O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti fakultet: Yo’nalish: Guruh


Oila masalasi Davlat siyosati darajasiga ko`ratildi


Download 37.52 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi37.52 Kb.
#1491206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SARIMSOQOVA GULNOZA Mavzu Oila jamoasini jipslashtirish metodikasi. Reja I. Kirish

1.2.Oila masalasi Davlat siyosati darajasiga ko`ratildi.
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko'ra, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994-yil 22-avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 1998-yilni "Oila yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan.
Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi.
Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi.
Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sogʻlom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy maʼlumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida eʼtibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning koʻrsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uygʻotadi.


Download 37.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling