O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Yurak miokard distrofiyasining oldini olish


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Yurak miokard distrofiyasining oldini olish. 

1.  Har  bir  sportchi  sog`lom  turmush  tarziga  amal  qilishi 

kerak.  Gigiyena  qoidasi  asosida  tuzilgan  kun  tartibi:  8  soat  uyqu,       

4 marta ovqatlanish, spirtli ichimlik iste`mol qilmaslik, chekmaslik 

kabilarga  doimiy  ravishda  rioya  qilish  sportchi  va  uning  treneri 

e`tiborda bo`lishi kerak. 

2.  Gripp,  angina,  me`da-ichak  va  boshqa  o`tkir  kechadigan 

kasalliklar  bilan  xastalangan  sportchi,  albatta,  kamida  10  kun 

to`shakda  yotib  davolanishi,  so`ngra  bir  hafta  kuch  -  quvvatni 

tiklagach, trenirovkaga qatnashishi lozim

3.  Organizmida  surunkali kasallik  bo`lsa,  masalan,  surunkali 

tonzillit,  burunda  polip,  surunkali  bronxit,  gepatit,  piyelonefrit  va 

boshqalar,  shifokor  maslahati  bo`yicha  o`zini  sog`lomlashtirishi 

lozim. 


56 

61 



  

Ikkinchi davrdagi zo`riqish belgilari, ya`ni sportchining kuch-

sizlanishi,  uning  kasallik  holati  bilan  bog`liq  salbiy  o`zgarishlar 

yanada ko`payadi. 

Sportchining  trenirovka  qilishga  xohishi  yo`qoladi.  Vaqti-

vaqti  bilan  yurak  sohasida  sanchuvchi,  g`ijimlovchi  og`riq  paydo 

bo`ladi. Uxlashi qiyinlashadi, tez-tez uyg`onadi va uzoq vaqt uxlay 

olmasdan  qiynaladi,  ko`zi  yumilishi  bilan  qo`rqinchli  tushlar 

ko`radi.  Uyquda  dam  ololmaydi,  charchab,  boshi  og`rib,  kayfiyati 

yomon holatda o`rindan turadi. 

Sportchi  ozadi,  rangi  oqaradi,  ko`zlari  cho`kadi,  ko`z  osti 

sohasi va lablari ko`karadi. 

Ayrim  sportchilarda  zo`riqishning  2-davrida  tinch  holatda 

ham  arterial  qon  bosimi  me`yorga  nisbatan  yuqori,  tomir  urishi 

tezlashgan bo`ladi. 

Ba`zi  sportchilarda  esa,  aksincha,  tinch  holatda  arterial  qon 

bosimi me`yorga nisbatan past, tomir urishi sekin bo`ladi. 

Vena  qon  tomirlari  devorining  tarangligi  (tonusi)  pasayadi. 

Buning  natijasida  sportchining  oqargan,  rangsizlangan  terisi  ostida 

ko`k  rangli,  to`rsimon  shakldagi  mayda  vena  tomirlari  ko`rinib 

turadi. Teri ola-bula bo`lib ko`rinadi (marmar teri). 

O`pkaning  tiriklik  sig`imi  tinch  holatda,  normaga  nisbatan 

kamayadi.  Jismoniy  mashg`ulot  bajarganda,  o`pkaning  tiriklik 

sig`imi yanada kamayadi. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling