O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Surunkali zo`riqishning 3- davri. 

Surunkali zo`riqishning 2-davrida sportchi va ayniqsa, uning 

treneri  tomonidan  e`tiborsizlik  qilinishi,  shifokorga  murojaat 

qilmaslik, yoki u buyurgan davolash tadbirlarini to`liq bajarmaslik, 

kun  tartibiga  o`zgarishlar  kiritmasligi  tufayli,  surunkali  zo`riqish 

holati yanada chuqurlashib, 3-davrga o`tadi. 

Bu  davrda  markaziy  nerv  tizimi  funksiyasi  chuqur  buzilishi 

tufayli  sportchida  nevrasteniya  nevrozi  deb  nomlangan  psixik 

kasallik yuzaga keladi. 

Nevrasteniya nevrozi ikki shaklda namoyon bo`ladi: 

1.Nevrasteniya  nevrozining  giperstenik  shaklida  bosh  miya 

nerv  hujayralarining  qo`zg`aluvchanligi  kuchayadi.  Bemor  tinib-

tinchimaydi,  keraksiz  harakatlar  qiladi.  Tez  jahli  chiqadi,  uyqusi 

buziladi. 

2.Nevrasteniya  nevrozining  gipostenik  shaklida  bosh  miya 

nerv  hujayralarining  qo`zg`aluvchanligi  pasayadi,  ya`ni  bosh 

miyada  tormozlanish  holati  yuzaga  keladi.  Bemor  homush, 

bo`shashgan,  uyqusiragan  holatda  bo`ladi,  harakatlanishi  sekin,  bir 

joyda o`tiradi, yotadi, hech narsaga qiziqmaydi. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling