O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#201874
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
natriy gidroksid olishning elektrokimyoviy usullari bilan olish texnologiyasini ishlab chiqish.

2.4. MODDIY VA ISSIQLIK BALANSI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

23 


Mehnat muhofazasi. 

Korxonalar  ma‟muriyati  va  muhandis-texnik  xodimlarning  asosiy  vazifalari 

mehnat  haqidagi  qonunlar  majmui  hamda  “Xavfsizlik  yо„llari  va  ishlab  chiqarish 

sanitariyasi  qoidalari”  bilan  belgilanadi.  Ishlab  chiqarishda  shikastlanish  va  kasb 

kasalliklarini  kamaytirish  hamda  ularning  oldini  olishga  oid  mehnat  muhofazasi 

bо„yicha  ishlarni  amalga  oshirish,  tadbirlariga  umumiy  rahbarlik  hamda  bu  ishga 

javobgarlik korxona rahbari uning о„rinbosari-bosh muhandis zimmasiga yuklatiladi. 

Korxona rahbari:    

-ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini oluvchi tashkiliy 

texnik tadbirlarni rejalashtirishga; 

-ana shu tadbirlar uchun о„z vaqtida mablag„ ajratishga va ularni о„tkazishga doir 

ruyxatlarni  tasdiqlashga  hamda  mehnat  sharoitini  mustahkamlash  va  sog„lomlashtirish 

uchun ajratilgan mablag„ning tо„g„ri sarflanishini nazorat qilib borishga; 

-mehnat  muhofazasiga  doir  jamoa  shartnomalari  va  bitimlarining  bajarilishini 

taminlashga; 

-mehnat va dam olish tartibi, ayollar hamda о„smirlar mehnatini muhofaza qilish 

haqidagi qonunlarga amal qilishga; 

-kasaba  uyushmasi  texnik  nazoratchilari  va  jamoatchi  nazoratchilar  hamda 

mahalliy  kasaba  uyushmasi  qо„mitasi  komissiyasinimng  mehnat  muhofazasiga  doir 

buyruqlarini bajarishga; 

-ishlar  va  kasblarning  ayrim  turlari  uchun  xavfsizlik  yо„llari  bо„yicha 

yо„riqnomalarni tasdiqlashga; 

-ishchi-xizmatchilarni  о„z  vaqtida  amaldagi  meyorlarga  muvofiq  korjoma, 

maxsus  poyafzal,  yakka  tartibdagi  himoya  vositalari  va  maxsus  oziq-ovqatlar  bilan 

taminlashga majbur. 

Bosh muhandis: 

-hamma  sexlar  va  bо„linmalar  boshliqlarining  xavfsizlik  yо„llari  hamda  ishlab 

chiqarish  sanitariyasiga  doir  qonun  chiqaruvchi  meyorlar  va  qoidalarni  bajarishlarini 

muntazam ravishda nazorat qilib borish

-amaldagi  xavfsizlik  yо„llari  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasi  qoidalari  hamda 

mavjud  ishlab  chiqarish  sharoitiga  muvofiq,  kasblar  va  ishlar  turlari  bо„yicha  xavfsiz 

ishlash yо„llari hamda usullariga doir yо„riqnomalarni ishlab chiqarishga qо„llanishiga 

rahbarlik qilish

-xavfsiz  ishlash  usullari,  yо„l-yо„riqlarini  о„rganish  yuzasidan  о„quv  ishlari  olib 

borilishini nazorat qilish; 

-ishchilarning dastlabki va davriy tibbiy kо„riklardan о„tkazilishini nazorat qilish; 

-xavfsiz  ishlash  usullarining  ommaviy  tadbiq  qilinishi,  xavfsizlik  xonalarida 

ma‟ruzalar, suhbatlar о„tkazilishi, xavfsizlik yо„llariga oid plakatlar va ogohlantiruvchi 

yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish; 

-kasaba  uyushmasi  tashkiloti  bilan  birgalikda  mehnat  muhofazasi,  xavfsizlik 

yо„llari  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasiga  oid  ishlarning  holatini  tekshirish  hamda 

mehnat  muhofazasi  yuzasidan  qabul  qilingan  qarorlarning  ishchilar  tomonidan 

bajarilishini nazorat qilish; 



 

24 


-zamonaviy 

tuzilishdagi 

tо„siq 

texnikasi, 

sermehnat 

jarayonlarni 

avtomatlashtirish, shamollatish va sanitariya-maishiy uskunalarni joriy etish; 

-mehnat  muhofazasi,  ishlab  chiqarish  madaniyati  va  texnik  estetika  bо„yicha 

tajriba almashish ishiga rahbarlik qilish; 

-ishchilarga  о„z  vaqtida  sifatli  korjoma,  maxsus  poyafzal  va  yakka  tartibdagi 

himoya vositalari berilishini nazorat qilish; 

-xavfsizlik  yо„llari,  ishlab  chiqarish  sanitariyasiga  doir  amaldagi  qoidalarga, 

kasaba  uyushmasi  texnik  nazoratchisi  va  jamoatchi  nazoratchilarning  mehnat 

muhofazasiga doir buyruqlarga amal qilinishini nazorat etish; 

-belgilangan  muddatlarda  ishlab  chiqarishda  rо„y  bergan  shikastlanish 

tо„g„risidagi 

hisobotlarni, 

mehnat 


sharoitini 

sog„lamlashtirishga 

ajratilgan 

mablag„larning sarflanishini nazorat qiladi. 

Bosh mexanik, energetik: 

-binolar inshootlar, energotizmlar, turli uskunalarni profilaktik kо„zdan kechirish 

va reja asosida tuzatishlarning tо„g„ri tashkil etilishi hamda о„z vaqtida о„tkazilishiga, 

shuningdek, tuzatish ishlarining xavfsiz bajarilishiga; 

-kranlar  va  boshqa  turdagi  yuk  kо„tarish  mexanizmlari  hamda  dastgohlari, 

mexanik  uskunalardan  bosim  ostida  ishlaydigan  bak,  suv  isitish  qozonlari,  apparatlar, 

idishlar hamda uskunalarni о„z vaqtida texnik tekshiruvdan о„tkazilishiga; 

-nomenklaturadagi  tadbirlarga  doir  bitimga  muvofiq  mehnat  muhofazasiga  oid 

tashkilish-texnik tadbirlarning о„z vaqtida amalga oshirilishiga javobgarlik

-elektr  jihozlari, kuch  va  yoritish  elektr  tarmoqlari, elektr taqsimlash  uskunalari, 

yashindan himoyalagichning soz holatda bо„lishini muntazam nazorat qilishga; 

-shamollatish  qurilmalari  va  isitish  tizimlarining  tegishli  holatda  bо„lishini 

nazorat qilishga mas‟ul. 

Sex boshliqlari, ustalar: 

-ishchilarning  mehnat  muhofazasi,  xavfsizlik  yо„llari  va  ishlab  chiqarish 

sanitariyasiga  doir  qoida  hamda  meyorlarga  amal  qilishlarini  taminlashga,  xavfli  va 

zararli  mehnat  sharoiti  bilan  bog„liq  ishlarni  bajarishda  ehtiyotkorlik  choralarining 

bajarilishini nazorat qilishga; 

-mehnat  muhofazasi,  xavfsizlik  yо„llari  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasiga  doir 

amaldagi  qoidalar  hamda  meyorlarga  muvofiq,  xavfsiz  ishlash  yо„llari  va  usullari 

yuzasidan yо„riqnomalar ishlab chiqarishda qatnashishga; 

-barcha ishchilarga xavfsiz ishlash yо„llari va usullarini о„rgatishga, shuningdek, 

о„z  tasarrufidagi  bо„linma  ishchilariga  xavfsizlik  bо„yicha  yо„riqnomalar  berishga 

majbur. 


Mehnat  muhofazasi,  xavfsizlik  yо„llari  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasiga  doir 

ishlarni  tashkil  qilishga  javobgar  bо„lgan  mehnat  muhofazasi  muhandisi  zimmasiga 

quyidagi vazifalar yuklatilgan: 

-boshlang„ich yо„l-yо„riqlarni berish; 

-amaldagi 

qonunlarning, 

vazirliklar 

va 


idoralarning 

qarorlari 

hamda 

farmoyishlarining, shuningdek, xavfsizlik yо„llariga doir qoida va meyorlarning sexlar, 



bо„limlar rahbarlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish; 


 

25 


-yо„riqnomalar ishlab chiqishda qatnashish hamda ularning tо„g„ri qо„llanilishini 

tekshirish; 

-buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash

-mehnat  sharoitini  yaxshilashga  doir  tadbirlar  ishlab  chiqish,  tashkiliy-texnik 

tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish; 

-mehnat muhofazasi va xavfsizlik yо„llariga oid mukammal tо„siqlar va saqlovchi 

uskunalarni  ishlab  chiqishda  ilmiy-tekshirish  institutlari  va  ilg„or  korxonalarning  shu 

sohadagi takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda qatnashish; 

-korxonani  qishki  va  yozgi  sharoitda  ishlashga  tayyorlash  tadbirlarini  ishlab 

chiqishda qatnashish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish

-jamoa  shartnomasida  kо„zda  tutilgan  mehnat  sharoitlarini  sog„lomlashtirish  va 

yengillashtirish tadbirlarini bajarilishini tekshirish; 

-binolar,  uskunalar,  apparatlar,  uskunalarni  qurish,  qayta  qurish,  kapital  tuzatish 

loyihalarini kо„rib chiquvchi va ularni foydalanishga qabul qilib oluvchi komissiyalarda 

qatnashish; 

-ishchilarga yо„l-yо„riq berish hamda muhandis-texnik xodimlar va ishchilarning 

xavfsizlik yо„llari kursida о„qitilishini tashkil etish; 

-dastlabki  va  davriy  tibbiy  tekshiruvlarning  о„z  vaqtida  о„tkazilishini  nazorat 

qilish; 

-ish xonalaridagi kо„rinadigan joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik yо„llari va ishlab 

chiqarish  sanitariyasiga  doir  amaldagi  hamma  qarorlar,  qoida  va  meyorlardan  bir 

nusxadan olib qо„yish; 

-xavfsizlik yо„llari xonalarini jihozlash, xavfsizlik yо„llariga doir stendlar tashkil 

etish, plakatlar va ogohlantiruvchi yozuvlarni osib qо„yish; 

-ishlab  chiqarish  bilan  bog„liq    kо„ngilsiz  hodisalarning  rо„y  berish  sabablarini 

tekshirishda  qatnashish  hamda  ularni  bartaraf  etish,  oldini  olish  tadbirlarini  ishlab 

chiqish; 

-ishlab  chiqarish bilan  bog„liq    kо„ngilsiz hodisalarni  hisobga olib  va qayd  qilib 

borish, ishlab chiqarishda shikastlanishlarni tahlil qilish; 

-xavfsizlik  yо„llari  ishlarini  yaxshi  yо„lga  qо„ygan  xodimlarni  taqdirlash  hamda 

xavfsizlik  yо„llari  talablari  va  qoidalarini  buzganlarni  qonunda  belgilangan  tartibda 

javobgarlikka tortish tо„g„risida korxona rahbariyatiga takliflar berish. 

Xavfsizlik yо„llari bо„yicha muhandis ushbu huquqlarga ega: 

-xavfsizlik  yо„llari  talablari  va  qoidalarining  buzilishlarini  bartaraf  etish  haqida 

bо„linmalar,  bо„limlar  rahbarlariga  kо„rsatmalar  berish  (bunday  kо„rsatmalar  faqat 

korxona  rahbari  yoki  bosh  muhandis  (texnik  rahbar)  tomonidan  bekor  qilinishi 

mumkin;) 

-ishlovchilarning  hayoti  va  sog„ligi  uchun  yaqqol  xavf  paydo  bо„lganda  

bо„limlar, dastgohlar va uskunalarda ishlashni taqiqlab qо„yish yoki tо„xtatish hamda bu 

hakda darhol korxona rahbariyatiga ma‟lum qilish; 

-xavfsizlikni  ta‟minlay  olmaydigan,  talabga  javob  bermaydigan  uskunalar, 

asboblar, moslamalarni foydalanishdan chiqarib tashlash choralarini kо„rish; 




 

26 


-sexlar,  bо„linmalar  rahbarlaridan  ishlab  chiqarish  bilan  bog„liq  bо„lgan  

kо„ngilsiz  hodisalarni  muntazam  ravishda  hisobga  olib  borishni  va  о„z  vaqtida 

tekshirishni talab qilish; 

-ishlab  chiqarish  bо„limining  rahbari  bilan  birgalikda,  talablar  va  qoidalarni 

buzganlarni vaqtincha ishdan chetlatish. 

Xavfsizlik  yо„llari  bо„yicha  muhandis  bevosita  korxonaning  boshlig„i  va  bosh 

muhandisga    bо„ysunadi.  U  о„z  ishini  mahalliy  kasaba  uyushmasi  qо„mitasi,  mehnat 

muhofazasi  bо„yicha  komissiya,  shuningdek,  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza 

qilish vazirligi sanoat texnik nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 

 

Ishlab  chiqarish  korxonalarida  mehnat  muhofazasiga  doir  ishlar  tashkiliy-texnik 



tadbirlarning  kompleks  rejasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  tadbirlarni  korxona 

ma‟muriyati  mahalliy  kasaba  uyushmasi  qо„mitasi  bilan  birgalikda  ishlab  chiqadi. 

Kompleks reja yillik, besh yillik yoki kо„p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va 

texnikaning  mehnat  muhofazasi  sohasida  erishgan  yutuqlari  hamda  korxonaning 

rivojlanish  istiqbollari  hisobga  olinadi.  Ishning  bajarilishini  nazorat  qilish  xavfsizlik 

yо„llari bо„yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona 

sexlari, bо„limlari, bо„linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag„ni va 

moddiy ta‟minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga 

kiritiladi.  Jamoa  shartnomasini  har  yili  korxona  rahbari  ishchi-xizmatchilar  nomidan 

kasaba  uyushmasi  qо„mitasi  bilan  tuzadi.  Jamoa  shartnomasiga  kiritilgan  mehnat 

muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag„lar ishlatib bо„linganligi 

haqida maxsus dalolatnoma tuzilib,  unga   korxona kasaba uyushmasi qо„mitasi raisi va 

korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar. 

Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag„lar hisobiga ta‟minlanadi: 

-davlat  va  markazlashtirilmagan  kapital  mablag„lar,  shu  jumladan  ishlab 

chiqarishni  rivojlantirish  jamg„armasi,  ijtimoiy-madaniy  va  uy-joy    qurilishi 

jamg„armasi hamda korxona jamg„armasi; 

-agar  tadbirlar  asosiy  vositalarni  kapital  tuzatish  bilan  bir  vaqtda  amalga 

oshiriladigan bо„lsa-amortizatsiya jamg„armasi; 

-agar  xarajatlar  kapital  xarajatlar  bо„lsa-asosiy  faoliyat,  sex  va  umumxarajat 

mablag„lari; 

-yangi  texnikani  joriy  etish  yoki  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  uchun  bank 

tomonidan beriladigan qarzlar. 

О„ta zararli ishlab chiqarishida band bо„lgan xodimlar kasallanishining oldini olish 

uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish kо„zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik 

tarzida beriladi. Bunday maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va mehnatkashlar 

sog„ligini mustahkamlashdan iborat bо„ladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan 

ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning о„rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi 




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling