O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Muskul to‟qimasini tuzli aralashmasini dializ qilish
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo qòllanma 2023 uchun maxsus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dializatorni tayyorlash.
Muskul to‟qimasini tuzli aralashmasini dializ qilish. Dializ metodi katta oqsil
zarrachalarini yarim o‘tkazgich bo‘lgan pardadan (sun‘iy kolloid membranalar va tabiiy hayvon va o‘simlik membranalari) o‘ta olmasligiga asoslanadi. Boshqa molekulalar va ionlar bulardan osongina o‘ta oladi. Dializ usuli yuqori molekulali birikmalarni tuzlar va boshqa moddalardan tozalash uchun foydalaniladi. Bu usul bilan tozalangan oqsil dializlangan deyiladi. Dializ uchun ishlatilgan asbob dializator deyiladi. Eng oddiy dializator bo‘lib, distillangan suvli stakanga solingan sellofan yoki kolloid xaltacha xizmat qiladi. Dializ tez va to‘liq amalga oshishi uchun stakan oqar suvga ulangan bo‘lishi yoki stakandagi suv to‘xtovsiz almashtirib turilishi lozim. Dializatorni tayyorlash. Sellofandan 9-12 sm diametrli doira kesib olinadi. Uni xalta shaklida bukiladi. Hosil bo‘lgan xaltacha shisha tayoqchaga boylanadi va stakanga tagi tegmaydigan qilib osiladi. Kichkina voronka yordamida dializatorga 10 ml tuzli aralashmaning filtratidan solinadi (solingan suyuqlik xaltachaning yarmidan oshmasligi kerak) va 1 litrli distillangan suv solingan stakanga joylashtiriladi. Shunadan keyin har 5- 10 minut davomida stakandagi suvdan olib, unga sulfat ionlarini borligini (bariy gidroksid yordamida) va oqsilni yo‘qligiga (biuret reaksiyasi yordamida) tekshirish uchun reaksiyalar o‘tkaziladi. Stakandagi suv almashtirilgandan keyin yana shu reaksiyalar qilib ko‘riladi. Agar reaksiya chiqsa, stakandagi suv 5-10 minut davomida almashtirilib, reaksiya chiqmaguncha amalga oshiriladi. 1,5-2 soatdan keyin sulfat ionlari uchun olib borilgan reaksiya chiqmaydi. Bu dializning tugaganligidan darak beradi, ya‘ni bunda dializatordagi tuz to‘liq stakandagi suvga chiqib ketgan bo‘ladi. Shu paytda xaltachadagi tiniq bo‘lgan filtrat loyqalanadi. Natijada distillangan suvda eriydigan globulinlar cho‘kmaga tushadi. Xaltacha stakandan olinadi va uning ichidagisi qog‘oz filtr orqali filtrlanadi. Filtrda globulinlar qoladi, albuminlar esa filtratga o‘tadi. Ikkala tomonda ham oqsil borligi biuret reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Albuminlarni cho‘ktirish uchun filtratga ammoniy sulfatning kukunidan eritma to‘yingan holga kelguncha solinadi. Bunday sharoitda albuminlar cho‘kmaga tushadi. Keyin quruq qog‘oz filtr yordamida filtrlanadi. Ammoniy sulfat bilan to‘liq to‘yintirilganda, eritmada oqsil qolmaydi. Buni tekshirish uchun filtratdan ozgina olib biuret reaksiyasini o‘tkazib ko‘rish kerak. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling