Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

23-rasm. Dializator sxemasi. 
Kolloid eritmalarni molekula va ion eritmalaridan (oʻsimlik, hayvon va sun‘iy 
membranalardan 
oʻtadigan aralashmalardan) tozalash dializ deb, unda 
ishlatiladigan asbob-uskunalar esa dializatorlar deb ataladi (23-rasm). 
Grem tоmоnidan tavsiya qilingan оddiy dializatоr ikkita idishlardan tashkil 
tоpgan boʻlib, ulardan birining tubiga yarim oʻtkazgich parda tushirilgan boʻladi. 
Bu idishga tоzalanadigan gidrоzоl quyiladi. Ikkinchi idishga esa distillangan suv 
quyiladi. 
Tag tomonida yarim oʻtkazgich membrana – (kollodiy yoki mol pufagidan 
iborat parda) boʻlgan kolloid eritmali idish distillangan suvli boshqa idishga 
tushirilib mahkamlab qoʻyiladi.
Idishdagi suv tez-tez almashtirilib turiladi, yarim oʻtkazgich membrana 
teshiklarining diametri 20-30 nm atrofida boʻladi. Bu teshiklardan molekula va 
ionlar oʻtadi, dispers faza zarrachalari oʻta olmaydi. Kolloid eritmadagi 
elektrolitlar diffuziyalanib chiqib ketadi va kolloid eritma tozalanib qoladi. 


47 
Membrana - bu turli xil ikki faza oraligʻida joylashgan ajratuvchi fazadir. 
Membranalar odatda (agar membrana tarkibida tashuvchi ionlar mavjud boʻlsa) 
faol yoki (agar membrana koʻchirilishi kerak boʻlgan moddaga nisbatan neytral 
boʻlsa) nofaol (yoki sust) bo‘lishi mumkin.
Membrana va filtr bir-biridan tuzilishi va ajratuvchilik qobiliyati bilan 
farqlanadi. Masalan, moddalar membranani yuqori qismida yigʻiladi, filtrda esa 
butun hajmda yigʻilishi mumkin va shuning uchun ham membrana filtrga nisbatan 
tez ifloslanadi (24-rasm). 
24-rasm. Membrana (a) va filtr (b)ning tuzilishi 
Agregat holatiga koʻra membranalar qattiq yoki suyuq holatda boʻladi. 
Ba‘zan, kollodiy va sellofanlardan sun‘iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani 
tozalash uchun, uni sun‘iy membrana xaltachasiga solib, soʻngra suvli idishga 
botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali oʻtib, 
suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializning 
bu oddiy usuli kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida tozalashda keng 
ishlatiladi. 
Elektrodializ. Elektrodializ kolloid eritmalarni tozalashda eng qulay usul 
hisoblanadi. Elektrodializ - elektr toki yordamida dializ jarayonini tezlashtirishdir. 
Ishlatiladigan asbob elektrodializator deb atalib (25-rasm), asbobga doimo oqar 
suv quyiladi.


48 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling