O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
8
-rаsm. Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlanganda (60 kunlik tajribada)
mitoxondriyaning Са
2+
-bilan indusirlangan shishishining o‗zgarishi.
Qo‗shilgan moddalar: 1mkM Са
2+



44 
Farmakoterapiyaning birinchi bosqichida mitoxondriyaning SsА-sezgir porasi 
nisbatan stabil holatga keladi. Bu paytda mitoxondriyalarning shishish tezligi 
davolanmagan hayvonlarga nisbatan 18% ga kamayadi. Olingan ma‘lumotlar 
shundan dalolat berib turibdiki, jigarning geliotrin ta‘sirida zararlanishi vaqtida bu 
moddalarning kuchsiz ta‘sirida mitoxondriyalar membranasida Са
+2
ning transporti 
qayta tiklanadi (9-rаsm).
O‗rganilgan ikkala preparat solishtirilganda neoselenga nisbatan slibor bilan 
davolangan kalamushlarda mitoxondriyalarning Са
2+
ga bog‗liq shishishi sezilarli 
darajada kamayadi. Bu natija davolanmagan hayvonlarnikiga nisbatan 20% ga 
kamligini ko‗rsatadi (9-rаsm).
Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlanishi 90 kun davom ettirilgan 
kalamushlarda olib borilgan tajribalarda SsA-sezgir poralarning fiziologik holati 
o‗rganilganda ham yuqoridagi holatdagi kabi mitoxondriyalarning shishishi 
kuzatilgan. 
Jigarning 
geliotrin 
bilan 
surunkali 
zararlanishi 
vaqtida 
mitoxondriyaning shishish tezligi intakt kalamushlarga nisbatan 50% ga ortgan (6-
rаsm). Patologik holatning ortib borishi bilan o‗zgarishlar jadalligi ham oshib 
boradi, bu shuni ko‗rsatadiki, jigar mitoxondriyalari SsA-sezgir poralari yanada 
ochiq holatga o‗tib boraveradi. Agarda inkubasiya muhitida siklosporin bo‗lsa, 
mitoxondriyalarning Са
2+
ga bog‗liq shishishi barham topadi.
Jigarning geliotrin ta‘sirida surunkali zararlanishini silibor yordamida 
farmakoterapiyasining ikkinchi bosqichida mitoxondriyaning Са
2+
ga bog‗liq 
shishishi davolanmagan hayvonlarga nisbatan 30% ga kamaygan (6-rаsm). 
Olingan natija ushbu preparatning mitoxondriya membranasini stabilashtiruvchi 
ta‘siri mavjudligidan dalolat beradi SsA-sezgir pora darajasida patologik holatning 
rivojlanib ketishini bir muncha yumshatadi. 


45 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling