanalidan Mirishkor, Muborak, Kasbi va Nishon tumanlari suv oladi. Ana shu tumanlarga tegishli bo’lgan 97857 gektar maydonni suv bilan taminlaydi. Bu hududlarni Ozlashtirishga bog’liq holatda, ilgarigi tabiiy relef shakillari butunlay o’zgargan.
Asosan kuchli sug’orish ishlari olib borilishi natijasida gidrologik sharoitlar tubdan o’zgargan. Sug’oriladigan massivlar va kanallardan sizgan suvlar hisobiga gurunt suvlarining intensiv ko’tarilishi sodir bo’lgan. Hozirgi kunga kelib gurunt suvlarning tarkibi 1-3 m ga teng bo’lib qolgan. Bu suvlar gurunt suvlar sathini ko’tarib qolmasdan balki, ularning minerallashu jarayoniga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan (2-3 g/l). Buning oqibatida bu yerlardagi tuproq hosil bo’lish jarayoni gidromorf lashishga tomon o’zgaradi.
Mirishkor kanali qurilganga qadar yer osti grunt suvlarning sathi 15-25 m chuqurlikda bo’lgan. Kanal ishga tushurilgandan song grunt suv rejimi butunlayo’zgarib ketdi. Sug’orish ishlarining birinchi yillarida kanaldan va sug’oriladigan yerlardan suvning suzishi oqibatida yer osti suvlari katta tezlik bilan ko’tarila boshladi ya’ni yiliga 1-1,5 m/yil, ba’zi joylarda bu ko’rsatgich 2,5 m/yilni tashkil qiladi.
Yengil mexanik tarkibli cho’l qumoq va taqir tuproqli hududlar avtomorf tuproqlar tarkibiga kirgan. Sug’orish oqibatida suv ko’trilishi bilan bu tuproqlar gidromorflashgan tuproqlrga (o’tloq-sho’rxok, botqoq, sh’rxok) aylangan. Tuproq gruntlarining yetarli darajada drenaj qilinmaganligi, yer osti grunt suvlarining kuchsiz harakati sug’oriladigan hududdagi tuproqlarning tuz miqdorining ortib ketishiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra bedaga sarflanadigan suv ning miqdori tumandan to xo’jaliklar chegarasiga yetib kelgunicha 53,55 mln, m3 yoki umumiy olinadigan suvning 6,8 %i tashkil qiladi. Bulardan tashqari paxta dalalariga berilgan suvning bir qismi hosil to’plash uchun transpiratsiyaga sarflansa, qolgan qismi hech qnday naf bermay tuproq yuzasidan bug’lanib ketadi. Olib borilgan kuzatuv ishlari natijalariga berilgan suvning transperatsiyasi jarayonida uchdan ikki qismi sarflangan holda, uchdan bir qismi yer yuzasidan bekorga bug’lanib ketadi. Suvning bu xoldagi isrof bo’lishiga yoki suvning bug’lanib ketishiga butunlay chek qoyish suvni tejab tergab sarflashda eng muhim rezervlardan biri hisoblanadi. Lekin buning uchun sug’orish texnikasini butunlay o’zgartirishga to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda sug’oriladigan dehqonchilikda eng ko’p qo’llanilayotgan agatlar orqali sug’orish usulida dalaga beriladigan suvning 10% qismi bevosita sug’orish jarayonida nobud bo’ladi. Ayniqsa sug’orishdan to kultivatsiya qilishgacha bekorchi suv sarfi juda kattadir. Chunki yer qanchalik nam bo’lsa, u suvni shunchalik ko’p bug’latadi. Shunga ko’ra qator oralariga o’z vaqtida ishlov berish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Lekin sug’orishdan keyin tuproq hamma maydonda ham bir vaqtda yetilmaydi, chunki sug’orish vaqtida agat boylab bir xilda namiqmaydi. Bularning barchasi sug’orishdan keying ishlarning cho’zilishiga olib keladi va tuproqda bekorga sarflanadigan suvni kamaytirishga imkon bermaydi. Suv srfini kamaytirish omillaridan biri sug’orishda suvni yer betiga oqizmay. Uni be’vosita o’simliklarning ildiz sistemasi joylashgan qatlamga berishdan iboratdir. Buning uchun yer ostiga 50 sm chuqurlikka politilen turbalar joylashtiriladi va ular orqali o’simliklar ildiziga suv yuboriladi. Bu usul qgat orqali sug’orishga nisbatan ancha katta iqtisodiy samara beradi va suvni ortiqcha sarflashga xojat qolmaydi. Chunki agatlar orqali sug’orilganda suvchilar agatlarni tartibga solishi, suvni oqimini to’g’irlash boyicha odatdagi ishlarni bajaradi. Sug’orishdan keyin kultivatsiya o’tkaziladi. Bevosita ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan kuzatish natijalariga qaraganda g’o’zani o’stirishga ketadigan qo’l mehnatining 15-20%i sug’orish uchun sarflanadi. Shunga ko’ra suvchilarning ish unumdorligi 1 gektardan oshmaydi. O’qariqlar esa umumiy ekin maydonining 1-2% ini band qiladi. Tuproq orasidan sug’orishda esa agat olishga xojat qolmaydi, faqat suv ochiladi va belgilangan meyordagi suvlari oqib bo’lgach ventlari yopiladi.
Keyingi uch yil mobaynida ularning olib brogan tajribalari natijalariga ko’ra eng qulay sug’orish normasi qo’llanilganda 1 s paxta hosilini yetishtirish uchun sarflangan suv miqdori tuproq orasidan sug’orishda o’rta hisobda 62 m3 ni tashkil qilgan holda, agatlar orqali sug’orilganda shuncha miqdordagi paxta hosilini yetishtirish uchun 131 m3 suv sarflangan. Agatlar orqali sug’orilgan maydonlarda ham o’rtahca hosil (41,7 va 41,8 s) yetishtirish uchun tuproq orasidan sug’orishga qaraganda ikki baravar ko’p suv sarflangan. Bunda eng muhimi sug’orishning bu usulidan foydalanilganda 2 baravar ko’p suv tejaladi. Boshqacha aytganda shuncha miqdordagi suv nilan ikki baravar katta maydonni sug’orish mumkin demakdir. Bu esa suv tanqis bo’lgan cho’l tumanlari uchun muhim.
Mirishkor tumani viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘dib, 2003 yil 6 yanvarda Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan, maydoni 3,1 ming kv.km bo‘lib, viloyat maydonining 10,8 foizini, aholisi 92,0 ming kishi bo‘lib, viloyat aholisining 3,5 foizini, aholi zichligi esa 1 kv.km ga 29,7 kishini tashkil qiladi. Tumanda 12 qishloq fuqarolar yig‘ini bor. Markazi Yangi Mirishkor shaharchasi.
Tuman hududi Qarshi cho‘li zonasida joylashgan bo‘lib, relefi, asosan, tekislikdan iborat. Mirishkor tumani qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik rivojlangan. Tuman ekin ekiladigan yerlar maydoni 58247 ga bo‘lib, viloyat ekin maydonining 8,1 foizini tashkil qiladi. Uning hammasi sug‘oriladigan yerlardir. Tuman qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar 276826 ga bo‘lib, shundan 58247 ga ya’ni, 21 foizi sug‘oriladi. Sug‘oriladigan yerlarning 45 foizi (26,0 ming ga) paxta, viloyat paxta maydonini 15 fozini, 42 foizi (23,7 ming ga) esa g‘alla maydonini, viloyat g‘alla maydonini 10 foizini tashkil qiladi. Tuman suv resurslarini sun’iy sug‘orish inshootlaridan oladi, jumladan, 1970 yilda qurilib ishga tushirilgan Mirishkor kanali hududning asosiy suv manbasi hisoblanadi. Tuman hududida yog’in miqdori 131-227 mm ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda yillik yog’inlarning 90-95 %i noyabr-may oylariga to’g’ri keladi. Shu sababli bu hududda qishloq xo’jalik ekinlaridan faqat sug’orib hosil olish mumkin. Shuningdek tumanda qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish meyori ham ancha katta. Masalan, g’alla ekinlari uchun sug’orish meyori har bir gektar maydonga 7900 m3, ni ko’p yillik o’tlar uchun 10100-10700 m3, sabzavotlar uchun 11100-11200 m3, g’o’za uchun 8300-8500 m3, bog’lar uchun esa 7700-7900 m3 ni tashkil qiladi. Shu sababli barcha quruq iqlim mintaqalaridagi kabi bu yerda ham suv resurslaridan tejamkorona foydalanish tuman xo’jalik tarmoqlarini yanada rivojlantirishning muhim shart va sharoitlaridir.

Download 447 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling