Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Tayanch tushuncha va iboralar 


187 
musbat adsorbsiya, manfiy adsorbsiya, sirt-faol moddalar, sirt-nofaol moddalar, sirt 
befarq moddalar, ―sirt-faollik‖, ―ortiqcha miqdor‖ yoki ―Gibbs adsorbsiyasi‖, gidrofil 
guruh, gidrofob guruh, kation sirt-faol moddalar, anion sirt-faol moddalar, amfоlit 
(amfoter) sirt-faol moddalar, noionogen sirt- faol moddalar, sirt-faol moddalarning muhim 
xarakteristikasi. 
18-§. KОLLОID SIRT-FAOL MОDDA MITSELLALARINING 
TUZILISHI VA AHAMIYATI 
18.1-§. Sirt-faol moddalarning mitsellyar eritmalari. Mitsellaning hosil 
boʻlish konsentratsiyasi. 
Mitsella hosil boʻlishi. Koʻp sirt-faol moddalar, masalan sovun, yuvishda 
ishlatiladigan moddalar (detergentlar), tannidlar (oshlovchi moddalar) boʻyoq 
moddalar, alkoloidlar - chin eritma hosil qiladigan moddalar boʻlib, ba‘zi paytlarda 
mitsellyar kolloid eritma ham hosil qilishlari mumkin. Sirt-faol moddani juda koʻp 
suyultirsak u eritmada molekula yoki ion holida boʻlib, uning eritmasi chin eritma 
boʻladi. Sirt-faol moddaning konsentratsiyasini oshirgan sari uning difil 
molekulalari yoki ionlari bir-biri bilan birlashib, assotsiatlar yoki agregatlar hosil 
qiladi, buni mitsellalar hosil boʻlishi deb ataladi. 
Eritmalarda mitsellalarni hosil boʻlishi molekulaning difilligiga bogʻliq 
boʻlib, mitsella hosil boʻlishi uchun molekula zanjirida kamida 4-5 uglerod atomi 
boʻlishi shart. 
Suvsiz (qutbsiz) eritmalarda esa molekulani agressiyaga uchratib mitsellani 
hosil qilishda qutbsiz guruhlarning bir-biriga ta‘siri asosiy funksiyani bajaradi. 
Bunda teskari mitsellalar hosil boʻladi, natijada sirt-faol modda molekulalarining 
gidrofob qismlari erituvchiga qaragan boʻladi  
Masalan, qutbsiz qattiq jism (koʻmir, parafin, qurum) bilan suyuqlik 
(suv)ning chegara sirtida adsorbsion qatlamning orientatsiyalanishi qutbli gidrofil 
qismi tomonidan boʻladi. Sirt-faol moddalarning adsorbsion qavati qattiq sirtni 
erkinlashtiradi va unga qutblilik xossasini beradi. Bunda fazalar qutbliligi 
tenglashadi, ya‘ni qutbsiz-qutbli chegara qismida qutbli-qutbli qism hosil boʻladi 
(94-rasm). 
Ikkinchi holatda qutbli gidrofil sirt (qum, boʻr, tuproq) bilan qutbsiz suyuqlik 
(benzol) ta‘sirlashadi. Bunda sirt-faol modda molekulalari qutbli qismi bilan qutbli 


188 
qattiq jismning sirt yuzasida orientatsiyalanadi. Sirt-faol moddaning qutbsiz qismi 
bilan qutbsiz suyuqlik (benzol) ta‘sirlashadi 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling