O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
Download 0,81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
bo„lishini o„rganish
Fe 2+ /askorbat ga bog‗liq lipidlarning perekisli oksidlanishining nofermentativ faollashuvi inkubasiya muhitiga (IM tarkibi: 125 mM KСI, 10mM Tris-НСI, рН 7,5) 10 -5 M FeSO 4 ва 2 . 10 -4 M аskorbat qo‗shish orqаli chaqirildi va 1 ml ajratish muhitida 8 mg oqsil borligi hisoblab topildi. Inkubasiya 37 o С hаrorаtli suv hammomida doimiy aralashtirib turilgan holatda amalga oshirildi. LPO ni GPK (gidroperekis kumol) ning turli konsentrasiya (yuqori konsentrasiya 4 . 10 -3 M) larini qo‗shish orqali chaqirildi. IM da oqsilning konsentrasiyasi taxminan 8 mg/ ml ni tashkil etdi. 0,2 ml 70 % li TXUK qo‗shish orqali reaksiya to‗xtatildi. Shundan so‗ng ushbu namunani 15 minut davomida 6000 g tezlikda sentrifugalandi. Keyin 2 ml qoldiqni ajratib oldik va 1 ml TBK qo‗shdik. Kontrol probirkaga 2 ml suv va 1 ml TBK qo‗shdik. Aralashmani 15 minut davomida qizdirdik. Hosil bo‗lgan malon dialdegidi miqdori molyar ekstinksii koeffisienti (e = 1,56 . 10 5 M -1 sm -1 ) [Бoлдирев, 1990] dan foydalanib, quyidagi formulaga asosan (nmol MDA/ mg belka = D/1.56x30) hisoblandi. 2.7. Eksperimental toksik gepatit modulini hosil qilish shartlari Ma‘lumki, toksik gepatit sharoitida jigar hujayralari, xususan mitoxondriyalardagi sodir bo‗ladigan fiziologik jarayonlarning o‗zgarishi va unga turli biologik faol birikmalarning ta‘sir mexanizmlarini o‗rganishning eng samarali va klassik metodi bu hayvonlarni ССI 4 hamda geliotrin yordamida intoksikasiya qilishdir. Bu tadqiqot usullari asosan in vivo ko‗rinishi olib boriladi. Hayvonlarni intoksikasiya qilishning 2 xil usuli mavjud: o‗tkir va surunkali toksik gepatit. O‗tkir toksik gepatitda intoksikasiya uchun tanlangan toksikant nisbatan yuqori dozada va kuniga ikki marta hayvon organizmining teri ostiga in‘eksiya 41 qilinadi. Masalan, geliotrin yordamida jigarning o‗tkir zararlanishini chaqirish uchun toksikantni 250 mg/kg dozada teri ostiga yuboriladi. Bunda o‗tkir toksik gepatit tezda chaqiriladi va hayvonlar jigari mitoxondriyalaridagi o‗zgarishlarni o‗rganishning bir qancha metodlari yordamida o‗rganiladi. Surunkali gepatitda esa tanlab olingan toksikant nisbatan kichik dozalarda oz-ozdan haftasiga 2 martadan teri ostiga in‘eksiya qilinadi. Masalan, geliotrin bilan surunkali gepatit modeli quyidagicha chaqiriladi. Geliotrindan 50mg/kg dozada olib, haftasiga 2 martadan 6 hafta davomida teri ostiga yuborib turiladi. Tajribalarda aniqlanishicha, geliotrin yordamida 200 ta kalamushda chaqirilgan surunkali gepatitda toksikantning zaharlilik xususiyati 29% ga teng bo‗ladi.. yo‗li bilan Bu tajribalar asosan kalamush hamda quyonlarda olib borilganda samarali natijalarni olish mumkin. Bunda tajribalar tadqiqotning rejasiga ko‗ra amalga oshiriladi. Tadqiqotlar davomida kalamushlarni bir necha guruhlarga bo‗linadi. Masalan, kasallantirilmagan hayvonlar guruhi, o‗tkir gepatit chaqirilgan guruh, surunkali gepatit chaqirilgan guruh, shu bilan birga kasallangan hayvonlarga turli biologik faol birikmalar yedirilgan guruhlar. Dastlab intakt kalamushlar jigari mitoxondriyalaridagi fiziologik holatlar, keyin kasallantirilgan kalamushlarda bu fiziologik holatlarning o‗zgarishi, zararlangan kalamush jigari mitoxondriyalariga turli biologik faol moddalarning ta‘sirini (korreksiyasini) o‗rganish mumkin. Yuqorida ta‘kidlanganidek, analogik tajribalarni ССI 4 yordamida ham olib borish mumkin. Bunda ham toksik gepatitning 2 xil ko‗rinishini, ya‘ni surunkali va o‗tkir toksik gepatitni chaqirish mumkin. Ma‘lumki, geliotringa nisbatan CCI 4 ning zaharlilik xususiyati biroz kuchliroq bo‗lganligi sababli uning kichikroq dozalaridan foydalaniladi. Masalan, ССI 4 tа‘siriда jigarning o‗tkir zaharlanishini chaqirishda uning 50% eritmasidan 100 g tana vazni hisobiga 0,75 ml teri ostiga kuniga bir marotaba yuboriladi va 1 sutka o‗tkach, hayvonda tajriba olib borish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling