Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Metallar zolini elektr usuli bilan olish sxemasi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

 
21-rasm. Metallar zolini elektr usuli bilan olish sxemasi: 
A-oʻzgarmas tok 
manbai, B- Volt yoyi yoki metall elektrod, C- sovitgich aralashma, D- sovutilayotgan suvli idish, 
R-reostat
.
Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning 
kolloid eritmalari olinadi. Buning uchun shu metallarning oʻzidan elektr tayoqchasi 
tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan soʻng elektrodlar dispers muhit (suv)ga 
tushirilib, elektrodlar bir-biriga tegishidan elektr yoyi hosil boʻladi. Shundan soʻng, 
elektrodning bir qismi maydalanib, muhitga tarqaladi, natijada kolloid eritma hosil 
boʻladi. 
Bu usulni T.Svedberg takomillashtirib, 1905-yili yuqori chastotali 
oʻzgaruvchan elektr tokidan foydalanib, temperaturada elektr yoyi hosil qilishga 
muvaffaq boʻlgan. Bu usul bilan ishqoriy metallarning organik erituvchi 
(efir)lardagi kolloid eritmalari olingan. 
Peptizatsiya usuli. Kolloid eritmalarni peptizatsiya usuli bilan ham hosil 
qilish mumkin. Zolning koagullanish mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga 
oʻtkazish jarayoniga peptizatsiya deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun 
kolloid choʻkmasiga (koagulyantga) biror elektrolit qoʻshib, erituvchi bilan 
aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatiladigan elektrolit peptizator deyiladi. 
Peptizator sifatida elektrolitlar va ba‘zi sirt-faol moddalar ishlatiladi.


40 
Peptizatsiya murakkab jarayon boʻlib, u peptizatorning dispersion muhitga
choʻkma sirtiga yutilishiga, solvat qavatlar hosil boʻlishiga va boshqalarga bogʻliq 
boʻladi. A.Dumanskiyning fikricha, peptizatsia vaqtida choʻkma bilan peptizator 
orasida kompleks birikmalar koʻrinishidagi bir qator oraliq mahsulotlar hosil 
boʻladi, agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning oʻzi yutilib kolloid eritma 
hosil qilsa, bunday peptizatsiya bevosita peptizatsiya deyiladi; agar kolloid 
zarrachalar sirtiga stabilizatorning oʻzi yutilmay, balki uning eruvchan modda 
bilan hosil qilgan oraliq mahsulotlari yutilsa, bilvosita peptizatsiya deyiladi. 
Masalan, 
choʻkmasiga 
ta‘sir ettirib, 
ning gidrozolini 
hosil qilish bevosita peptizatsiyadir, chunki bu holda temir ionlari kolloid 
zarrachalar sirtiga yutilib, ularda musbat zaryadlar hosil qiladi; musbat zaryadli 
zarrachalar bir-biridan oʻzaro itarilganligi uchun choʻkma tezda gidrozolga 
aylanadi. 
{
}
{
}
ning iviq choʻkmasiga HCl ning kuchsiz eritmasini ta‘sir ettirib, 
gidrozolini hosil qilish bilvosita peptizatsiyaga misol boʻladi.
Kolloid zarrachaning tuzilishi: 
{
}
Bu holda 
bilan
orasida sodir boʻladigan reaksiya mahsuloti 
ferrioksixlorid 
eritmada
va 
ionlariga dissotsialanadi. Ushbu 
sistemada 
ionlari peptizator rolini bajaradi.
Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel holatidan zol 
holatiga oʻtishi boʻlib, peptizatorlar eritmadagi zarrachalarning yiriklashishiga 
sabab boʻladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Natijada bir xil zaryadli 
musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘ni choʻkma eritma 
holiga oʻtadi. 


41 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling