O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
9-rаsm. Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlanganda (90 kunlik tajribada) mitoxondriyaning Са 2+ -bilan indusirlangan shishishining o‗zgarishi. Qo‗shilgan moddalar: 1mkM Са 2+ . Neoselen yordamida davolashning ikkinchi bosqichida mitoxondriyalarning Са 2+ -ga bog‗liq shishishi davolanmagan hayvonlarga qaraganda 25% ga kamaygan (9-rаsm). Olingan natija ushbu preparatning mitoxondriya membranasini stabilashtiruvchi ta‘siri natijasida SsA-sezgir pora darajasida patologik holatning rivojlanib ketishi 50% ga kamayadi. Bu yo‗nalishdagi surunkali toksik gepatit geliotrin bilan 120 kun davomida intoksikasiya qilingan kalamushlarda ham kuzatilgan. Shunday qilib, avtor shunday xulosaga keladiki, jigarda geliotrinli surunkali zararlanishning yuzaga kelish mexanizmlaridan biri bu, mitoxondriyadagi SsA- sezgir poralar funksiyasining buzilishidir. Neoselen yordamida bosqichli farmakoterapiya qilish orqali mitoxondriya membranasining stabil holatini yaxshilash mumkin. 46 Silibor preparati yordamida bosqichli davolash shuni ko‗rsatdiki, ular pora funksiyasi hamda mitoxondriyalar membranasiga stabillovchi ta‘sir ko‗rsatgan. Ma‘lumki, slibor polioksifenilxromanlar kompleksidan iborat bo‗lgan o‗simlik mahsuloti hisoblanadi. Uning ta‘siri asosi shundan iboratki, polyar yog‗ kislotalarining gidroperekislarga aylanishi hamda zararsiz oksikislotalarning giperlipoperoksidasiyasining oldini oladi. Uning antioksidant va membranastabillovchi ta‘sirlari hujayra energiya ta‘minotini va lipidlar metabolizmini yaxshilaydi. Silibordan farq qilgan holda neoselen ko‗pgina hujayraichki fermentlari tarkibiga kiruvchi fiziologik faol essensial mikroelement – selendan tashkil topgan. Adabiyot manbalarida (Гoреликова и др., 1997; Петрович, Пoдарожная., 1981) keltirilishicha, selen hayvon organizmida ma‘lum darajada mavjud bo‗lib, peroral kiritilganda, u organizmda to‗planmaydi va tezda siydik bilan chiqarib yuboriladi. Selen birikmasining organizmdagi biokimyoviy funksiyalari murakkab va turli- tumandir. U hujayra membranalarining oksidlanish-qaytarilish sistemalarida ishtirok etadi, fermentlar tarkibiga kiradi, nespesifik fosfataz hamda ATF- azalarning faolligiga ta‘sir ko‗rsatadi va boshqalar (Мхитарян, Бадалян., 1978). Yuqorida aytib o‗tilgan natijalar asosida shuni ta‘kidlash lozimki, jigarning geliotrin ta‘sirida surunkali toksik ta‘siri natijasida birinchi navbatda SsA-sezgir poralarning funksiyasi buziladi. Korreksiya uchun tanlangan slibor va neoselenlar mitoxondriya membranasiga stabilovchi ta‘sir ko‗rsatadi, SsA-sezgir poralarni yopiq konformasion holatga olib keladi. Ularning ta‘sir qilish samaradorligi haqida gapirganda sliborga nisbatan neoselen biroz ijobiy ta‘sirga egaligi yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan ma‘lum bo‗ldi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling