Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Suvni tozalash. Suvning muhim xossalaridan biri erituvchilik qobiliyati
bо‗lsa, ikkinchisi dispersion muhit vazifasini о‗tashdan iborat. Daryo va boshqa suv havzalariga ishlab chiqarishda hosil bо‗lgan oqava suvlarni oqizish natijasida oqar suvlar ifloslanadi. Suvda uchraydigan (va uni ifloslaydigan) moddalarning hammasini quyidagi uch guruhga bо‗lish mumkin: Oksidlanishi uchun kislorod iste‘mol qiladigan moddalar (turli kasalliklar tarqatuvchi bakteriya hamda viruslar, organik moddalar, hayvonot va о‗simlik qoldiqlari, о‗simliklar iste‘mol qilishi mumkin bо‗lgan ozuqa moddalar, о‗g‗it sanoatining chiqindilari, yuvish vositalari, insektitsidlar, gerbitsidlar) Oksidlanmaydigan moddalar (minerallar, turli kimyoviy reagentlar, kislota, asos, tuzlar, shaxtalardan chiqadigan oqava suvlar, anorganik kimyo sanoatining chiqindilari, radioaktiv moddalar (radioaktiv izotoplar va chо‗kindilar) Mikrogeterogen va ultramikrogeterogen dispers sistemalar (tabiiy noorganik va organik kolloidlar, botqoqlar, suspensiyalar suvni iflos qiluvchilar) Suvda yashaydigan jonivorlar (ayniqsa baliqlar) suvda erigan holatdagi kislorodni iste‘mol qilib kun kechiradi. Agar suvda erigan kislorodning miqdori yetarli bо‗lmasa, ular yashay olmaydi. Lekin suvga qо‗shilib qolgan birinchi tur moddalar suvda erigan kislorodni о‗zining oksidlanishi uchun sarf qiladi. Demak, 256 suvga kо‗p tashlandiq moddalar qо‗shilganida suvdagi tabiiy hayot tarzi buzilib, о‗simlik va hayvonlar nobud bо‗ladi. Suvdagi barcha oksidlanuvchi moddalarning parchalanishi uchun zarur bо‗lgan kislorod miqdori suvning kislorodga nisbatan biokimyoviy ehtiyoji deb ataladi. Agar suvda tashlandiq moddalar kо‗payib ketsa, tabiiy suvda bо‗ladigan oksidlanish mahsulotlari о‗rnida qaytarilish mahsulotlari ( ) bо‗ladi, chunki kislorod yetishmasligidan oksidlanish reaksiyalari sodir bо‗lmay qoladi. Shu sababli kemalar tо‗xtaydigan portlarning suvidan noxush hidlar kelib turadi. Agar tashlandiq moddalar ichida о‗simliklar uchun zarur ozuqa moddalar, shuningdek nitrat va fosfatlar bor bо‗lsa, bunday suv havzalarida о‗simliklar tez о‗sadi va unda turli jonivorlar ham paydo bо‗ladi. О‗simlik va hayvon organizmlarining qoldiqlari suv tubiga chо‗kib, suv havzasini sayozlab qо‗yadi, havza tubida botqoq hosil bо‗ladi; keyinchalik u yerdan daraxtlar о‗sa boshlaydi. Ayniqsa suvga ozuqa moddalar kо‗p tashlansa, bu jarayon juda tezlashadi. Shu sababli kemalar yuradigan daryolarga ozuqa moddalar tashlashga ruxsat etilmaydi. Iflos suvlarga xlor yuborilganida kislorodga bо‗lgan ehtiyoj kamayadi, chunki xlor suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorit kislota ( ) hosil qiladi. Bu modda nihoyatda kuchli oksidlovchi bо‗lganligi uchun tashlandiq moddalarning yemirilishini tezlashtiradi. Ichimlik suv tayyorlashda oqar suvni besh bosqichli ketma-ket jarayon yordamida tozalanadi. Bular mexanik filtrlash, tindirish, shag‗al va qum orqali asta-sekin filtrlash, aeratsiya (aerob bakteriyalar yordamida organik moddalarni yemirish) va xlor qо‗shib suvni sterillashdan iborat. Suv mexanik filtrlanganidan keyin undagi loy, qum zarrachalari suv tagiga batamom chо‗kishi uchun suvga ohak ( ) qо‗shib, suvda asosli muhit hosil qilinadi, sо‗ngra suvga (alyuminiy sulfat) solinib, tarkibli jelatinsimon chо‗kma hosil qilinadi. Bunda ionlari ionlar bilan birikadi. Hosil bо‗lgan gel asta-sekin chо‗kib qum va hokazolarni о‗zi bilan birga suv tubiga olib ketadi. Suv tinganidan keyin uni aeratsiyadan о‗tkazib, xlor qо‗shib, mikroblardan batamom tozalanadi. Hozirda chuchuk suvni tejash va uni muhofaza qilish yо‗lida qator tadbirlar kо‗rilmoqda. 257 Suvni tejash maqsadida, kо‗pincha, berk texnologik sikllar yaratiladi. Siklik sistemada suvni qayta-qayta tozalab undan bir necha marta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Oqava suvlarda kolloid (dispers) sistemalar hosil bо‗lishiga kelganda shu narsani e‘tiborda tutish kerakki, suvda yaxshi eriydigan moddalar odatdagi sharoitda hech qachon kolloid sistemalar hosil qilmaydi va faqatgina suvda oz eriydigan moddalargina barqaror kolloid eritmalar hosil qila oladi. Sanoatning oqava suvlarining tabiiy oqar suvga tushishi ikki jihatdan xavfli hisoblanadi: birinchidan, ularning tarkibida zaharli qо‗shimchalar bor bо‗lishi mumkin, ikkinchidan oqar suvdagi kislorod oqava suvda bо‗lgan organik moddalarni oksidlash uchun sarflanib ketib, suvdagi о‗simlik va baliqlar uchun kislorod yetishmay qoladi. Natijada ular nobud bо‗lishi mumkin. Shu sababli oqava suvlarni doimo tozalab turish lozim. Bu maqsad uchun amalda mexanik, adsorbsion, termik, kimyoviy va biokimyoviy usullardan foydalaniladi. Mexanik usul asosan, suvni tinitish va filtrlashdan iborat. Adsorbsion usulda suvni tozalash uchun katta sirtga ega bо‗lgan maxsus sorbentlar qо‗llaniladi. Masalan, suvni metall ionlaridan tozalash uchun maxsus organik smola- kationitlardan foydalaniladi. Termik usul esa iflos suvni qaynatib bug‗lantirish va chо‗kmada qolgan qattiq moddani ajratib olishdan iborat. Kimyoviy usullar asosida turli jarayonlar (neytrallash, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari) yotadi. Biokimyoviy usullarda organik moddalarning mikroorganizmlar vositasida yemirilishiga asoslaniladi. Mikroorganizmlar ta‘sirida organik modda oksidlanib ketadi; shu sababli suvni biokimyoviy tozalash vaqtida suv orqali havo oqimi о‗tkazib turishga tо‗g‗ri keladi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilish mumkin-ki, kolloid kimyo fani kelajakda yanada kо‗proq rivojlanadi va uning yutuqlari xalq xо‗jaligining barcha tarmoqlarida samarali ravishda qо‗llanilaveradi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling