Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
135-rasm. Osmometr.
Osmometr ikki kameradan iborat, bitta kamerada erituvchi, ikkinchisida eritma boʻladi. Ular VG yarim oʻtkazgich membrana yordamida bir-biridan ajratilgan. A va B naylar kameralar bilan birlashtirilgan boʻlib, osmotik bosimni oʻlchash uchun xizmat qiladi. Erituvchi molekulalari eritmaga oʻtgan sari eritma kapillyar boʻylab, osmotik bosim kapillyardagi gidrostatik ustun bilan tenglashguniga qadar koʻtarilib boradi. Eritma konsentratsiyasi qancha katta boʻlsa, erituvchi shuncha koʻp oʻtadi va osmotik bosim shuncha yuqori boʻladi, lekin polimer konsentratsiyasi ortishi bilan eritmaning qovushqoqligi sezilarli ortadi, natijada eritmaning osmometr kapillyaridan koʻtarilishi qiyinlashadi. Shuning uchun odatda osmotik bosimni juda suyultirilgan eritmalarda (C<1 g/100 ml) aniqlash bilan chegaralanadi. Naylardagi suyuqliklarni bir xil balandlikda saqlash uchun zarur boʻlgan B naydagi suyuqlikka tushayotgan tashqi bosim eritmaning osmotik bosimiga teng boʻladi. Osmotik bosimni oʻlchashning bunday usuli odatda dinamik muvozanat usuli deb ataladi. Boshqa bir usulda yarim oʻtkazgich membrana orqali erituvchining eritmaga oʻtishi bilan naylardagi suyuqlikning balandligi oʻzgarishi kuzatiladi. Bu balandliklar orasidagi farqqa toʻgʻri keluvchi gidrostatik bosim eritmaning osmotik bosimiga teng. Osmotik bosimni oʻlchashning bu usuli statik muvozanat usuli deb ataladi. 249 Osmometriyada ishlatiladigan membranalar toʻla ma‘nodagi yarim oʻtkazgich membranalar emas. Ular faqat polimerlar makromolekulalarini oʻtkazmay, erituvchini kerakli tezlikda oʻtkazadi. Ammo bunday membranalarni tanlash nihoyatda qiyin. Polimerning membrana orqali diffuziyalanishi osmometriya usulini chegaralaydi. Bu usul qoʻllanilishi mumkin boʻlgan mole-kulyar massaning quyi chegarasi 30 000 atrofida boʻladi. Shunday qilib, oʻrtacha molekulyar massani topishning osmometrik usuli 40000-1 000 000 gacha intervalda qoʻllanilishi mumkin. Molekulyar massani aniqlashning hozirgacha mavjud boʻlgan eng aniq usullaridan biri osmometrik uslubdir. 1> Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling