O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Surunkali  zo`riqishning  2-davrida  tibbiy  -  pedagogik


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Surunkali  zo`riqishning  2-davrida  tibbiy  -  pedagogik 

tadbirlar. 

1.  Sportchi  2  haftaga  trenirovkadan  butunlay  ozod  etiladi,            

u faol dam oladi. 

2. Kun tartibida ko`proq vaqt uyqu, sayr qilishga ajratiladi. 

3.  Ikki  haftadan  keyin  trenirovka  mashg`ulotlariga  qatna-

shishga  ruxsat  etiladi.  Ammo,  trenirovka  mashg`ulotlari  hajmi, 

tezligi,  murakkabligi  xuddi,  surunkali  zo`riqishning  1-davrida 

bayon etilgan tartibda kamaytiriladi. Trenirovka 1,5-2 oy davomida 

yengillashtirilgan hajmda o`tkaziladi. 

3.  Ikki  oydan  keyin,  trenirovka  mashg`ulotlari  hajmi  asta-

sekin  sportchi  organizmining  funksional  holatiga  mos  ravishda 

me`yoriga yetkaziladi. 

4.  Ikki-uch  oy  davomida  sportchi  musobaqalarga  qatnash-

maydi.  


arteriyalarni  toraytirib,  miokardni  qon,  kislorod,  ovqat  moddalari 

bilan ta`minlanishini  kamaytiradi. 

Bundan  tashqari,  katexolamin  va  kortikosteroid  gormonlari 

qondagi  kalsiy  ionlarini  yurak  muskullari  hujayralariga  kirishini, 

kaliy  ionlarini  esa  miokard  hujayralaridan  chiqishini  kuchaytiradi. 

Buning natijasida yurak muskullarida ionlar muvozanati buziladi. 

Ushbu  salbiy  o`zgarishlar  yurakning  miokard  distrofiyasini 

vujudga keltiradi. 

Shuningdek,  sportchining  uzoq  vaqt  davomida  yuqori  tezlik 

va  katta  hajmdagi  jismoniy  mashg`ulotlar  bilan  noto`g`ri  reja 

bo`yicha  shug`ullanishi  jarayonida,  qalqonsimon  bezda  tiroksin 

gormonining  ishlab  chiqarilishi  ko`payadi.  Ko`p  miqdordagi 

tiroksin  gormoni  yurak  muskuliga  toksik  (zaharli)  ta`sir  ko`rsatib, 

miokard distrofiyasining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. 

Shunday  qilib,  yurakning  miokard  distrofiyasi  uzoq  vaqt 

davomida, katta hajmda va tezlikda, jismoniy mashq bilan tartibsiz 

(ko`r-ko`rona) shug`ullanish oqibatida vujudga keladi. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling