Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

OPTIK XOSSALARI. 
5-§. KОLLОID SISTEMALARNING MОLEKULYAR-KINETIK 
XOSSALARI. OSMOTIK BOSIM.
 
5.1-§. Kolloid zarrachalarning diffuziyasi va Broun harakati. Sedimentatsiya.
Molekulyar-kinetik xossalar. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik 
xossalari ulardagi dispers faza zarrachalarining harakatiga bevosita bogʻliq boʻladi. 
Masalan, molekulyar-kinetik nazariyaga muvofiq, gaz - oʻzicha betartib harakat 
qiluvchi zarrachalar (molekula va atomlar) yigʻindisidan iborat. Umuman 
molekulyar-kinetik nazariya modda zarrachalarining oʻz-oʻzicha harakat qilish 
qonuniyatlarini tekshiradi. Bunday harakatlar haqiqiy eritmalarda ham katta 


52 
ahamiyatga ega. Masalan, eritmalarning ba‘zi xossalari erigan modda tabiati 
qanday boʻlishidan qat‘iy nazar, eritmaning hajm (yoki massa) birligida boʻlgan 
zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bogʻliq boʻladi. Bu xossalar 
eritmalarning kolligativ xossalari deb ataladi. Ular jumlasiga erimalarda 
boʻladigan diffuziya va osmos hodisalari, eritmada toza erituvchi bugʻ bosimining 
kamayishi, muzlash temperaturasining pasayishi hamda qaynash temperaturasining 
koʻtarilish hodisalari kiradi. Kolloid sistemalarni tekshirish natijasida ularda ham 
kolligativ 
xossalar 
mavjud 
ekanligi 
isbotlandi. 
Ularda 
hatto, 
kolloid 
zarrachalarning tartibsiz harakatini bevosita kuzatish mumkin ekanligi ham 
aniqlandi. Kolloid eritmalarda zarrachalarning shakli va oʻlchami har xil boʻlib, 
ularda sodir boʻladigan molekulyar-kinetik xossalar chin eritmalarnikiga nisbatan 
sustroq boʻladi. Diffuziya, Broun harakati, osmos va sedimentatsiya hodisalari 
kolloid eritmalar molekulyar-kinetik xossalarining asosini tashkil etadi. Bu 
tajribalar asosida kolloid zarrachalarga oid qonuniyatlar kashf etildi.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling