Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Metallar zolini elektr usuli bilan olish sxemasi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Peptizatsiya usuli.
21-rasm. Metallar zolini elektr usuli bilan olish sxemasi: A-oʻzgarmas tok manbai, B- Volt yoyi yoki metall elektrod, C- sovitgich aralashma, D- sovutilayotgan suvli idish, R-reostat . Bu usul bilan oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning kolloid eritmalari olinadi. Buning uchun shu metallarning oʻzidan elektr tayoqchasi tayyorlab, elektr manbaiga ulangandan soʻng elektrodlar dispers muhit (suv)ga tushirilib, elektrodlar bir-biriga tegishidan elektr yoyi hosil boʻladi. Shundan soʻng, elektrodning bir qismi maydalanib, muhitga tarqaladi, natijada kolloid eritma hosil boʻladi. Bu usulni T.Svedberg takomillashtirib, 1905-yili yuqori chastotali oʻzgaruvchan elektr tokidan foydalanib, temperaturada elektr yoyi hosil qilishga muvaffaq boʻlgan. Bu usul bilan ishqoriy metallarning organik erituvchi (efir)lardagi kolloid eritmalari olingan. Peptizatsiya usuli. Kolloid eritmalarni peptizatsiya usuli bilan ham hosil qilish mumkin. Zolning koagullanish mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga oʻtkazish jarayoniga peptizatsiya deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun kolloid choʻkmasiga (koagulyantga) biror elektrolit qoʻshib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatiladigan elektrolit peptizator deyiladi. Peptizator sifatida elektrolitlar va ba‘zi sirt-faol moddalar ishlatiladi. 40 Peptizatsiya murakkab jarayon boʻlib, u peptizatorning dispersion muhitga, choʻkma sirtiga yutilishiga, solvat qavatlar hosil boʻlishiga va boshqalarga bogʻliq boʻladi. A.Dumanskiyning fikricha, peptizatsia vaqtida choʻkma bilan peptizator orasida kompleks birikmalar koʻrinishidagi bir qator oraliq mahsulotlar hosil boʻladi, agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning oʻzi yutilib kolloid eritma hosil qilsa, bunday peptizatsiya bevosita peptizatsiya deyiladi; agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning oʻzi yutilmay, balki uning eruvchan modda bilan hosil qilgan oraliq mahsulotlari yutilsa, bilvosita peptizatsiya deyiladi. Masalan, choʻkmasiga ta‘sir ettirib, ning gidrozolini hosil qilish bevosita peptizatsiyadir, chunki bu holda temir ionlari kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, ularda musbat zaryadlar hosil qiladi; musbat zaryadli zarrachalar bir-biridan oʻzaro itarilganligi uchun choʻkma tezda gidrozolga aylanadi. { } { } ning iviq choʻkmasiga HCl ning kuchsiz eritmasini ta‘sir ettirib, gidrozolini hosil qilish bilvosita peptizatsiyaga misol boʻladi. Kolloid zarrachaning tuzilishi: { } Bu holda bilan orasida sodir boʻladigan reaksiya mahsuloti ferrioksixlorid eritmada va ionlariga dissotsialanadi. Ushbu sistemada ionlari peptizator rolini bajaradi. Bu usul moddalarni disperslovchi-peptizatorlar yordamida gel holatidan zol holatiga oʻtishi boʻlib, peptizatorlar eritmadagi zarrachalarning yiriklashishiga sabab boʻladigan koagullovchi ionlarni neytrallaydi. Natijada bir xil zaryadli musbat ionlar bir-biridan itarilib tezda gidrozolga aylanadi, ya‘ni choʻkma eritma holiga oʻtadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling