Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat ob’ektlarini aerozollardan tozalash.
24.3-§. Kolloid kimyoning xalq xo‗jaligidagi о‘rni va ahamiyati.
Barcha ishlab chiqarish muassasalarida aerozollar muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatdagi barcha ob‘ektlarda ham qattiq-qattiq, suyuq-gaz, suyuq-qattiq, gaz-qattiq holatdagi dispers sistemalar bor. Shu sababli dispers sistemalarning o‗rnini bilish va ularni boshqarish masalasi ishlab chiqarishda uchraydigan barcha masalalarni hal qilishda va tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Sanoat ob’ektlarini aerozollardan tozalash. Sanoatning deyarli barcha sohalarida turli xil ishlab chiqarish jarayonlarida aerozollar hosil bо‗ladi. Og‗ir ishlarni mexanizatsiyalash kuchaygan sari chang hosil bо‗lishi ham kuchaymoqda. Shu sababli changga qarshi kurashish borasida bajariladigan tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, kо‗mir shaxtalarida changning miqdori 470-500 ga yetadi. Agar kо‗mir qazishdan avval sug‗orilsa, havoda changning konsentratsiyasi 200-300 gacha kamayadi. 252 Kо‗mir shaxtalarida qо‗llaniladigan ventilyatsion qurilmalarning ishlashi natijasida har daqiqada 1200 chang tashqariga chiqarib turiladi, buning natijasida shaxta ichidagi havoda changning miqdori 30-40 chamasida saqlanib turadi. Bu jarayon tufayli juda kо‗p mahsulot yо‗qotiladi va tashqaridagi havo (atmosfera) ifloslanadi. Shuningdek, sement zavodidan chiqqan chang zavod atrofidagi joylarga (2-3 km masofaga) tarqaladi. Ba‘zan sement aerozollarini zavoddan bir necha о‗n kilometr masofada ham payqash mumkin. Aerozollarni tutib qolishda adsorbsiya va hо‗llanish jarayonlaridan keng foydalaniladi. Masalan, ruda qazish ishida qazilishi kerak bо‗lgan joylarga oldindan suv berish, ya‘ni «hо‗l usulda ruda qazish» keng miqyosda qо‗llanilmoqda. Bu ishlarning samaradorligi sirt-faol moddalar ishtirokida va kolloid kimyoning boshqa usullari qо‗llanilganida ancha yuqori darajaga kо‗tariladi. Atmosferadagi zararli gaz va chang holidagi (aerozol) qо‗shimchalardan havoni tozalash ikki usul: tarkibida zararli qо‗shimchasi bо‗lgan aerozolning hosil bо‗lishini tо‗xtatish; aerozolni yemirilishga majbur qilish; orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan, tog‗ jinslarini qazishda oldindan shu maydonlarni suv bilan sug‗orish orqali aerozollar hosil bо‗lishi kamaytiriladi. Sug‗orish uchun beriladigan suv tarkibiga sirt-faol modda, kо‗pik hosil qiluvchi vositalar qо‗shiladi. Foydali qazilma rudalarni boyitishdan avval texnik ishlash yо‗li bilan zararli moddalarning atmosferaga chiqib ketishining oldini olish mumkin. Masalan, kо‗mir tarkibida bо‗lgan oltingugurt miqdori (kо‗mir yoqilishidan avval) biror kimyoviy yoki mexanik usulda kamaytirilsa, kо‗mir yonganida atmosferaga chiqib ketadigan ni saqlab qolish osonlashadi. Masalan, Angliyada kon havosidagi changni kamaytirish maqsadida suv berish usulidan tashqari maxsus chang yig‗uvchi asboblar qо‗llaniladi; Germaniyada kalsiy xloridli pastadan foydalaniladi, chunki kalsiy xlorid gigroskopik modda bо‗lganligi uchun havodagi namlikni tortib olish orqali rudani hо‗llab turadi. 253 Havoni tozalashning ikkinchi usuli aerozolni yemirishdan iborat. «Aerozolning yemirilishi» deganda aerozolni tashkil etgan kо‗p fazali moddalar sistemasining bir fazali gazlar sistemasiga aylanishini tushunmoq kerak. Buni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi, bunda asosan, aerozolning elektr xossalari katta ahamiyat kasb etadi. Aerozol zarrachalari ba‘zan о‗zining hosil bо‗lish jarayonida muallaq holatda zaryadlana oladi. Masalan, muallaq holatdagi aerozolga qutbli suyuqlik purkalganda aerozol zarrachalari gaz holatdagi ionlarni yutib zaryadlanib qoladi. Demak, aerozollarning zaryadlanishida gaz holatdagi ionlar ma‘lum rol о‗ynashini kо‗ramiz. Aerozollarni texnikada yemirish uchun qо‗llaniladigan asboblarda havoda elektr razryad yaratish usulidan keng foydalaniladi. Bunday asboblar elektr filtrlar deb ataladi (138- rasm). Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling